25.06.2025 | 09:06
867
DUNYO KITOB BOZORIGA YANA BIR QADAM
Mutolaa – olamlar aro eng maroqli sayr. U tafakkurni tarbiyalaydi, ongni charxlaydi, ma’naviyatni o‘stiradi. Jamiyat rivojiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan omil ham mutolaadir. Shuning uchun ham garchi bu shaxsiy ish sanalsa-da, kitobxonlikni targ‘ib qilish va bunga sharoit yaratish davlat siyosati darajasidagi masala hisoblanadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi noshirlik va matbaachilikda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Keyingi 5 yilda sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga qaratilgan 44 ta me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan, yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 11 ta farmoyishi, shuningdek, 29 ta davlat standartlari qabul qilindi.
Prezidentimiz qarori bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan matbaa uskunalari va qog‘oz xomashyosi bojxona bojidan, shuningdek, nashriyot va matbaa korxonalari foyda hamda qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etildi.
Natijada, mamlakatimizda 2020-2024-yillarda nashriyotlar soni 3,5 barobar oshib, bugungi kunda salkam 600 taga yetdi. Nashriyotlar tomonidan 2020-2024-yillar davomida har yili o‘rtacha 11,6 ming nomdagi jami 197,9 mln. nusxada kitob chop etildi.
Bu esa o‘zbekistonlik noshirlarning Germaniya, Italiya, Turkiya, BAA, Xitoy, Rossiya, Eron, Belarus, Ozarbayjonda o‘tkazilgan 20 dan ortiq ko‘rgazma va tadbirlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minladi.
Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan “Noshirlik ishi va mualliflik huquqlarini boshqarishda zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi maxsus seminar ham milliy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi, “Nomad Culture Foundation” hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida tashkil qilingan seminarda Frankfurtdagi dunyoning eng yirik kitob yarmarkasi Prezidenti va Bosh direktori Yurgen Boss, xorijiy va mahalliy noshirlar, shoir va yozuvchilar, rassomlar, illyustratorlar va kutubxona vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar ikki kun davomida “Mertin Wett” adabiy agentligi direktori Nikol Bitt, “Hörbuch Hamburg” nashriyoti Bosh direktori Kolin Xauer, Frankfurt kitob yarmarkasi xalqaro loyihalar menejeri Bettina Bek, yarmarkaning asosiy mijozlarni boshqarish va sotuvlar bo‘yicha menejeri Vladka Kupskalardan Frankfurt kitob yarmarkasi dasturi, audiokitoblarning global bozori, mualliflik huquqi yoki litsenziyaning baholash qiymati, narx shakllanishi va muzokaralarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, litsenziyalashning turli modellari, xalqaro kitob yarmarkalarida nashrlarni taqdim etish bo‘yicha eng yaxshi tajribalar, kitob bozori uchun sun’iy intellektning imkoniyatlari va muammolari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar oldi.
– Har bir muallif uchun asari farzand kabi qadrlidir. Uni butun dunyo bilishini, o‘qishini istaydi, – deydi seminar mehmoni Vladka Kupska. – Frankfurt yarmarkasi muallif va noshirlarga ana shu imkoniyatni taqdim etadi. Yarmarkamiz o‘z a’zolariga xalqaro grantlarga ega bo‘lish, nufuzli mukofotlarga nomzodini qo‘yish uchun ishonchli ko‘prik vazifasini o‘tay oladi.
Darhaqiqat, Frankfurt kitob yarmarkasi noshirlar va kitobxonlarni uchrashtiruvchi eng yirik xalqaro platformadir. Har yili yarmarkada to‘rt mingdan ortiq nashriyotning to‘rt yuz mingga yaqin kitobi ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Seminarda ushbu yarmarkaga mahsulot chiqarish yo‘llari o‘rgatildi, o‘zbek noshirlarining mulohazalari o‘rtaga tashlandi. Ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar bu kabi hamkorlik butun dunyoda avj olib borayotgan ma’naviy yo‘qsullikka qarshi ishonchli qadam bo‘la olishini ta’kidlashdi.
Muhayyo RUSTAM qizi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 20-iyundagi 25-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
103
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



