04.11.2026 | 13:30
858
MUBHAM ZAMON
1937-yil 19-sentyabr. Qatağonning qonli tölqini yana bir ziyoli, ma’rifatparvar insonni öz domiga tortib ketdi. Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi davlat xavfsizligi boşqarmasi 4-bölimi taqdim etgan 2332-sonli iş böyiça buxorolik Norjon Solimov otuvga hukm qilindi. Ayblov nima edi, dersiz? “Milliy ittihod” taşkiloti bilan aloqadorlik, sovet hokimiyatini tanqid qilganlikmi? Bular-da, bor. Biroq asosiy ayblov…

Norjon Solimov 1887-yili Buxoro şahrida tuğilgan. Devonbegi madrasasi köçasida yaşagan. Hayotiga oid dastlabki aniq ma’lumotlar 1915-yildan boşlanadi. Öşa yillari u Labi Hovuz böyida, birinçi dorixona qarşisida mustaqil dökon va köşk (kiosk) oçib, turli adabiyotlar, darsliklar hamda özbek gazetalarini sotiş bilan şuğullanadi. Bu faoliyati 1929-yilga qadar, qariyb ön beş yil davom etadi. Solimovning özi 1937-yilgi tergovda şu kasbi tufayli mayda savdogar hisoblangani, ammo heç qaçon saylov huquqidan mahrum etilmaganini alohida ta’kidlaydi.
U kitob savdosini boşlagan yillar Buxoro jamiyatida ma’rifiy, siyosiy qaraşlar özgarib borayotgan pallaga töğri keldi. XX asr boşlarida jadidlik harakati ta’sirida yangi usul maktablari, darslik va matbuotga qiziqiş kuçaygandan kuçaydi. 1912-yili “Buxoroyi şarif” gazetasining naşr etilişi ham şu jarayonning muhim voqealaridan biri bölgan. Biroq amirlik davrida yangi fikrlarni tarqatiş, tabiiyki, oson keçmagan. Matbuot va ma’rifat masalalari tobora siyosiy tus olib, jamiyatdagi islohot tarafdorlari bilan mavjud tuzum örtasida qarama-qarşiliklar avj olgan.
1917-yilgi inqiloblardan keyin ziddiyatlar yanada keskinlaşdi. 1920-yil sentyabrda Buxoro amirligi tugatilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi taşkil etildi. Hokimiyat özgarişi bilan şaharning siyosiy hayoti, savdo munosabatlari va matbuot muhiti ham yangiça yönaliş oldi. “Buxoro axbori”, söng “Ozod Buxoro” kabi gazetalar ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yorita bordi. Şu bilan birga, Turkiya, Eron va Yevropadagi turkistonlik muhojirlar muhitida ham siyosiy naşrlar keng tarqalgan. Milliy mustaqillik, Turkistonning kelajagi, sovet hokimiyatiga munosabatlar gazeta-jurnallarda muhim örin tutgan.
Norjon Solimovning dökonida sotilgan xorijiy naşrlar oradan yillar ötib, 1937-yilgi tergovning asosiy mavzularidan biriga aylandi. Keça kitob xarid qilgan, öqiş uçun adabiyot olib turgan kişilar endi tergov kursisida öşa naşrlarni birma-bir sanab berişardi. Xususan, 1937-yil 7-avgustda söroq qilingan şaxslardan biri Solimovni 1920-yildan “Milliy ittihod” taşkilotining faol a’zosi sifatida bilganini aytadi. Uning körsatmasiça, Solimov 1921-1922-yillarda taşkilot topşiriğiga köra milliy-siyosiy mazmundagi adabiyotlarni tarqatiş bilan şuğullangan. Buxorodagi dökonida Berlinda naşr etilgan “Ozodiy Şarq”, Parijda çiqqan “Yangi Turkiston”, Turkiyada bosilgan “Yangi Kavkaz” kabi naşrlarni sotgan. Guvoh bu ma’lumotlarni umumiy ta’rif bilan çeklamaydi. U 1929-yilgaça Solimovdan adabiyotlarni öqiş uçun şaxsan olib turganini, jumladan, “Sobir Raşod” jurnali, “Ozodiy Şarq”, “Milliy ittihod” va “Ittihodi Islom”ga oid materiallarni yaxşi eslaşini bildirgan. Şuningdek, u Solimov faoliyatini Qori Bosit Muhammadiyev boşçiligidagi guruh bilan boğlaydi.
Tergov uçun bu körsatmalar ayni muddao edi. Ayni vaqtda mazkur ma’lumotlarning guvoh körsatmalari ekanini unutmaslik kerak. Negaki, Solimovning özi “Milliy ittihod”ga a’zo bölganini ham, uning topşiriqlarini bajarganini ham tan olmagan. “Guvoh” Solimovning Anvar Poşo haqidagi adabiyotlarga qiziqqanini ham bildiradi. Uning sözlariga köra, Solimov uçraşuvlarida Anvar Poşo haqida öqişni tavsiya qilib, uni maşhur va aqlli inson sifatida ta’riflaydi. Bu tafsilot ham tergov bayonnomasida siyosiy ayblovlar qatorida keltiriladi.
1929-yildan keyin Solimovning dökon faoliyati qanday davom etgani haqida biz körib çiqayotgan hujjatlarda batafsil ma’lumot yöq. Ammo aynan şu davrda Özbekistonda xususiy savdo va mustaqil iqtisodiy faoliyatga munosabat tubdan özgarib borayotgan edi. 1920-yillar oxiri va 1930-yillar boşida sovet hokimiyati iqtisodiyotni davlat nazoratiga ötkaziş, xususiy mulkçilikni çeklaş va jamiyatning turli qatlamlarini siyosiy jihatdan qayta tasniflaş siyosatini kuçaytirdi. Bunday şaroitda “sobiq savdogar” degan ijtimoiy ta’rif ham insonning ötmişiga nisbatan siyosiy munosabatni ifodalovçi belgilardan biriga aylanişi mumkin edi.
Solimovning bundan keyingi hayoti haqidagi ma’lumotlar ham asosan körsatmalarda keladi. Jumladan, ulardan birida u 1935-yilgaça sovet hokimiyati faoliyatini tanqid qilib kelgani aytiladi. Bu fikrlar, ayniqsa, 1934-yilda Abduqodir Muhiddinovning otib taşlanişi bilan boğliq holda tergov materiallariga kiritiladi. Guvohning ta’kidiça, Solimov sovet hukumati Özbekistonda inqilobni amalga oşirişda ilmli va tajribali kişilardan foydalanib, keyinçalik ularni hibsga olayotgani va otib taşlayotganidan yozğirgan. 1937-yil 25-avgustda tuzilgan ayblov xulosasida unga nisbatan şu mazmundagi fikrlar keltiriladi. Jumladan, Solimov “Bu qanday hukumat ekanligini tuşuniş qiyin” deb, mavjud hokimiyatning tezroq barham topişini istaganlikda ayblangan.
Mazkur körsatmalar 1930-yillardagi siyosiy muhitni oçib beradi. Bu yillarda sovet hokimiyatining avvalgi davrlardagi tarafdorlari, davlat va jamoat arboblari ham ta’qibga uçray boşlagan, ayrim şaxslarning hibsga olinişi yoki qatl etilişi yuzasidan xabarlar jamiyatda xavotir uyğotmoqda edi. Qolaversa, bu voqealarga bildirilgan munosabatning özi keyinçalik “aksilinqilobiy kayfiyat” dalili örniga ötardi. Norjon Solimovning tergov işida 1934-yilga oid suhbatlar alohida ayblovga aylantirilgani şu holatni yaqqol ifodalaydi.
1937-yilga kelib, mamlakatda siyosiy qatağonlar keng avj oldi. Iyul oyining oxirida NKVDning ommaviy jazolaş operatsiyalarini boşlaş haqidagi 00447-sonli buyruği qabul qilinib, unda “sobiq quloqlar”, “jinoiy unsurlar” va “sovetlarga qarşi unsurlar”ga nisbatan maxsus tartibda jazo çoralarini qöllaş belgilangan edi. Işlarni körib çiqişda sudning odatdagi tartibi örniga NKVD “uçliklari” faoliyatiga tayanildi. Özbekistonda ham 1937-yil avgustidan bu jarayon jadallaşdi.
Ana şu keskin şaroitda Norjon Solimovning 1937-yil iyulidagi bir suhbati tergov materiallariga kiritildi. Körsatmaga köra, guvoh taxminan 15-iyul kuni Solimovni muzey yonida uçratib qoladi. Suhbat çoğida Solimov: “Sovet Ittifoqida hozirgi vaqtda odamlar azob çekmoqdalar va oçlikdan qiynalmoqdalar, sovet hukumatidan yaxşilik kutib bölmaydi”, deydi. Qöşimçasiga, Solimovning sovet hokimiyati xalqqa yaxşilik keltirmagani, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davri bilan keyingi hokimiyat örtasida farq borligi haqida ham gapirganini bildiradi. Tergovçilar bu suhbatni hokimiyatni obrösizlantiriş va aksilinqilobiy tarğibot olib boriş sifatida baholaşadi.
Şu tariqa, 1937-yil 19-avgustda Norjon Solimov hibsga olinadi. 25-avgustda Içki işlar xalq komissarligi Buxoro sektori tezkor vakili Melkumov ayblov xulosasini rasmiylaştirdi. Unda Solimov “Milliy ittihod”ning faol a’zosi sifatida 1921-1922-yillarda Germaniya, Turkiya va Erondan keltirilgan adabiyotlarni tarqatgani, taşkilotning maxfiy hujjatlari va aloqalarini töplagani, sovet hokimiyatiga qarşi tarğibot olib borgani qayd etildi. Hujjatda davlat xavfsizligi leytenanti Rimskiy va serjant Melkumovning roziligi bildirilgan. Iş Özbekiston SSR NKVDsi “uçligi” körib çiqişi uçun yuborildi.
1937-yil 19-sentyabrda, 2332-sonli iş böyiça Norjon Solimov otuvga hukm qilindi. Bir paytlar Labi Hovuz böyida odamlar qöliga tutqazilgan kitob-u gazetalar oradan yillar ötib öz sotuvçisining boşiga balo bölib qaytdi. Kimningdir öqigan kitobi, kimningdir xotirasida qolgan suhbat, qaçonlardir aytilgan bir oğiz haq söz – barçasi endi ayblov hujjatlarida muhrlangan. Keça ma’rifat tarqatgan qöllar bugun kişanlangan, kitob sotgan inson esa otuvga hukm etilgandi.
Qatağonning eng mudhiş haqiqati ham şu: kitobni sotiş, kitobdorni sotiş, kitobni öqiş, öqitganni va uqiganni eslaş ham inson taqdiriga nuqta qöyadigan mubham zamon edi…
Rustambek ŞAMSUTDINOV,
tarix fanlari doktori, professor
“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



