Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.11.2026 | 14:34

img61

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda.

Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning siyosiy irodasi va amaliy harakatlari hal qiluvçi rol öynamoqda.

Xususan, ijodkor ziyolilarimizning yaqin hamkorligi yangi bosqiçga kötarildi. Mamlakatlarimizda özaro adabiyot va madaniyat kunlarining ötkazilişi ezgu an’anaga aylandi.

Yurtimizda naşr etilgan 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” töplamining 10 tomi qozoğistonlik mualliflar ijodiga bağişlangan. Qozoğiston Yozuvçilar uyuşmasining “Turkiy olam adabiyoti” loyihasi doirasida qardoş jumhuriyatlarning önlab adiblari qatorida Toğay Murod, Erkin A’zam, Xayriddin Sulton, Nazar Eşonqul, Abduqayum Yöldoşev kabi yozuvçilarimiz, iste’dodli şoirlarimizning asarlari qozoq tilida naşr etilmoqda.

Joriy yilning sentyabr oyida Turkiy madaniyat va meros fondi, Özbekiston hamda Qozoğiston Yozuvçilar uyuşmalari hamkorligida Toşkent şahrida taşkil etilgan “Turkiy dunyoning ma’naviy merosi: adabiyot – davrlar va avlodlar muloqoti” xalqaro forumi bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Anjuman davomida ijodiy suhbatlar, muşoira va mahorat saboqlari, taqdimotlar ötkazildi, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi 34-umumta’lim maktabiga taniqli qozoq yozuvçisi Rahmatulla Rayimqulov nomi berilib, qiziqarli va sermazmun uçraşuvlar bölib ötdi.

Bu kabi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişda Qozoğiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Mereke Kulkenovning ham munosib hissasi bor. Oqsoqol adib ellik yildan ziyod ijodiy va ijtimoiy faoliyatini umumturkiy döstlik va qardoşlikni, mintaqamiz adabiy muhitini ravnaq toptirişga bağişlab kelmoqda.

Atoqli ijodkor va jamoat arbobi şu kunlarda tabarruk 75 yoşga töldi. Özbekiston Prezidentining farmoniga binoan, yaxşi qöşniçilik, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirişga qöşgan munosib hissasi, yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, özaro hurmat va bağrikenglik ruhida tarbiyalaş borasidagi ibratli faoliyati, mamlakatlarimiz xalqlarining köp asrlik döstligi va hamjihatligini yanada mustahkamlaş yölidagi ulkan xizmatlari uçun Mereke Kulkenov Özbekiston Respublikasining “Döstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Şu munosabat bilan mamlakatimizning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasida  bölib ötgan tantanali marosimda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi Xayriddin Sultonov Mereke Kulkenovga davlatimizning yuksak mukofotini topşirdi va Prezidentimiz tabrigini anjuman iştirokçilariga öqib eşittirdi.

Mereke Kulkenov yuksak e’tibor uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevga öz nomidan va Qozoğiston ijodiy jamoatçiligi nomidan çuqur minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumki, 2026-yil 5-fevral kuni imzolangan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi Prezident qarorida mamlakatimizda va çet ellarda bu borada ilmiy-ma’rifiy tadbirlar ötkaziş vazifasi belgilangan. Hozirga qadar AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Estoniya kabi davlatlarda mavzuga oid ilmiy konferensiyalar, badiiy va hujjatli filmlar namoyişlari bölib ötdi.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining şonli sanasi munosabati bilan Olmaota şahridagi “Alatov” kinoteatrida özbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Uluğ Amir va donna Mariya” filmi tomoşabinlarga taqdim etildi. Unda qozoğistonlik davlat va jamoat arboblari, tarixçi olimlar, adabiyot, madaniyat va san’at namoyandalari, ommaviy axborot vositalari vakillari, şuningdek, ssenariy muallifi Xayriddin Sulton hamda kartinaning badiiy rahbari, kinorejissyor Jahongir Qosimov iştirok etdi.

Keng kölamli tarixiy va zamonaviy jarayonlarni qamrab olgan, taniqli özbek va xorij aktyorlari suratga tuşgan mazkur film tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Qozoq diyorida bölib ötgan uçraşuv va muloqotlar muştarak ötmiş va kelajak bilan boğlangan xalqlarimiz örtasidagi madaniy hamkorlik yanada mustahkamlanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Orif ODILOV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img30

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img118

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img310