Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.04.2024 | 10:38

img235

ANTENNAMIZ QAYOQQA QARAGAN?

Mahallada g‘alati bir gap tarqaldi: nima emish, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan Ne’mat ota aslida unchalik mo‘min odam emas ekan. Oilasi bilan kechki das­turxon ustida jamuljam bo‘lib televizor ko‘rib o‘tirishganida, birdan o‘rnidan turib, etagini silkibdi-da:

– E, padariga la’nat! – deb so‘kinganicha, yosh boladek arazlab chiqib ketibdi.

Unga nima bo‘ldi o‘zi? Kimdir bilib-bilmay ko‘ngliga tegib qo‘ymadimikan?

Shu payt to‘ng‘ich o‘g‘li gap nimadaligini payqab qolibdi. Shart o‘rnidan turib, televizorni o‘chiribdi-da, yer­to‘laga olib tushib tashlabdi. 

Haqiqatan ham, turli xususiy telekanallarda bir qorin­dan talashib tushgan egizaklardek o‘xshash mavzudagi, bir xil formatdagi “o‘zimizning seriallar”ni oila davrasida tomosha qilish odamni xijolatga solib qo‘yadi. Masalan, “Mening yurtim” telekanalida namoyish qilinayotgan “Sarvinoz” degan achchiq ichakdek cho‘zilgan serial syujetiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Sarvinoz degani erga tegib ham sobiq oshig‘ining qutqusidan qutulolmaydi. Bir mahallar uni sevgan yigit avtofalokatga uchraganida, onasi bolam boyaqishning ruhi ko‘tarilsin, deb Sarvinozni uyiga chaqirtiradi. U ham “bag‘rikeng va tushungan” eri­ni yetaklab nomahram jabrdiydaning oldiga bemalol ki­rib boraveradi. Qarangki, o‘z navbatida sobiq oshiqning xotinini ham boshqa bir kimsa jigarso‘xtalarcha sevadi va “visolsiz muhabbat” firog‘idan alamzada bo‘lib, tishini g‘ijirlatib, mushtini tukkanicha kelinposhshaning ortidan qolmaydi…

Bunday syujetlarni o‘ylab topadigan “ijodkorlar” insonlar taqdirini to‘ptoshdek sochib o‘ynashadi. Bu zamo­naviy ertaklariga katta-yu kichik ishonadi, deb o‘ylashadi, shekilli.

“Nomus” deb atalgan serialdagi benomuslikni targ‘ib qilishda “Sarvinoz”ni ortda qoldiradigan voqea-hodisalar­ni ko‘rib, yoqa tutamlamay ilojingiz yo‘q. Mualliflarning bir-biriga tuflab yopishtirilgandek sayoz va sun’iy lavhalar bilan to‘lib-toshgan bunday seriallarni tomoshabinga taqdim qilishdan ko‘zlangan asl maqsadi nima, degan savol tug‘iladi. Nahotki, bor-yo‘q muddao tomoshabinlarni jalb etish-u reklamani ko‘paytirib, cho‘ntakni qappaytirish bo‘lsa. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, oq-qorani tanigan taj­ribali odam-ku bu “ajivalar o‘yini”dan ensasi qotib, Ne’mat ota kabi etak silkib turib ketishi mumkin. Ammo hali suyagi qotmagan, oynai jahonda gapirilgan gap-u ko‘rsatilgan voqealarni mutloq hayot haqiqati sifatida qabul qiladigan yoshlar-chi? Ular kelgusida yengiltak qahramonlarga taqlid qilmasligiga hech kim kafolat berol­maydi. 

Endi “Milliy” telekanalining ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealarga boy “Yig‘lagan qizlar” nomli serialiga kelsak, shovvozlar turklarning axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi “Fazilat xonim va uning qizlari” filmining o‘zbekcha variantini suratga olib, anoyi tomoshabinning boshini aylantirib yotishibdi. Turkchasida Fazilatxonim va qizlarining boy odamlarni “ovlash” yo‘lidagi sarguzashtlari hikoya qilingan bo‘lsa, “Yig‘lagan qizlar” seriali ijodkorlari shu qadar bachkana va ishonarsiz sahnalarni suratga olishganki, hayratdan emas, nafratdan yoqa ushlaysiz.

Xo‘sh, uning mualliflari eri qamalib ketgan alamzada ayolning uch qizini “bozorga solib, qozon qaynatishi”ni qaysi o‘zbek oilasida uchratishgan ekan? Qarang-a, qamoqdan qaytgan ota o‘zining qimorbozlikka mukkasidan ketgan o‘rtancha qizini bilmasdan sevib qolarmish! “Qaysi o‘zbek xonadonidan qimorboz qiz chiqqan ekan?” deb iztirobga tushib turgan paytingizda uchinchi qiz “erga tegish operatsiyasi”ni boshlab yuboradi. Yaxshi ko‘rgan yigiti qolib, boyvachchalarga birin-ketin erga tegib chiqaveradi. Ikkinchi qiz singlisining sobiq sevgilisiga bexos ko‘ngil qo‘yganiga nima deysiz? Oila­dagi to‘ng‘ich qiz turmushga chiqqaniga o‘n besh yil bo‘lsa-da, hamon befarzand. Onasi esa do‘q-po‘pisa qilib qo‘rqitish orqali toparmon-tutarmon kuyovidan doi­miy ravishda pul undi­rib yuradi. Avvaliga u boyaqish kuyovni bepushtlikda ayb­lab, qizimni sendan ajratib olaman, deb dag‘dag‘a qiladi. Asli­da esa, ayb qizida ekan. Pul desa iymonini sotishdan ham tap tortmaydigan ona o‘zi yollagan yengiltak ayol bilan kuyovining “to‘shak sahnalari”ni suratga olib, unga qarshi “kuchli dalillar” to‘playdi. Xo‘sh, qani bu yerda mantiq, o‘zbekona odob-axloq, uyat va andisha? Qaysi o‘zbek ayoli o‘z qiziga kundoshlik balosini ravo ko‘radi? Bu qo‘shxotinlilikning yashirin targ‘ibotimi? Shu o‘rinda bir savol: aziz tomoshabin, agar sizga bozorda yoki biror do‘konda muttahamlar o‘tmas matohini aldab tiqishtirsa, indamay rozi bo‘lib ketaverasizmi? Haqingizni talab qilmaysizmi? Serialchi shovvozlar esa bemalol ustingiz­dan kulib, o‘zlarining “aynigan” mahsulotini ongingizga tiqishtirayotgan bo‘lsa, o‘zingizni haqoratlanganday his qilmaysizmi? Menimcha, yuqoridagi kabi seriallarga boshqacha izoh berish mumkin emas. 

Shu o‘rinda yana bir savol: kinoshunoslar, kinotanqid­chilar qayerga qarashyapti? Taxminiy javob o‘zimda bor. Ular yoki ushbu seriallarga “tanqiddan tuban” deb qarashadi yoki ularning “antennasi” boshqa yoqqa qaragan.

Xullas, hozircha Ne’mat otaga o‘xshagan or-nomusli insonlarga sabr-toqat tilashdan boshqa ilojimiz yo‘qqa o‘xshaydi.

Mohigul NAZAROVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 19-aprel 17-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596