07.05.2024 | 20:58
535
NIMA QAYOQQA KETADIR?
Ishchining topqani xo‘jayinning xaltasig‘a ketadi.
Sovdagarning topqani o‘g‘ul to‘yisig‘a ketadi.
Toshkand ko‘nchilarining topqani qishliq to‘kma bilan yozliq gapka ketadi.
Qimorbozning topqani gartkam bilan to‘rtta oshiqqa ketadi.
Bedanabozning topqani tariqqa ketadi.
Muridning topqani eshong‘a ketadi.
Eshonning topqani sakkizta xotung‘a ketadi.
Xotunlarning topqanlari issiq-sovuqchi domlag‘a ketadi.
Boybachchaning topqani “Turkvino”1 bilan barishnaxonlarg‘a ketadi.
Yoshlarning topqanlari upa-elik bilan o‘sma-surmalarg‘a ketadi.
Eski shahar ispolqo‘mining topqani har xil yuqori shefstvolarg‘a ketadi.
Baladiya bo‘limining topqani xizmatchilarning maoshig‘a ketadi.
Vaqf shoʻbasining2 topqani idorasini bejash uchun qip-qizil gilamlarg‘a ketadi.
Otning topqani eshakka ketadi.
Bo‘rining topqani tulkig‘a ketadi.
“Mushtum”ning topqani turkistonliklarning tumshug‘ig‘a ketadi.
Ushbularni o‘qug‘an kishining dami-dambalig‘a3 ketadi!
Bizning topqanimiz achchiq-tiziqqa ketadi! – deb, Mulla Julqunboy yozdilar.
“Mushtum”: yozganlaringizning hammasi ham havoga ketadur! – deb biz ham muhrimizni bosdiq.
“Mushtum” jurnali, 1923-yil, 3-son.
1. “Turkvino” – o‘sha paytda “Turkvino” nomli Turkiston davlat tresti boshqarmasi turli xil vino ichimliklari chiqargan.
2. Vaqf shoʻbasi – vaqf yerlar inqilobdan so‘ng maorif ixtiyoriga berilib, daromadi maktab va maorif ehtiyojlariga sarflangan.
3. Dambal – ishton
JULQUNBOY
“Jadid” gazetasi 2024-yil 3-may 19-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
78
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
595
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
593



