07.05.2024 | 20:43
316
TOSHKENTDA “FRANSUZ-O‘ZBEK TURIZM VA MADANIY MEROS KUNLARI”

Joriy yilning 16–18-aprel kunlari Toshkent shahrida Fransiyaning “Dualest” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ikki mamlakatning turizm, madaniy meros, muzey va ijodiy soha vakillari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tijorat aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha konferensiya va Fransiya-O‘zbekiston hukumatlararo hamkorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda urbanist, arxitektura muhandisligi agentligi, feyrverk va yoritish jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda fransuz tadbirkorlari muzeylarga sayyohlarni jalb qilishda immersiv loyihalar, bolalar va o‘smirlar uchun muzeylarda inklyuziv yechimlar kabi yirik loyihalar bilan ishtirok etishdi. Ushbu xorijiy kompaniyalar uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib keladi. Jumladan, birgina yoritgich-chiroqlar ishlab chiqaruvchi zavod dunyoning gavjum ko‘chalari va hatto “Eyfel” minorasini yoritish ishlarini ham amalga oshirgan. Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent shahri va viloyatining mazkur sohadagi salohiyati ham taqdimot qilindi. Toshkent viloyatining turizmga ixtisoslashgan hududlarida Fransiya arxitekturasi asosida energiyaga tejamkor mehmonxona va chang‘i kurorti qurish reja qilindi. Shu bilan birga, ekoqishloqlar dizaynini yaratish bo‘yicha ham Fransiyaning yirik kompaniyasi vakillari bilan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda qurilishi rejalashtirilayotgan mehmonxonalarda suv tejashni yo‘lga qo‘yish, tabiiy quvvat olish tizimini yaratish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi. Toshkent viloyatining turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, jumladan, “Uzumfermer” vinochilik va “Moon Travel” turoperatorlik kompaniyalari kelgusida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishdi. “Fransuz-o‘zbek turizm va madaniy meros kunlari” doirasida o‘tkazilgan barcha tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlab, yurtimizda turizm salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shadi deb ishonamiz.
Odinaxon GʻULOMJONOVA,
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi katta ilmiy xodimi
“Jadid” gazetasi 2024-yil 26-aprel 18-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
84
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
599
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
597



