Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.05.2024 | 20:58

img536

NIMA QAYOQQA KETADIR?

Ishchining topqani xo‘jayinning xaltasig‘a ketadi.

Sovdagarning topqani o‘g‘ul to‘yisig‘a ketadi. 

Toshkand ko‘nchilarining topqani qish­liq to‘kma bilan yozliq gapka ketadi.

Qimorbozning topqani gartkam bilan to‘rtta oshiqqa ketadi.

Bedanabozning topqani tariq­qa ketadi.

Muridning topqani eshong‘a ketadi.

Eshonning topqani sakkizta xotung‘a ketadi.

Xotunlarning topqanlari issiq-sovuqchi domlag‘a ketadi.

Boybachchaning topqani “Turkvino”1 bilan barishnaxonlarg‘a ketadi.

Yoshlarning topqanlari upa-elik bilan o‘sma-surmalarg‘a ketadi.

Eski shahar ispolqo‘­mi­ning topqani har xil yuqori ­shefstvolarg‘a ketadi.

Baladiya bo‘limining topqani xizmatchilarning maoshig‘a ketadi.

Vaqf shoʻbasining2 top­qani idorasini bejash uchun qip-qizil gilamlarg‘a ketadi.

Otning topqani eshakka ketadi.

Bo‘rining topqani tulkig‘a ketadi.

“Mushtum”ning topqani turkistonliklarning tumshug‘ig‘a ketadi.

Ushbularni o‘qug‘an kishi­ning dami-dambalig‘a3 ketadi!

Bizning topqanimiz achchiq-tiziqqa ketadi! – deb, Mulla Julqunboy yozdilar.

“Mushtum”: yoz­ganlaringiz­ning hammasi ham havoga keta­dur! – deb biz ham muhrimizni bosdiq.

“Mushtum” jurnali, 1923-yil, 3-son.

1. “Turkvino” – o‘sha paytda “Turkvino” nomli Turkiston davlat tresti boshqarmasi turli xil vino ichimliklari chiqargan.

2. Vaqf shoʻbasi – vaqf yerlar inqilobdan so‘ng maorif ixtiyoriga berilib, daromadi maktab va maorif ehtiyojlariga sarflangan.

3. Dambal – ishton

JULQUNBOY

“Jadid” gazetasi 2024-yil 3-may 19-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img82

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img597

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img595