13.05.2024 | 16:39
7532
“-LAR” QO‘SHIMCHASI HAQIDA

“-lar” qo‘shimchasi to‘g‘risidagi fikrni quvvatlaganlardan minnatdorman. Shu munosabat bilan quyidagilarni qayd etish maqsadga muvofiq. “-lar” ikki funksiya bajaradi.
Birinchi funksiya – ko‘plikni ifodalash. Albatta, “viloyatlardan xushxabarlar”, “odamlarning naqshidir“ (Navoiy), “kitoblarni taxlab qo‘y” deymiz. Agar sanaluvchi oldida -ta, nafar va boshqa mohiyatan ko‘plikni bildiruvchi vosita kelsa, “-lar” qo‘shilmaydi, chunki “seryog‘ dumba” kabi ortiqchalik yuzaga keladi. Misol uchun, “yuz kishi” deyish to‘g‘ri, ammo “yuz kishilar” deyish noto‘g‘ri. Qiyoslang: “ikki kishi” – “ikki kishilar” yoki “bir juft kishilar”. “Beshta kitoblar” deyish sheva emas (sheva qadimiy bo‘ladi), yaqinda rus va ingliz tillaridan ko‘chirma qilish natijasida paydo bo‘lgan, xolos: 5 men, 2 books, 10 книг, 20 штук яиц. Bu an’ana davom etguday bo‘lsa, “men shimlar kiydim”, “ko‘zoynaklarimni taqdim” deyish boshlanib qolishi hech gap emas.
Ikkinchi funksiya: hurmatni ifodalash. Misol uchun, “Otam uydalar, choy ichyaptilar” – bu joiz, ammo “Otamlar uydalar” – shaklan ham, ma’nan ham xato, “choylar ichyaptilar” deyish esa kulgili. Hurmat ma’nosida “-lar” gapning egasi hurmatga loyiq shaxs (ya’ni inson) bo‘lganda gapning kesimigagina qo‘yilsa joiz: “Ustoz kitobidagi maqolani o‘qishni tavsiya qildilar”. Xuddi shu fikrni “ustoz kitoblaridagi maqolalarni o‘qishni tavsiya qildilar” deyish noto‘g‘ri, chunki tinglovchi bir necha kitobning har biridan bir nechtadan maqolani tavsiya qilgan ekan, deb tushunadi. Ayni paytda “-lar”ni qo‘shsa hurmat bo‘ladi, aks holda hurmatsizlik bo‘ladi, deyish ham mutlaqo noto‘g‘ri. Ayniqsa rasmiy nutqda (jumladan, “oynayi jahon”da gapirganda) “-lar” qo‘shimchasini qo‘llayverish durust emas, uni suiiste’mol qilish esa hurmat emas, aksincha, tilyog‘lamalikni bildiradi.
Shevada “-lar” hurmatni emas, aksincha, hurmatsizlikni bildirishi mumkinligini ham unutmaslik kerak: “Yozlaring!” – shevaga xos, keng tarqalgan, ko‘pchilikni mensimaslik ifodasi. Hali-hozir o‘zbek adabiy tili grammatikasiga kiritilmadi. “Kiritmoqchimisanlar? O‘l(ma)laring!”. To‘g‘ri shakl: “Yozing!” “Yozinglar!” desa adabiy tilga muvofiq bo‘ladi. O‘smir o‘zining o‘rtoqlariga tanaffusda “Yozmaysanlarmi?” deyishi joiz, ammo sinfda bunday deyishi odobsizlik. O‘qituvchi tomonidan aytilsa xato, chunki o‘qituvchi ziyoli, o‘quvchilariga namuna bo‘lishi kerak. (Vallohu a’lam bis-savob.)
Abdulla A’ZAM
“Jadid” gazetasi 2024-yil 10-may 20-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
594
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
592



