Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.05.2024 | 17:53

img581

XOTIRA UYG‘ONSA GO‘ZAL

Yaqinda Urganch shahrida filologiya fanlari nomzodi Sayyora Samandar va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad hammuallifligida “Xorazm jadidlari: islohotlar, ta’lim va adabiyot” monografiyasining nashr qilinganini o‘zbek jadidshunoslarining navbatdagi yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin.Yaqinda Urganch shahrida filologiya fanlari nomzodi Sayyora Samandar va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad hammuallifligida “Xorazm jadidlari: islohotlar, ta’lim va adabiyot” monografiyasining nashr qilinganini o‘zbek jadidshunoslarining navbatdagi yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin.

Ma’lumki, Ismoil Gʻasprali tomonidan asos solingan va “Tilda, fikrda, ishda birlik” shiori bilan chinakam ma’noda yangi Renessans fenomenini yuzaga keltirgan ushbu ma’rifatparvarlik harakati turkiy xalqlar tarixining yorqin sahifalarini tashkil qiladi. 

Mazkur harakat faoliyatiga teran nazar solsak, jadidlik turkiy musulmon xalqlar tarixida haqiqatan ham noyob hodisa ekaniga amin bo‘lamiz. Ne­ga­ki, istiqbolli strategik g‘oyaga ega, amaliy faoliyat bobida dadil va shiddatli bo‘lgan bunday fidoyilar hamma davrlarda ham paydo bo‘lavermaydi.

Monografiyada Qrimda yuzaga kelgan jadidlik harakatining turkiy musulmon xalqlari tarixi va taqdirida tutgan o‘rni atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, unda “Tarjimon” gazetasida 1883-1916-yillarda Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida chop etilgan 158 ta maqolani chuqurroq o‘rganish zarurligiga e’tibor qaratilib, ushbu zaminda kechgan ma’rifatparvarlik harakatining o‘ziga xos xususiyatlari, jamiyat rivoji va oddiy insonlar hayotiga ta’siri tadqiq etiladi.

Xiva xonligida bosh vazir lavozimi­da xizmat qilgan Islomxo‘ja tomoni­dan amalga oshirilgan islohotlar o‘sha davr jamiyati uchun katta yangilik bo‘lgan edi. Monografiyada Feruz­xon, Asfandiyorxon kabi hukmdorlar­ning jadidlarga xayrixohlik bilan qa­rab, o‘zlari ham yangi maktab­lar ochish­gani hamda ularga Qozon va Orenburg shaharlaridan o‘qituvchilar taklif qilishganiga oid qiziqarli tarixiy faktlar qalamga olingan.

Asarda Xorazmda jadidlar tashkil qilgan maktablar, ulardagi o‘qitish usuli hamda dastlabki jadid muallimlari to‘g‘risida ham ilk bor aniq manbalar asosida hikoya qilinganini ham qayd etish o‘rinlidir.

Bundan tashqari, mualliflar o‘lka jadid­larining adabiy merosini yangicha ruhda tahlil qilish borasida ham muayyan yutuqlarga erishgan. Ayniqsa, taniqli ma’rifatparvar Bobooxun Salimovning ijodiy faoliyati, mashhur shoir Avaz O‘tar hayoti va ijodining jadidlarga bog‘liq jihatlari ishonarli dalillar, yangicha qarashlar asosida yoritilgani e’tiborga lo­yiq. Monografiyada Muhammadsharif So‘fizoda va Hamza Hakimzodaning Xorazm zaminida kechgan hayoti va faoliyati o‘lkadagi jadid adabiy muhiti bilan uyg‘un holda tahlil etilgani ham mantiqan o‘rinlidir.

Shu o‘rinda zahmatkash olimlar tomonidan Avaz O‘tarning “Til”, “Maktab” va “Hurriyat” kabi ma’rifat g‘oyasi bilan sug‘orilgan she’rlari yangicha talqinda tahlil qilingani kaminaga ancha manzur bo‘ldi. Tarixdan ma’lum, Avaz O‘tar sil xastaligiga chalingach, 1905-1906-yillarda davolanish uchun Kavkaz va Qrimga borgan. O‘sha safari asnosida Bokuda ozarbayjon jadid maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishgan. Monografiyada ham Avaz O‘tarning Tohirzoda Sobir (1860-1911) singari Ozarbayjon shoirlari bi­lan uchrashib, do‘stlashgani va keyin­chalik ham ular bilan ijodiy aloqada bo‘lgani aks ettirilgan. Qolaversa, Avaz O‘tarning Ozarbayjonda Sulton Majid Gʻanizoda (1886-1937) tashkil qilgan maktablarni ko‘zdan kechirgani, Safarali Vali­beyov (1861-1902)ning “Vatan tili”, “Usuli jadid”, “Lisoni forsiy” nomli asarlari hamda “Xazinayi axbor” deb nomlangan ikki jildlik qomusiy lug‘atni Xorazmga olib kelgani, farzandini Mamat mahram­ning jadid mak­tabiga o‘qishga berganiga oid tari­xiy faktlar ham har qanday o‘quvchini qiziqtirishi shubhasiz.

Monografiyada 1913-1918-yillarda Turkiyaning Istanbul universiteti­da tah­­­sil olgan xorazmlik Bekjon Rah­mon­ning hayoti va faoliyati ham keng yoritilgan. Zotan, o‘sha kezlarda Boku shahrida o‘tkazilgan Sharq xalqlari qurultoyi va xalqaro turkshunoslik anjumanida ishtirok etgan ozarbayjonlik taniqli davlat arbobi Samad og‘a Ag‘amali bilan yaqin do‘st bo‘lgan bu fidoyi inson o‘zbek ma’rifatparvarlik harakati tarixida o‘zidan munosib iz qoldirgan.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu mo­no­grafiyani Xorazm jadidlik hara­katiga bag‘ishlangan dastlabki keng qamrovli fundamental ilmiy tadqiqot sifatida e’tirof etish mumkin. Bunday asarlar bosh­qa turkiy davlatlar, jumladan, Ozarbayjon ilmiy jamoatchiligi uchun ham foydalidir. Kaminaning shu yil 1-may kuni Ozarbayjondagi AZERTAG axborot agentligi orqali e’lon qilingan “Ozarbayjon ma’rifatparvarlarining Xorazm jadidlari bilan hamkorligi tarixiga bag‘ishlangan mo­no­grafiya” sarlavhali maqolada ma­sa­­laning mana shu jihatlariga ham alohida ahamiyat qaratilgan.

To‘g‘risi, o‘zbek hamkasblarimiz­ning ushbu monografiyasi bilan tani­shish jarayonida xorazmlik zukko munaqqid va shoir Bahodir Sodiqning “Xotira uyg‘onsa go‘zal”, degan go‘zal satri yodimga tushdi. Ha, xotira uyg‘onsa go‘zaldir. Shu ma’noda, ushbu monografiya orqali xorazmlik fidoyi jadidlarning porloq xotirasini uyg‘otmoq, ularning ibratli ishlarini bugungi va kelajak avlod vakillariga yaqindan tanishtirishning ahamiyatini hech bir mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Izlanuvchan mualliflar shu kunlar­da yana bir nechta ilmiy loyihalar ustida birgalikda ishlayotganidan xa­barim bor. Bunday ezgu va savobli yo‘lda ularga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Almaz ULVI,

filologiya fanlari doktori, professor.

Ozarbayjon

 “Jadid” gazetasi 2024-yil 10-may 20-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img602

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600