18.05.2024 | 14:50
321
QARDOSHNING QADRI

O‘zbek adabiyotining dunyodagi boshqa xalqlar adabiy-ma’naviy muhitiga kirib borishida, tabiiyki, fidoyi ziyolilar, xususan, tarjimon va adabiyotshunoslarning xizmatiga hamma zamonlarda ehtiyoj seziladi. Bugungi adabiy hayotga nazar tashlansa, ko‘plab turk adiblarining asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinganiga guvoh bo‘lamiz. Ikki qardosh adabiyot muammolariga doir ayrim qiyosiy tadqiqotlar ham maydonga keldi. Ayni chog‘da, mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalari turk tiliga tarjima qilinib, qardoshlarimizning muhtasham kutubxonalari hamda turkiyalik adabiyot muhiblarining kitob javonidan o‘rin olayotgani sir emas. Bu yo‘lda ko‘plab ma’naviyat zahmatkashlari jonbozlik ko‘rsatib keladi. Shulardan biri, o‘n yillardan beri taniganim adabiyotshunos olim, tarjimon Vali Savash Yelokdir.
Vali Savash muallim zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalari, xususan, Gʻafur Gʻulom, Erkin Vohidov, Xayriddin Sultonov, Nazar Eshonqul va boshqa adiblarning asarlarini turk tiliga o‘girdi; nashr qildirdi. Uning tashabbusi bilan Turkiyada “O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” to‘plami bir necha marta bosildi. Professor Zaynobiddin Abdirashidov bilan birga o‘zbek jadid adabiyoti namunalarini turk o‘quvchilarga taqdim etdi.
Aslida Vali Savash muallimning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati bevosita zamonaviy o‘zbek adabiyoti bilan bog‘liq. O‘z vaqtida “Erkin Vohidov she’rlarida til va uslub” mavzusida doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. Bir muddat Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida talabalarga saboq berdi. O‘sha davrda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan bamaslahat taniqli turk adiblarining hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib ommalashtirdi.
Doktor Vali Savash bugun Anqaradagi nufuzli Hoji Bayram Vali universitetida aynan “Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlar” bo‘limida mudir vazifasida ishlaydi. Bo‘limda o‘zbek adabiyotiga bog‘liq ilmiy mavzularni muhokama etadigan yosh tadqiqotchilarga rahbarlik qiladi, beminnat maslahat va amaliy yordam beradi.
Vali Savash Yelok filologiyaga oid ko‘plab xalqaro anjumanlarda biz bilan hamkorlik qiladi; jiddiy qiyosiy-tipologik yo‘sindagi ma’ruzalari bilan qatnashadi. Bu hol olimning o‘zbek-turk adabiy aloqalarida faol ekanidan darak beradi.
Umuman olganda, bugungi adabiy aloqalar rivojida, milliy adabiyotimizning Turkiyada keng targ‘ib etilishida Vali Savash Yelokning xizmatlari katta. Yaqinda u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a’zosi bo‘ldi. “Jadid” tahririyati a’zolari qadrdon qardoshimiz Vali Savash muallimni tabriklaydi va kelgusidagi hamkorlik rejalariga omad tilaydi.
Quyida olimning o‘zbek shoiri Botu to‘g‘risidagi yirik maqolasining bir qismi gazetxonlarga taqdim etilmoqda.
K.BAHODIR
“Jadid” gazetasi 2024-yil 17-may 21-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



