27.08.2024 | 18:14
344
QADDI TIK, QADRI BALAND QORAQALPOG‘IM!
Uchinchi Renessansning qudratli yelkanini ko‘targan Yangi O‘zbekiston g‘ururi Qoratov cho‘qqisidek yuksak, qalbi Qizilqum sahrosidek keng. Jayxun misol jo‘shqin qoraqalpoq xalqining asrlar davomida davom etgan zildek qaramlik yuki yoydek egib tashlagan qaddini tik, qadrini baland qildi. Ulug‘ Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li o‘z she’rida shior qilib yozgan “Bu dunyoning ko‘rki odam bolasi!” degan da’vat asl ma’nosini topdi. Buyuk Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘li aytgan xalq baxt-saodati uchun yashash, xalq farovonligi uchun ishlash zamoni, qahramon shoir Oshiq Ayoz – Ibroyim Yusupov iborasi bilan aytganda: bu el zo‘r, go‘zal, obod, ko‘rkam bo‘ladigan shukuhli zamon keldi. Qoraqalpoqning Jiyan Jirovdan boshlab O‘zbekiston xalq shoiri Jiyanboy Izboskanovgacha bo‘lgan barcha shoirlari o‘z asarlariga yer, suv, non va el qadrini mavzu qilib olgan edilar.

Esimda, 2004-yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi Bosh vaziri Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Nukusga, Vazirlar Kengashi majlislar zaliga Qoraqalpog‘iston faollarini yig‘ib, hududni barqaror rivojlantirish bilan bog‘liq o‘nga yaqin yo‘nalishlarni batafsil muhokama qildi. Men “Xalq so‘zi” – “Народное слово” gazetalarining mintaqaviy muxbiri sifatida majlisda ko‘tarilgan har bir masalani aniq yozib olganman. Muhokama yakunida Shavkat Miromonovich suv xo‘jaligi sohasining yoshi ulug‘ mas’ulini minbarga taklif qildi. Sodda, samimiy bu odam ko‘proq o‘zi rahbar tashkilot qurayotgan bir to‘g‘on va unga necha kubometr beton qorishmasi sarf bo‘lgani haqida gapirdi. Shunda rahbarimiz u kishini to‘xtatib, “Baraka topgur, yoshulli, men sizga o‘sha to‘g‘on qancha kunga dosh berishini aytib berishim mumkin. Lekin, xudo xayringizni bersin, nega siz mana bu besh yuz azamat bilan qanday qilib qoraqalpoq xalqining qaddini tik, qadrini baland qilishimiz kerakligi haqida gapirmayapsiz? Qachon biz jabrdiyda Mo‘ynoq xalqini toza ichimlik suv quvuri bilan mamnun qilamiz?” dedilar.
Shundan keyin har bir tumanda yerlarni tekislash, kanallar, suv yo‘llari, kollektorlarni rekonstruksiya qilish boshlanib ketdi. Va Yangi O‘zbekiston rahbari bo‘lib Shavkat Mirziyoyev saylanganidan keyin to‘rt oy ichida “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” ichimlik suv quvuri qurilib, foydalanishga topshirildi. Bir yil davomida Mo‘ynoqning qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. U yerga aholi qaytadan ko‘chib kela boshladi. Mo‘ynoq haqidagi ilk maqolamni muxbirlik faoliyatimni boshlagan 1979-yili, bundan 45 yil muqaddam baliqchilik kolxozi raisi Quvonchboy Bekmuratov to‘g‘risida yozgan edim. U kishi nafaqaga chiqqach, Nukusga ko‘chgan edi. Yaqinda u Mo‘ynoqqa qaytdi. Qaytganda ham Nukus aeroportidan zamonaviy avialaynerga o‘tirib, Mo‘ynoq aeroportiga qo‘ndi. Trapdan tushib, ko‘zlariga ishonmay qoldi. “Yopiray, Mo‘ynoqmi bu yo Ovruponing megapolislaridan birimi?”. Ravon ko‘chalar, go‘zal xiyobonlarda yurib, quvonchdan ko‘zlariga yosh keldi. Qirq yil avval o‘zi rais “Amudaryo” kolxozining bir baliqchisi, asli shu yerda tug‘ilgan hamyurti, KPSS MQ Siyosiy byurosi a’zosi, Moskva shahrining rahbari Y.Prokofyevga “Bir kelib keting jon Mo‘ynog‘imizga!” deb xat yozgan edi. Xatga bir enlik javob ham kelmadi. Jahonga ma’lum adib To‘lepbergen Qaipbergenov Kreml saroyidagi ulkan anjumanda qizil saltanatning so‘nggi rahbariga Orolbo‘yidagi vaziyat bilan shaxsan kelib tanishishni o‘tinib so‘ragan edi. Bosh kotib loaqal boshini qimirlatib ham qo‘ymadi. Qilgan ishi Sibir daryolari suvini bu tomonga burish loyihasini taqiqlash bo‘ldi xolos.
Bir vaqtlari bugun tavalludining 200 yilligi davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra keng nishonlanayotgan ulkan shoir shunday yozgan edi:
Yo‘q edim, bor bo‘ldim, kamolga keldim,
Minib arabi otlar, davronlar surdim,
Noningni ko‘p yedim, rohatin ko‘rdim,
Xo‘sh omon bo‘l, bizdan qolding, Bo‘zatov.
Poemada “Taqdir Allohdandir, sabab – Qo‘ng‘irotdan” degan satr bor. Buning mazmuni u chog‘lari Qo‘ng‘irotda hukm surgan qoraqalpoq xoni Muhammad Fano Bo‘zatovga o‘ng ko‘z bilan qararmikan, degan orzudan iborat edi. Orzu orzuligicha qolib ketdi. Oradan ko‘p yillar o‘tib Yangi O‘zbekiston rahbari Ajiniyozning Bo‘zatovini qayta tikladi. U yer sanoat va san’at maskaniga aylandi. Kuni kecha hurmatli Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda bo‘lganlarida “Mening bosh maqsadim, bu xalq roziligini olish, uni baxtli ko‘rishdan iborat!” dedilar. Kegayli tumanidagi “Juzimbog‘” maskanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu haqda batafsil fikrlashildi.
– Har gal davlatimiz rahbari bilan uchrashganimda xuddi toshqin daryodek to‘lqinlanaman, – deydi O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Najimatdin Ansatboyev. – Eng avvalo, o‘z sohamdan gap ochsam, jahonning eng ilg‘or teatrlarini ko‘rgan odam sifatida ishonch bilan ayta olamanki, o‘zbek va qoraqalpoq teatr san’ati Yangi O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi. Hozirgi teatrlarimizga kirsangiz, bahri dilingiz ochiladi. Eng muhimi, ularga tinch mamlakatning to‘q, xotirjam tomoshabinlari kirmoqda. Bu tinchlikni bizga yurt egasi ta’minlab berdi. Yaqinda Shavkat Miromonovich yon qo‘shni, jon qo‘shni, abadiy do‘st Qozog‘istonning “Oltin Qiron” oliy ordeni bilan taqdirlandi. Nazarimda, bu ordenning jilosi Parijda muzaffar o‘g‘il-qizlarimiz olgan medallar bilan birga jahon bo‘ylab yog‘du taratdi. Iloyim yurtimizga ham, yurt rahbariga ham ko‘z tegmasin!
Tashrif chog‘ida Prezident Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Qoraqalpog‘iston filialini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbari 2021-yilda hududga tashrifi chog‘ida IT-park uchun yangi bino qurish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Shunga muvofiq, Nukus shahri markazida 17 qavatli zamonaviy bino bunyod etildi. Bu yerda IT-ta’lim va kovorking markazlari, ofislar, konferensiya zali va xizmat xonalari mavjud. AQShning Amazon kompaniyasida ishlagan qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamalov yurtiga qaytib, o‘zining HUPO startapiga to‘rt million dollar sarmoya jalb qilgan. Prezidentimiz u bilan suhbatlashib, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi. IT-park rezidentlari, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bilan muloqot qildi. Yoshlarning fikrlarini tinglab, takliflarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Prezident hududdagi bir qator yirik investitsion loyihalar ibtidosi uchun start berdi. Bu Xitoyning “Sany Renewable” kompaniyasi tomonidan Qo‘ng‘irot tumanida quriladigan qiymati 1 milliard 200 million dollarlik, 1 gigavatt quvvatli, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida tashkil etiladigan qiymati 250 million dollarlik 100 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimiga ega 200 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyalaridir. Kelgusida ularda yiliga 4 milliard 200 million kilovatt soat yoki 1 million 750 ming xonadonning bir yillik iste’moliga teng “yashil” energiya ishlab chiqariladi. Natijada qariyb 1,3 milliard metr kub tabiiy gaz tejaladi va atmosfera zararlanishi qariyb 2 million tonnaga qisqaradi.
Tashrif doirasida Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda an’anaga aylangan bu muloqot sohadagi tizimli muammolarni hal etishi, takliflar muhokama qilinishi va yangi qulayliklar yaratishi bilan ishbilarmonlar kutadigan tadbirga aylandi. Bu safargi ochiq muloqot yil mobaynida davom etdi, deyish mumkin. Prezidentdan boshlab Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar, Savdo-sanoat palatasi rahbari, Biznes ombudsman tadbirkor bilan doimiy muloqotda bo‘ldi.
Prezident bu yilgi ochiq muloqot aynan Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratib, bu yerda tadbirkorlik qilishning afzal tomonlarini aytdi. Xususan, Qoraqalpog‘istonda biznes uchun 50 dan ortiq imtiyozlar berilgan. Bu boshqa hududlarda yo‘q. Qoraqalpog‘istonda yer ajratishning sodda tizimi joriy etilgan. Bu hudud katta bozorlarga chiqish uchun ham qulay. Ushbu imkoniyatlarni samarali ishga solish maqsadida “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturi qabul qilinishi ta’kidlandi. Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etdi. Markaziy va hududiy studiyalarda qatnashgan tadbirkorlar, chet ellarda o‘z biznesini ochgan vatandoshlarimiz fikr-mulohazalarini bildirdi. Muammolar muhokama qilinib, takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Davlatimiz rahbari Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirdi. Bu majmua hurmatli Prezidentimizning 2022-yilda hududga tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmasi asosida ellik gektardan ortiq maydonda yaratildi. U yer obod go‘shaga aylantirildi.
– Eng katta o‘tovning diametri 42, balandligi 22 metr ekanligi hammamizni hayratga soldi, – deydi Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi Serikboy Usenov. – O‘tov ichida davlatimiz rahbari bilan samimiy suhbatlashdik. Bu yerda turli madaniy tadbirlar, forumlar o‘tkazish mumkin. Majmuada qoraqalpoq, turkman, qirg‘iz, boshqird kabi turkiy xalqlar qatori biz qozoqlarning o‘tovlari ham tikilgan. Bu yerda tug‘ishgan xalqlarning tarixi, etnografiyasi, urf-odatlari yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Bunday maskanlarda o‘tkazilayotgan tadbirlar xalqlarimiz orasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.
Davlatimiz rahbarining Orolbo‘yi diyoriga bu galgi tashrifi butun mamlakat uchun unutilmas voqea bo‘ldi. Ulug‘ bobomiz Ajiniyoz tavalludining 200 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida biz qoraqalpog‘istonlik ijod ahli ko‘nglida yangi-yangi satrlar, asarlar tug‘ilmoqda. Zero, bugun Uchinchi Uyg‘onish, eng avvalo, insonlarning, shu jumladan, biz adiblarning tafakkurimizda bo‘y tiklamoqda.
Yangiboy QO‘CHQOROV,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



