24.05.2024 | 19:06
703
“YURTDOSHIM, BOG‘INGGA BIR NIHOL QADA…”•
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov shoir, dramaturg, publitsist, tarjimon va jamoat arbobi sifatida xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Bo‘stonliq tumanida shoir ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan adabiy festival qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik yo‘llagani ham Erkin Vohidov fenomeni ijtimoiy-ma’naviy hayotimizda naqadar muhim o‘ringa egaligini yaqqol ko‘rsatadi. U mumtoz adabiyotimiz an’analarini davom ettirib, betakror g‘azallar, qasidalar, muxammaslar bitdi, satira va yumorga boy she’rlari bilan ijtimoiy muammolarga, kishilar fe’l-atvori, tabiatidagi qusurlarga ko‘zgu tutdi. “So‘z latofati” kitobi esa ona tilimizning teran ildizlarini, so‘z boyligini, serjilva imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.
Bu asarlar bilan tanishgan kishi borki, boshqalarga ham undan iqtiboslar, go‘zal misralar-u hikmatlar ulashishga ishtiyoq tuyadi. An’anaviy ijodiy festival ham o‘zbek xalqining zukko va shijoatli adibi, chinakam ma’noda xalqimiz va madaniyatimiz timsoli bo‘lgan Erkin Vohidovning sehrli va ibratli asarlari orqali yoshlarning ona tilimizga mehrini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida ilk bor tashkil etildi.
Shu yilning 23-may kuni Bo‘stonliq tumani “Green Hills Resort” oromgohida ulug‘ shoirimiz xotirasiga bag‘ishlangan adabiy festival bo‘lib o‘tdi. “UzreportTV”, “FTV” telekanallari, “Turon bank” va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan festival ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
Tadbirning ochilish qismida O‘zbekiston Qahramoni, taniqli tarjimon Ibrohim Gʻafurov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, shoir Nodir Jonuzoq Erkin Vohidov haqida yorqin xotiralari bilan o‘rtoqlashib, uning ibratli hayot yo‘li, serqirra ijodi haqida fikr bildirishdi. “Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada” misralari haqida alohida to‘xtalgan taniqli adabiyotshunos Ibrohim Gʻafurovning tashabbusi bilan oromgoh hududida Erkin Vohidov nomidagi bog‘ tashkil qilinadigan, ilk nihollar shu kunning o‘zida ekiladigan bo‘ldi.
Festival davomida Erkin Vohidov she’rlari asosida bahri bayt o‘tkazilib, shoir she’rlari yana bir bor yodga olindi. Mushoirada Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Shahlo Safarova g‘olib deb topilib, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ustoz shoirning sevimli mashg‘ulotiga bag‘ishlab “Shaxmat chellenji” tashkil qilindi. Unda ustoz adiblar, yosh ijodkorlar, she’riyat ixlosmandlari dona surib, bu aqliy sport bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Tadbir yakunida shoir she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar taniqli xonandalar tomonidan kuylandi. Festival ijod kayfiyatida, she’r ruhida yakunlandi. Mehmonlar oromgohdan qaytishdi, ammo ularning ko‘nglida Erkin Vohidov siymosiga qalban yaqinlik tuyg‘usi muhrlanib qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu festival barchaning qalbida she’riyatga mehr degan “bir nihol qadadi”.
Shavkat DO‘STMUHAMMAD
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
606
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
604



