Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.08.2025 | 09:41

img788

QURIGAN BIR CHO‘PNI QUSHDAY SAYRATDING

Hamma laqqillasa bozor tilida,
Sen ko‘ngil tilida biror jumla ayt…

Atrofga birrov razm solsangiz, bugun eshitadigan quloq topish amri maholdek. Balki bu “eshitish moslamalari” laqillashlardan bezigandir. Ko‘ngil tilida biror jumla eshitishni istar.

Katta oqin – suvni tinglamay qo‘ygan odamlar, dillaridagi ko‘milib ketgan iztiroblar, samimiy tuyg‘ularni qanday ilg‘asin?! Kechinmalar “mozoristoni”ga aylangan yurak, tabiat bilan tillashishni ham unutadi. Buyumlardek “baxtli yashash”ni boshlaydi. Shoirning she’rlari, satrlari kiftidan tutsangiz, sizni go‘zal bir olamga boshlab ketadi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Eshqobil Shukurning “Oy yo‘li” she’riy saylanmasi hamda “Boboso‘z izidan” (to‘ldirilgan qayta nashr) kitoblari chop etildi. Kitoblarni mutolaa qilar ekansiz, shoir Eshqobil Shukur bilan dildan suhbatlashasiz, go‘yo.

Boshi yoriq bedana bilan ko‘ksi yoriq shamol
O‘zimga o‘xsharkan endi o‘ylasam.

Shoir tuyg‘ularni, kechinmalarni “osmon”dan olib yozmaydi. Uning ko‘ngil ko‘kida borlari satrlarga to‘kiladi. Ijod onlari o‘zi bilan o‘zi gaplashadi shoir. Bugun odamlar o‘zaro ham, o‘zlari ham suhbatlashmay qo‘ydi. Lekin shoir har bir satrda, har bir so‘zda o‘zi bilan gaplashadi, tortishadi. Goh yutadi, goh yutqazadi. Poklanib boradi shu zayl. Sahifalar ortda qolgani sayin sizning ham ozurda qalbingiz musaffolashib boradi. Endi unga hayotning mayda-chuyda g‘avg‘olari daxl qila olmaydi.

Yer sharining ustiga chiqib, chordona qurib o‘tirib olasiz. Keyin tahlil qila boshlaysiz, o‘tmishni, bugunni va kelajakni. Makon va zamon chegarasidan chiqib ketasiz. Shoirning she’rlari sizni opichlab koinotni kezib chiqadi, ko‘ngil koinoti yanada kengishroq tuyula boshlaydi. Qaytgingiz kelmaydi, satrlarning orasiga, so‘zlarning pinjiga berkingingiz keladi hayotning dolg‘ali o‘yinlaridan, o‘ylaridan.

Keling, biroz ko‘zgu qarshisida qad rostlang. O‘zingizga nigoh tashlang: so‘zlar bilan so‘zlashing. “Boboso‘z izidan” odimlang. U sizni ko‘plab savollarga, so‘zlarga ro‘baro‘ qiladi.

Bir kecha-kunduzda necha so‘z ishlatamiz? Va bu so‘zlarning asl mazmunini, tub ma’nosini bilamizmi? Taniqli shoir Eshqobil Shukurning “Boboso‘z izidan” kitobi bevosita so‘zga, so‘zki, xalqimiz tarixiga tomirdosh bo‘lgan turkiy tillar oilasida xazinasi, jozibasi, rang-u harorati, qo‘yingki, sharafi baland asl o‘zbek so‘zlariga bo‘lgan katta muhabbati tufayli, ularni asrab qolishdek ezgu niyat samarasi o‘laroq maydonga kelgan.

Muallifning qadimiy so‘zlar tarixiga qilgan sayohatida unga yo‘ldosh bo‘lish siz aziz kitobxonga ham bahramandlik bag‘ishlaydi.

“So‘z bilan ishlash juda mashaqqatli, qaltis ish ekan. Lekin bu ishda shunday bir maroq borki, u har qanday qiyinchilikni zavqqa aylantirar ekan. Odam sevishni o‘rganmaydi, sevgining o‘zi keladi deyishadi-ku, lekin men so‘zlarni sevishni o‘rgandim. “Devonu lug‘otit-turk”ning qalin o‘rmonlarida, tom-tom lug‘atlarning toyg‘oq so‘qmoqlarida, xalq tili va ustoz kitoblarning minglab chaqirimlarga cho‘zilib ketgan yo‘llarida yurdim”,  deb yozadi muallif.

 Qachongacha, o‘tkinchi dunyoning mayda tashvishlari sizni mashg‘ul qilib qo‘yadi. “Oy yo‘li”dan, “Boboso‘z izidan” qolmang!

Ey, inson-a, inson-a, inson,
Ko‘nglingda shunchalar darding bormidi…
Qurigan bir cho‘pni qushday sayratding.

Zikrilla MUHAMMAD

“Jadid” gazetasining 2025-yil 15-avgustdagi 33-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img103

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331