25.05.2024 | 14:57
371
BOLALARNING BOBO NASHRI

Bolalarning sevimli nashri “Tong yulduzi” gazetasi bu yil 95 yoshga to‘ladi. 1929-yil 1-avgustda Samarqand shahrida “Lenin uchquni” nomi bilan chop etilgan mazkur gazeta 1992-yilga kelib “Tong yulduzi” nomi bilan chiqa boshlagan. Bu mo‘ysafid nashr qariyb bir asrlik tarixga ega.
Poytaxtimizdagi Milliy kutubxonada “Tong yulduzi” gazetasining 95 yilligi munosabati bilan chop etilgan “Tong yulduzi” yoritgan olam” nomli kitob taqdimoti va uzoq yillar davomida gazeta tahririyatida faoliyat yuritgan fotomuxbir Ravil Albekovning ijodiga bag‘ishlangan fotosuratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Tong yulduzi” yoritgan olam” nomli kitobning mazmun-mundarijasini shu vaqtga qadar gazetada chop etilgan qiziqarli, sermulohaza maqolalar boyitgan. Shuningdek, “Tong yulduzi” tahririyati maktabidan yetishib chiqqan taniqli yozuvchi-shoirlarning o‘quvchilik chog‘laridagi yodnomalari ham o‘rin olgan.
– Bugun taqdimoti o‘tkazilayotgan kitob o‘zbek matbuoti, adabiyoti va madaniyatining o‘ziga xos bir ko‘zgusi, ensiklopediyasi bo‘libdi, – dedi O‘zbekiston Qahramoni, yozuvchi, tarjimon Ibrohim Gʻafurov. – Bu katta bir tarixiy voqea. Kitobni qo‘limga olganimda o‘ttizinchi yillardan boshlangan o‘tmish xayolimda gavdalandi. O‘zbek ziyolilarining birortasi o‘z ijodiy faoliyatini boshlashda bu gazetani chetlab o‘tmagan. “Tong yulduzi” gazetasi Odil Yoqubov, Ramz Bobojon, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Po‘lat Mo‘min, Quddus Muhammadiy kabi taniqli ijodkorlarning ilk asarlari chop etilib, ularning tanilishida va sevilishida katta xizmat qilgan nashrlardan biridir. Ushbu kitob ham xalqimizga uzoq yillar davomida tarixiy manba sifatida xizmat qilsin.
– Bugun tom ma’noda o‘zbek bolalar matbuoti va bolalar adabiyotining bayrami, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, – dedi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston milliy axborot agentligi direktori Abdusaid Ko‘chimov. – Jurnalistlik faoliyatimni boshlashda bu gazeta maktab vazifasini o‘tagan. Men bu kasbning haqiqiy zahmatlarini shu yerda his qilganman. Go‘dak qalbli otaxon gazeta o‘zbek matbuotining bosh buloqlaridan biridir.
Kitob taqdimoti bilan birga Ravil Albekovning qirqdan ziyod asarlari jamlangan moʻjaz fotoko‘rgazma ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. So‘zga chiqqanlar fotomuxbir haqida ko‘plab iliq fikrlar bildirishdi. Ko‘rgazma haqida “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri Feruza Odilova shunday dedi:
– Ravil Albekov nafaqat “Tong yulduzi”da, balki butun bolalar matbuotida o‘ziga xos o‘rni bor fotomuxbirlardan edi. Ijodkor shoir bitta she’ri ustida qancha ter to‘kib mehnat qilsa, Ravil Albekov ham har suratiga katta bir asardek yondashardi. Gazeta tahririyatida qirq yildan ortiq faoliyat yuritgani, uning o‘z kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbati, sadoqatidan dalolatdir. U bolalar dunyosini o‘z dunyosi, deb bilar va xayolan boladek yashar edi. Yaqin kunlarda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamkorligida Ravil Albekovning shaxsiy fotoko‘rgazmasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir so‘nggida gazetada uzoq yillar mehnat qilgan muharrirlar, faol mualliflar, shu jumladan, o‘quvchilar tahririyat tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Vasila HABIBULLAYEVA
“Jadid” gazetasi 2024-yil 24-may 22-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



