27.05.2024 | 17:56
308
DO‘STLAR DIYDORI

Kuni kecha O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida bir guruh ziyolilarimiz ishtirokida o‘tkazilgan tadbir “Vatandoshlar” jamoat fondi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkilotchilari hamkorligida tashkil etildi.
Muhtasham elchixonamiz binosida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faol qatnashgan olti jamoa orasidan Tojikistonda o‘zbek tilida nashr etilayotgan “Xalq ovozi” gazetasining yosh xodimlari g‘olib bo‘ldi.
– Biz bu o‘yinni O‘zbekiston televideniyesi orqali ko‘rib, unda qatnashishni orzu qilib kelardik, – deydi g‘olib jamoa sardori Zuhriddin Umarov. – Mana endi nafaqat qatnashish, balki g‘alaba qozonishga ham muyassar bo‘ldik.
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Mamlakatxon Ulashevaning “Munojat” deb nomlangan kitobi taqdimoti ham ikki xalq ziyolilari ishtirokidagi davraga yanada fayz bag‘ishladi.
– Kitob taqdimoti Tojikistonda o‘tkazilishi men uchun hayajonli kechdi, – deydi Munojat Yo‘lchiyeva. – Chunki keyingi yillarda yurtimizda yuksak e’tibor berilayotgan maqom san’ati har ikki xalq uchun ham qadrlidir. Kitob taqdimotiga tojikistonlik maqom ustalari, ijodkor ziyolilar kelishgani esa men uchun ham, shogirdim Mamlakatxon uchun ham quvonarli bo‘ldi.
Ishtirokchilar uchun Munojat Yo‘lchiyeva, Og‘abek Sobirov, Mardon Mavlonov tomonidan o‘zbek va tojik tillarida kuylangan qo‘shiqlar davraga o‘zgacha shukuh ulashdi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan elchixona muzeyi va Dushanbe shahridagi 103-sonli o‘zbek maktabi uchun kitoblar va esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirib, bu tadbirlarning davomida Tojikistonning turli joylarida nishonlanayotgan, Tojikistonda yashab o‘zbek tilida ijod qilgan taniqli g‘azalnavis shoir, do‘stlik kuychisi O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi tantanalariga ulanib ketishida ramziy ma’no borligini bildirib o‘tdi. Zero, shoirning o‘zi yozganidek:
Ikki tilda so‘zlaguvchi bir elim yobad kamol,
Xizmatashro az dil-u jon mekunad O‘lmas Jamol.
Mansur JUMAYEV
“Jadid” gazetasi 2024-yil 24-may 22-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



