Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 09:55

img480

“ABU RAYHON BERUNIY” – TURKIYADA

Adabiyotda o‘qishli, badiiy yetuk bir asarning yozilishi, o‘quvchilar javoni-yu qalbidan o‘rin egallashi qanchalar quvonchli hodisa bo‘lsa, uning qardosh tilda chop etilib, boshqa mamlakat kutubxona-yu kitob do‘konlaridan joy olishi ming chandon quvonchlidir. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani “Beruniy: Abu Rayhonning siymolari” nomi bilan Turkiyada nashr etildi. Asarni “Zamonaviy o‘zbek hi­koyalari” antologiyasi hamda Cho‘lpon va Muhammad Yusuf she’r­larini turkchaga o‘girgan iqtidorli mutarjim Hamza O‘zturkchi tarjima qilgan. Ushbu kitob Istanbuldagi nufuzli “Ketebe” nashriyotida chop etilgan. Unga xalqaro Nobel mukofoti sohibi, professor Aziz Sanjar so‘zboshi yozgan. Hozirda Turkiyaning barcha kitob do‘konlarida sotuvga chiqarilgan. “Abu Rayhon Beruniy” tarixiy-biografik romani 2020-2022-yillarda yozilgan bo‘lib, “Innovatsion rivojlanish” nashriyoti tomonidan 2023-yilda chop etilgan edi. Asarda nafaqat buyuk allomaning o‘smirligidan to hayotining so‘ngigacha bo‘lgan davri, balki o‘sha paytdagi hukmron sulolalar – xorazmshohlar, somoniylar, ziyoriy­lar, buvayhiylar, g‘aznaviylar va saljuqiylar tarixi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Abu Rayhon Beruniy yer yuzining diametrini bugungi o‘lchovlarga yaqin bir tarzda hisoblagan va geodeziya ilmiga asos solgan buyuk mutafakkirdir. Beruniy Hindistonda ekanida trigonometriyaning astronomiyadan ajratilishi kerakligini ilgari surgan va trigonometrik funksiyalarni hisoblagan. O‘z tadqiqotlari bilan Gʻarb dunyo­sida ham mashhur bo‘lgan bu olim Nyutondan avvalroq yerning tortish kuchidan xabar bergan, Galileydan oldin yerning shar shaklida ekanini aytgan. Hayoti mobaynida geometriya, trigonometriya, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot va tarixga oid 150 dan oshiq asar yozib qoldirgan. Ushbu tarixiy-biografik roman “Ketebe” saytidagi izohda: “Olimni hurmat qilgan kishi payg‘ambarni ham hurmat qilgandek bo‘ladi” hadisi sharifini shior qilib olgan, ilm, olim va ulamolarning qadr-­qimmatini yuksaltiradigan bu ko‘zni qamashtirar darajada yetuk roman bugungi kunga yuzlanib so‘rayotgandek: “Qachon yo‘li­mizni munavvar qiladigan ilmli yo‘lbosh­chilarga quloq tutamiz?” deya ta’riflanadi. Bu ham asarga berilgan yuksak baho va e’tirofning nisho­nasidir.

“Jadid” gazetasi 2024-yil 29 -mart 14-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600