Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.06.2024 | 16:12

img2158

“QAYGA BORMAY, BOSHDA DO‘PPIM”

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov:

“Qayga bormay boshda do‘ppim,

Gʻoz yurarman gerdayib,

Olam uzra dong‘i ketgan

O‘zbekiston, o‘zbegim!” –

deganlarida do‘ppimizni millati­miz timsoli sifatida tas­virlagan.

 Muhammad Yusuf ham “Do‘ppi kiy­may qo‘ydi odamlar” deya o‘yga tolgandi.

Ayrim blogerlarimiz, san’atkor­la­ri­­miz media olamida do‘ppini yana trend­ga olib chiqarishdi, ammo bosh­qacha talqinda.

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kun­lar” asarida Otabekdek zabardast va zukko o‘zbek yigiti boshida do‘ppisi bilan tasvirlangan bo‘lsa, hozir qaysi ko‘rsatuv yoki ijtimoiy tarmoqdagi videoga qaramang, aksariyat holatda dovdir va anqov odamlarning obrazi boshiga milliy bosh kiyim qo‘ndirilyapti. Eng achinarlisi shundaki, media olamni butun dunyo kuzatadi va o‘zbeklarni do‘ppisi bilan eslab qoladi. Endi savol: ularning tasavvurida qanday qolyapmiz ekan?

Anchadan buyon ko‘nglimni xira qilayotgan yana bir narsa bor. Mahalliychilik! Boshqa xalqlar birlashib, o‘z mustaqilligi yo‘lida jon olib, jon berayotgan bir davrda, biz “Sen toshkentliksan, sen viloyatliksan”, deb tortishib yuribmiz. Ming afsus…

Ajdodlarimizning shuhrati bilan o‘zbekman deb kerilganimiz-kerilgan. Biz ma’nan va qalban bir millat bo‘lolmas ekanmiz, hech qachon buyuk davlat bo‘lolmaymiz.

Nega bundaysan, o‘zbegim?

O‘z holingga yig‘lash o‘rniga o‘z ustingdan kulganing-kulgan!

Quddus ASAD

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 21-iyun | 26-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img98

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img610

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img607