Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.07.2024 | 19:15

img357

ZOMIN TOG‘LARIDA ILHOM JILVASI

“Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyati ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, boy ma’naviyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz”.
Shavkat MIRZIYOYEV

– Har yili bo‘lib o‘tadigan an’anaviy Zomin seminari yurtimiz ijodkor yoshlarini qo‘llab-quvvatlaydigan zamonaviy “platforma”ga aylanganiga ancha bo‘ldi.

Shuni faxr bilan e’tirof etsa arziy­di: dunyo o‘lkalarida ijod va san’atni qo‘llab-quvvatlaydigan turli-tuman tadbirlar bor, ammo mamlakat yoshlari orasidan badiiy ijodga eng iqtidorlilarini saralab, ustozlar saboqlari o‘tiladigan bunday anjuman olamda yagona bo‘lsa, ajabmas. Seminar yoshlarga o‘z iste’dodini namoyon qilish imkonini beradigan yangi makon, o‘zaro muloqotning qulay shakli, yangi ufqlarga intilishning o‘ziga xos “start maydonchasi”dir. Bu yilgi seminarda respublikamizdagi ijod maktablari o‘quvchilari ham qatnashayotgani ijodkor yoshlarga e’tibor ko‘lami yanada ortayotgani­ning yorqin isboti.

Zomin seminarini avlodlar uchrashuvi deb atasa ham bo‘ladi. Chunki yosh ijodkorlar ustozlardan badiiy san’atning o‘ziga xos sirlarini o‘rganishsa, ayni paytda katta avlod ijodkorlari yetishib kelayotgan yosh avlodning o‘y-xayollari, intilishlari, orzu va umidlari, tushuncha tarzi bilan bevosita tanishib olishadi, boshqacha aytganda, kelajak bilan yuzlashishadi.

O‘tgan davr mobaynida Zomin seminari qatnashchilarining bir nechta avlodi shakllanib ulgurdi. Uning ilk qaldirg‘ochlari bugungi jamiyatimizning faol a’zolari, ko‘zga ko‘ringan ijodkorlardir.

Mamlakatimizda shitob bilan “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” shiori ostida ko‘lamli yangila­nish­lar yuz bermoqda. Bu qutlug‘ jarayon yangicha fikrlaydigan, sog‘lom tafakkurli, vatanparvar va fidoyi yoshlarni yetishtirib chiqarmoqda. Ayni kunlarda an’anaviy va mumtoz ushbu anjumanning navbatdagi “nafis majlislar”i bo‘lib o‘tmoqda. Seminar qatnashchilariga el-yurtga xizmat qilishday sharafli va mas’uli­yatli ishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Isajon SULTON,

O‘zbekiston xalq yozuvchisi


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604