11.07.2024 | 15:27
499
Gruziyada “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari» bo‘lib o‘tdi
10-iyul kuni Tblisidagi muhtasham Jansug Kaxidze madaniyat saroyida “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Аhmedov, Gruziya madaniyat va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ioseb Bagaturiya hamda Gruziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Xvtisiashvili nutq so‘zlashdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Gruziyaga va Gruziya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashriflari chog‘ida erishilgan kelishuvlar natijasida madaniy-gumanitar hamkorlik yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Mana bugun ushbu samarali hamkorlikning natijasi sifatida Sizlar bilan mazkur muhtasham madaniyat saroyida “O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlari”ning ochilish marosimida yig‘ilib turibmiz. O‘ylaymizki, joriy yil ikki tomonlama hamkorligimiz tarixidagi eng muhim va voqealarga boy yillardan biri bo‘ladi” – dedi, Bahodir Аhmedov.

Bugun, 11-iyul kuni “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” doirasidagi o‘zbek kino kunlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda kino sohasi vakillaridan Matyoqub Matchonov, Tohir Saidov, Husan Rashidov, Zafar Yuldashev, Lola Eltoyeva, Umid Iskandarov, Samiddin Lutfullayev, Farhod Sarvarov qatnashishadi. Unda, “Ilhaq”, “101-reys”, “Evrilish” kabi filmlar namoyish etiladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
160
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
154
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
357



