15.10.2024 | 14:12
525
“Sahna nutqi masalalari: muammo va yechimlar” Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ma’naviyatning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarning aqliy salohiyatini oshirish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish bugungi kun pedagogining asosiy vazifasi hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Sahna nutqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bo‘lajak san’atkorlarning sahnaviy nutqini tarbiyalash barobarida madaniyatimizning, san’atimizning ko‘plab tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar yetkazib berishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Ayniqsa, so‘zning qudratini ko‘rsatadigan sahna asarlarida ular mehnatining samarasi yaqqolroq seziladi.
2024-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Sahna nutqi” kafedrasi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Sahna nutqi masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyaning maqsadi bugungi kundagi teatr, kino va televideniedagi nutqning dolzarb masalalari va ulardagi muammo va yechimlarini o‘rganish, sahna nutqining bugungi kunda respublikamizdagi o‘rni, yutuq va muammolarni ilmiy jihatdan tadqiq qilishdan iborat.
Bugun zamon murakkab. Yosh avlodning ma’naviyati va ma’rifatini o‘stirish dolzarb masala bo‘lib yuzaga chiqmoqda. Shunday ekan, bunda so‘z bilan ishlaydigan mutaxassislar har tomonlama kuchli ilmiy salohiyatga ega bo‘lmog‘i lozim. Zero, ko‘plab yaratilayotgan sahna asarlarining tilini, nutqini puxta ishlashda, ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida xalq bilan muloqot qilganda, davlat tadbirlaridagi badiiy chiqishlarda albatta, professional nutq eng zarur vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ijodkorlar oldiga katta vazifalarni qo‘ygani bejiz emas. Ona tilini yanada yuksaltirish, o‘zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, yoshlarimizni milliy va umumbashariy g‘oyalar asosida kamol toptirishda madaniyat sohasi, xususan, teatr san’atini rivojlantirish, zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish kabi qator masalalar shular jumlasidandir. 2024-yil 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan Xalqaro maqom san’ati anjumanida, shu yil 26-30-avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy san’ati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda alohida muhim o‘rin egallashi badiiy chiqishlarda namoyon bo‘ldi. Bunda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Zebuniso, Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Fuqat, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Huvaydo, Cho‘lpon, Miskin, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo kabi shoirlarning she’riy asarlarini aynan bizning sobiq va ayni paytda tahsil olayotgan talabalarimiz ijro etgani quvonarli hol bo‘ldi. Ayniqsa, “Xamsa” dostonlaridagi lirik qahramonlar siymosini yaratgan yoshlarimiz xorijiy mehmonlarimizda yaxshi taassurot qoldirgani yana bir bor olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Konferensiyani O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich ochib berib, “Men yoshlarimizning buyuk san’atimiz va madaniyatimizga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshishini, bu yo‘lda tinimsiz izlanishini, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib ijod qilishini istayman. Ta’kidlash joizki, institutimizda tahsil olayotgan talabalarda sahna nutqi va uning eng muhim masalalari yuzasidan bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lish yuqorida aytganimizdek, professor-o‘qituvchilar salohiyati bilan bog‘liq. Shuni inobatga olgan holda institutimizda o‘tkazilayotgan “Sahna nutqi masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya juda muhim deb hisoblayman” deb konferensiya ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Rektor tabrigidan so‘ng sahna nutqi, nutq madaniyati, so‘z san’ati, ekran nutqi, televidenie va radiodagi nutq masalalari ularning muhim aspektlari, muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xususida so‘z bordi. Shuningdek, konferensiya davomida bugungi kunda sohada keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borayotgan soha mutaxassislarining mavzu yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.
Konferensiyada sohaning yetuk mutaxassislari o‘z ma’ruzalari va ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, oliy toifali diktor Nasiba Ibragimova, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» telekanali «Assalom, O‘zbekiston!» studiyasi mas’ul kotibi, do‘stlik ordeni sohibi Faxriddin Samatov, Milliy akademik drama teatri aktrisasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, oliy toifali suxandon Muslimbek Yo‘ldoshevlar ishtirokini alohida ta’kidlash lozim. Bundan tashqari sohaning malakali kadrlari bilan bir qatorda ushbu sohada tahsil olib kelyotgan magistrlar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar ishtirok etishdi. Shuningdek, institutning Nukus hamda Farg‘ona mintaqaviy filialidan ham yosh olimlar Zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.
Umida Ibragimova,
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Sahna nutqi kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi



“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
178
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
159
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
365



