22.07.2024 | 15:05
1020
“NOMI QORAQALPOQ ELLARIM BORDIR…”
Xudo bergan har bir millatning ma’naviy borlig‘ini dunyoga tanitadigan so‘z san’atkorlari, alloma shoirlari bo‘ladi. Qoraqalpoq og‘zaki ijodini yozma adabiyoti bilan uyg‘unlashtirib, xalqona she’rlar yozgan Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li shunday adabiy siymolardan biridir.

Qadim-qadimdan xalqimiz bilan qon-qardosh, qo‘ni-qo‘shni bo‘lib yashab kelayotgan qoraqalpoq xalqining ulkan shoiri barchamiz uchun birday aziz, albatta. Bundan qariyb ikki asr muqaddam qoraqalpoqlarning ko‘ngil dardini she’rga solgan shoir she’rlari hali shu kunga dovur el og‘zidan tushmaydi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingani mamlakatimiz adabiy hayotida muhim voqea bo‘ldi.
Jamiki adabiyot muhiblari Ajiniyoz ijodiga har yili qayta nazar solishadi, she’rlarini takror o‘qishadi. Muhimi, shoirning she’rlari vositasida bir inson qalbi misolida qoraqalpoq xalqining ma’naviy-adabiy tafakkuridan boxabar bo‘lishadi.
Hamma zamonlarda iste’dodli odamni el dardi qo‘liga qalam tutqazgan va shundan xalqchil shoirlar bunyod bo‘lgan. “Aytsam ado bo‘lmas dardlarim bordir”, degan shoir bobo yana bir she’rida yozadi:
“Kimga aytay arz-u holim,
Ko‘ngilda ko‘p qiyl-u qolim,
O‘tgan umrim – zahr-u bolim,
Totli bo‘lur, totsiz bo‘lur…”
Bu – birgina insonning dardi, o‘tgan umri haqidagi oddiy so‘zi emas. Bunday o‘rinda chinakam xalq shoiri qaysidir darajada ijtimoiylashadi. O‘z davri odamlarining qalbi ifodachisi o‘laroq maydonga chiqadi. Shunga ko‘ra Ajiniyoz she’rlarida chin ma’noda qoraqalpoqlarning o‘tmishi, zamini, urug‘ va qavmlariga doir tarix ham o‘z aksini topgan. Shuning uchun shoir she’rlarida turli toponimik nomlar, qoraqalpoq millati etnosiga tegishli tushunchalar ko‘p uchraydi. Ayni damda shoirning she’riy misralarida takrorlanadigan qitay, qipchoq, kenagas, ochamayli, mang‘it kabi atamalarning mazmun-mohiyatini anglash uchun turkiy qavmlar tarixini, etnografiyasini bilish lozim, albatta. Shoirning she’rlarida keng yaylovlar nafasi keladi, sahro falsafasi jonlanadi; bir zamonlarda “jonivorlarga makon bo‘lgan ko‘llar” ko‘z oldimizda gavdalanadi.
Ajiniyozshunoslar shoirning “Bo‘zatov” dostoni tarixiy qimmatga ega ekanini ta’kidlashadi. Zotan, bu ulkan asar o‘z davrining muayyan ziddiyatli hodisalari bilan bog‘liq.
“Yo‘q edim, bor bo‘ldim, kamolga keldim,
Arabiy ot minib, davronlar surdim,
Noningni ko‘p yedim, rohating ko‘rdim,
Xo‘sh, omon bo‘l, qolding endi, Bo‘zatov”.
Shoir boshqa ellarga bosh olib ketar ekan, “Xo‘sh, omon bo‘l, qolding endi, Bo‘zatov”, deb bejiz bo‘zlamaydi. Zero, bu faqat shoirning emas, balki xalqining ham dardi edi. Elparvar shoir xalq dardini abadiyatga muhrladi; uning orzu-umidlarini dildan kuyladi. Ajiniyoz she’rlarida yuksak insoniy fazilatlar, mardlik, sadoqat, go‘zallik, va’daga vafo qadrlanadi. Shu kabi adabiy didaktik mavzular bilan shoir she’riyati bevosita mumtoz Sharq adabiyoti bilan hamohanglik kasb etadi.
“Yolg‘on so‘zni ishontirib aytmagan,
To‘g‘ri yo‘ldan bosh ketsa ham qaytmagan,
Nomahramni sira yo‘ldosh etmagan,
Nomi qoraqalpoq ellarim bordir”.
To‘g‘rilik, haqqoniyat, or-nomus kabi ruhiy-ma’naviy mezonlar va xususan, o‘z eli bilan faxrlanish tuyg‘usining badiiy ifodasi Ajiniyoz she’rlariga umrboqiylik baxsh etadi.
Bahodir KARIM, professor
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



