26.07.2024 | 15:40
287
Timur Kapadze Misrga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Misrga qarshi ertangi uchrashuv oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Tayyorgarlik haqida
“Kecha Nant shahriga yetib keldik, tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Oldimizda Misrga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Eng asosiysi — hamma sogʻ-salomat, biroq bitta yoʻqotishimiz bor. Himoyachimiz Ibrohimhalil oilaviy sabablarga koʻra terma jamoa ixtiyorini tark etishga majbur boʻldi. Lekin bunga qaramasdan, reja boʻyicha mashgʻulotlarni davom ettiryapmiz va ertangi uchrashuvda gʻalaba qozonishga harakat qilamiz”.
Misr terma jamoasi haqida
“Misrga kelsak, Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri. Ular bilan oʻtgan yili Toshkentda oʻynaganmiz. Raqibimizning kuchli tomonlari va imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Shunga yarasha biz ham oʻz rejamizga koʻra tayyorgarlik koʻramiz va gʻalaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz”.
Ispaniyaga qarshi kechgan oʻyin haqida
“Birinchi uchrashuvdan keyin oʻyinimizni tahlil qilib chiqdik va oʻzimizga kerakli boʻlgan xulosalarni chiqardik. Oʻyin davomida baʼzi vaziyatlarda yaxshiroq oʻynadik, baʼzida esa kamchiliklar ham koʻzga tashlandi. Biroq, aytganimdek, xatolar ustida ishlab boryapmiz va hozirda bor eʼtiborimiz ertangi oʻyinga qaratilgan. Jamoada qolgan barcha sogʻ, muammo yoʻq. Ibrohimhalil ketganidan soʻng zaxira futbolchilarimizdan birini qaydnomaga kiritishga harakat qilyapmiz. Bu borada tashkiliy qoʻmitaga soʻrov yubordik, hozircha javobni kutmoqdamiz”.
Avvalroq Oʻzbekiston Misrga qarshi oq libosda maydonga tushishi haqida yozgandik.
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
126
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
113
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
335



