31.07.2024 | 15:25
1114
31-iyul – Habib Abdullayev tavallud topgan kun
Oʻzbek sovet geologi, OʻzSSR Fanlar Akademiyasi akademigi va prezidenti boʻlgan Habib Muhammedovich Abdullayev 1912-yil 31-iyulda Farg‘onada tug‘ilgan.

Habib Abdullayev 1935-yil Oʻrta Osiyo industriya institutining konchilik fakultetini tugatgan. Keyin Oʻzbekistondagi Langar volfram-molibden konining geologik tuzilishi, mineral tarkibi va hosil boʻlishini tadqiq qildi. 1940-yildan Oʻrta Osiyo industriya institutining foydali qazilmalar kafedrasida dotsent, soʻngra shu institutda direktor, 1942-yildan Oʻzbekiston hukumati raisining oʻrinbosari, 1944-yildan ayni vaqtda Davlat plan komissiyasi raisi sifatida faoliyat olib borgan. 1946-yil “Oʻrta Osiyoning sheelitli skarnlari geologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va bu asar 1947-yilda nashr etildi. 1947-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti etib saylangan. 1952-1955-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi texnika va geol-kimyo fanlari boʻlimining raisi, 1955-56-yillarda Oʻzbekiston hukumati raisining oʻrinbosari va 1956-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti etib saylangan.
Habib Abdullayevning hayoti va ilmiy hamda jamoatchilik faoliyati haqida bir qancha olimlar muallifligida “Esdaliklar” chiqarilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Geologiya va geofizika institutiga va Toshkent shahridagi katta koʻchalardan biriga, Akmal Ikromov tumanidagi mahallaga, 193-maktabga, Ulugʻbek shaharchasida koʻcha va boshqa obyektlarga Abdullayev nomimi berilgan. Geologiya va geofizika instituti binosiga, ToshTU geologiya-razvedka fakulteti binosiga yodgorlik taxtasi oʻrnatilgan. 1992-yil H.M.Abdullayev nomida “Oltin medal” taʼsis etilgan. Oʻsh shahridagi katta koʻchalardan biri, o‘zi tugʻilib oʻsgan Aravondagi maktab va koʻcha ham H.Abdullayev nomi bilan atalgan. Geologiya va geofizika instituti qoshida H.Abdullayev hayoti va ijodiga bagʻishlangan muzey tashkil qilingan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilib, qabri ustiga haykaltarosh Ye.V.Vuchetich muallifligida marmar byust qoʻyilgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
85
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
84
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132



