01.08.2024 | 14:39
556
O‘zbekistonda metan va propan narxi oshdi
O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida bir kub metr metan gaz narxi oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq o‘rganishlar barcha hududlarda ham metan narxi o‘zgarmaganini, ayrimlarida eski narxi, ayrimlarida esa 4250 so‘mgacha sotilayotganini ko‘rsatmoqda.

25-may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qarori qabul qilingan va 1-avgustga qadar avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m edi.
Moliya vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilmagan.
“Tadbirkorlar metan gaz narxini o‘zlari mustaqil belgilaydi”, – deya ta’kidladi vazirlik mutasaddisi. 2023-yilning sentabr oyida qabul qilingan hukumat qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida metan gaz narxi dastlab 3250 so‘m, shu yilning aprelidan 3350 va 1-iyundan boshlab esa 3750 so‘mdan oshib ketmasligi belgilangan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, propan gaz narxi 5800-6500 so‘mgacha oshgani haqida xabar berilmoqda.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
85
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
325



