Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.08.2024 | 15:45

img343

JONKUYAR JADID TARIXCHISI

XX asrning dastlabki choragida O‘zbekis­tonda zamonaviy tarixnavislik maktabining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan birin­chi o‘zbek tarix professori Bo‘lat Soliyevning faoliyati bevosita O‘zbekistondagi jadidlik rivoji bilan bog‘liqdir. Bu davrdagi tarixchi olimlar orasida uning nomi alohida o‘rin tutadi.

Bo‘lat Majidovich Soliyev 1882-yil 22-martda Astraxan shahri yaqinidagi qishloqda, savdo­gar Majid Soli o‘g‘li xonadonida tavallud topgan. ­Uning otasi mang‘it qabilasiga mansub bo‘lib, asli buxorolik bu inson Buxoro, Astraxan va Kav­kaz o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini olib borgan.

Bo‘lajak olim qishloq maktabini bitirgach, Abdurahmon Umerov madrasasida tahsil olishga muvaffaq bo‘ldi. Uning keng dunyoqarashli inson bo‘lib shakllanishida mashhur tatar ma’rifatparvari Abdurahmon Umerovning (1867–1933) roli nihoyatda ulkan. Bo‘lat Soliyev Qozon shahridagi yangi usuldagi mashhur Muhammadiya mad­rasasida tahsilni davom ettirib, uni muvaffaqiyatli tamomlaydi.

Shundan so‘ng u o‘sha paytda oliy ma’lumot beruvchi Ufa shahridagi “Oliya” yangi usuldagi madrasaga o‘qishga kiradi. Bo‘lat Soliyev ushbu madrasada mashhur islomshunos olim, ko‘plab ajoyib asarlar muallifi Ziyo Kamoliy qo‘l ostida tahsil oladi. Bu madrasalar va undagi yetakchi mudarrislar o‘z davrida musulmon sharqida eng nufuzli olimlardan edi. Bu mad­rasalarda o‘zbek, qozoq, no‘g‘ay, tatar, qirg‘iz va boshqa millat vakillari ta’lim olardi. Aynan shu dargohlarda Bo‘lat Soliyev arab, fors, turkiy, rus, nemis va fransuz tillarini puxta o‘zlashtiradi. Katta tarixchi va manbashunos bo‘lib yetishadi.

Bo‘latga “Oliya” madrasasida mudarrislik qi­lish taklif etiladi. Ammo u ota yurti – Turkistonga ketishga qaror qiladi. 1909-yilda Turkistonga kelib, o‘lkaning ko‘pgina shahar va viloyatlarida, jumladan, Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi, Jalolobod viloyati va boshqa joylarda o‘zining jadidona ma’rifiy faoliyatini boshlaydi. Toshkent va Qo‘qon maktablarida tarix, arifmetika, ona tilidan dars beradi.

1915-1916-yillarda Bo‘lat Soliyev Samar­qand­da ishlaydi. 1916-yilda uning hayotida muhim voqea sodir bo‘ladi. Shu yili olim yana bir ma’rifatparvar Hodi Fayziyning sing­lisi Fotima Fayzi­rahmonovaga uylanadi. Kelinning otasi Zarifulla o‘qimishli inson bo‘lib, Buxoro madrasa­larida tahsil olgan edi.

1917-yil Bo‘lat Soliyev Rossiya muvaqqat hukumati raisi A.F.Kerenskiy bilan uchrashib, u bilan Turkistonda xalq maorifini rivojlanti­rish haqida suhbatlashadi. Shuning o‘ziyoq ­uning Turkis­tonda maorif va madaniyatning rivoji uchun jonkuyarlik bilan qaragan ziyoli ekanini tas­diqlaydi. Suhbatda Muxtoriyat masalasi aso­siy muhokama mavzusiga aylanadi. Bo‘lat Soliyev “El bayrog‘i” gazetasining 1917-yil noyabr oyida chiqqan sonida Turkiston muxtoriyatiga murojaatnomasida: “Inson qoni bilan sug‘orilgan yer osmonga nido qilib tinchlik so‘ramoqda, holdan toygan insoniyat holsizlik bilan qilichini tushirmoqda, insoniy bema’nilik ilohiy oqillikka yo‘l bermoqda”, degan fikrlarni yozadi.

Olim 1917-1918-yillarda Turkiston muxto­riyati hukumatidagi faoliyati davomida salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, Turkiston o‘lkasida hurfikrlilik va milliy istiqlol g‘oyalari­ning har tomonlama teran anglanilishida ham boshqa jadidlar qatorida faol ishtirok etdi. Bu orada Toshkentdagi bolsheviklar hukumati vakil­lari ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. 1918-yil 19-yanvarda Toshkentda bosh­langan Tur­kiston o‘lkasi ishchi, soldat va deh­qon deputat­larining favqulodda IV syezdida Muxtoriyat keskin tanqid ostiga olindi. Ushbu syezd Turkis­ton Muxtoriyati hukumati va uning a’zolarini qonundan tashqari deb e’lon qildi. Bolsheviklar o‘z qo‘shinlariga Qo‘qonni ayovsiz g‘orat qilishga buyruq berdi.

Natijada deyarli mutlaqo himoyasiz Qo‘qon shahrida 1918-yilning 18–21-fevralida minglab begunoh insonlar halok bo‘ldi. Shu tariqa Muxtoriyat qonga botirildi. “El bayrog‘i” gazetasi o‘zining mart oyida chiqqan sonlaridan birida bolsheviklar tomonidan berilgan va’dalar mutlaqo bajarilmaganligi, Petrograd xalq komissarlari sovetining demagogik va ikkiyuzlama siyosati natijasida, ular bir tomondan barcha xalqlarning Rossiyadan ajralib chiqish huquqini e’tirof etgan holda, ellar­ning to‘liq o‘z taqdirini o‘zi belgilashi haqida gapirganligi, keyin esa o‘sha hududlarda qonli qirg‘inlar uyushtirganligi­ni fosh qilib chiqadi…

Muxtoriyat hukumati yo‘q qilingach, olim o‘zi­ning siyosiy faoliyatini yakunlab, asosiy e’tiborini ilmiy-pedagogik va Turkiston tarixini o‘rganish masalalariga bag‘ishlashga qaror qiladi. 1918-yil noyabr oyida Bo‘lat Soliyev Nazir To‘raqulov va Hodi Fayziy bilan birgalikda Qo‘qon xalq universitetini tashkil etishda ishtirok etadi. Mazkur o‘quv dargohi asosan Farg‘ona vodiysidagi o‘qituvchilarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi va Bo‘lat Soliyev uning direktori etib saylanadi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi keyinroq Farg‘ona vodiysidagi dastlabki universitetlardan biri sifatida tarixga kirdi. Ayni paytda olim noshirlik ishi­ni ham olib boradi. 1919-yilning yanvar oyidan Farg‘ona shahrida bosiladigan “Yangi sharq” va “Xalq” gazetalarining muharririyati a’zosi sifatida ham mehnat qiladi. Ayni paytda olim shu davr oralig‘ida Farg‘onada bir qancha yangi usul maktablarini tashkil etib, ularda dunyoviy fanlarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yadi. 

1919-yilning o‘rtalarida Bo‘lat Soliyev Toshkent shahriga ko‘chib o‘tib, ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettiradi. Bu yillarda Turk-tatar ta’lim institutini tashkil etish ishlarida qatnashadi va ushbu institutning dastlabki direktori etib tayinlanadi. 1921-yildan ushbu o‘quv dargohi o‘zbek erlar bilim yurti deb atala boshlanadi. Bo‘lat Majidovich ayni paytda turli kurslarda va ishchilar fakultetida dars berib, “Tong” jurnali tahririyati a’zosi, keyinroq “Inqilob” jurnalida mas’ul kotib vazifasida ishlaydi. 1920-yilga kelib olim o‘zining dastlabki jiddiy tadqiqotini e’lon qiladi. Bu paytda u Turkis­ton o‘lkasidagi ko‘zga ko‘ringan tarixchi olimlardan biri sifatida tanilib ulgurgandi. Olim arab va fors-tojik tillarida yozilgan kitoblar ustida tadqiqotlar olib boradi.

Bo‘lat Majidovich ilmiy faoliyatining muhim yo‘nalish­laridan biri – birinchi umumlashtirilgan “O‘zbekiston tarixi”ni yaratish edi. 1929-yilda ­uning “O‘zbekiston tarixi” nomli kitobi nashr etiladi. Ushbu asarni olimning 1926-yilda arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuvida yozilgan “O‘rta Osiyo tarixi (XI-XV asrlar)” kitobining mantiqiy davomi deb hisoblash mumkin. Chunki ikkala asarda ham olim birinchi navbatda O‘zbekistonning XII asrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiga e’tibor qaratadi va ikkala asarida ham jamiyatdagi o‘sha davrga xos sinfiy munosabatlar masalasiga to‘xtalishga majbur bo‘ladi. Olimning ushbu ikki tadqiqoti keyinchalik yaratilgan “O‘zbekiston tarixi” darsliklari va boshqa tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

Afsuski, sho‘rolar davlati Turkiston muxtoriyati ishida qatnashgan barcha mahalliy millat namoyandalarini asta-sekin mahv eta boshladi. Tabiiyki, Bo‘lat Soliyevdek ko‘zga ko‘ringan millatparvar jadid ham qatag‘on mashinasi qonxo‘r gumashtalarining qattol nazaridan chetda qolishi mumkin emas edi. 1937-yilda qahramonimizning millatni uyg‘o­tishga qa­ra­til­gan ilmiy-pedagogik faoliyati uning otuvga hukm etilishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri bo‘ldi.

Ubaydulla QUVVATALIYEV,

Termiz davlat universiteti qoshidagi

Qatag‘on qurbonlari muzeyi direktori


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599