25.09.2024 | 10:36
446
VODILNING JADID SHOIRI
Farg‘onada Vodiliy taxallusi bilan tanilgan ijodkorlardan biri – iste’dodli shoir Rauf Parfining ustozi Abdurahmon Vodiliy bo‘lsa, ikkinchisi – ulug‘ olim, mufaqqih, muarrix, shoir va adib Oxunjon qori Vodiliy (1872–1958, yana bir taxallusi Asiy)dir. Butun umrini ilm va ziyo tarqatishga sarf etib, 120 dan ortiq ilmiy-ma’rifiy asarlar yozib qoldirgan bu ulug‘ zot nafaqat Vodil xalqi, balki millatimiz ma’naviy xazinasining bebaho gavharlaridan biridir.

Oxunjon qori 1872-yilda Muhammad Rasul oqchi (oq gazmol do‘kondori) xonadonida tavallud topadi. Unga yaxshi niyat bilan Oxunjon deb ism qo‘yadilar. Yetti yoshga yetgandayoq xat-savodi chiqqan bolani Qur’on ta’limini olishi uchun qo‘shni Chimyon qishlog‘iga olib borib, u yerdagi maktabdor Muhammad Aminga topshiradilar. Oxunjon tez fursatda Qur’oni karimni hifz qiladi va ustoz ijozati bilan qishloqqa qaytadi.
Yozma manbalarda Oxunjon qorini “Zubdayi oliyjanob” – “Ulug‘lar afzali”, “Oftob shar’din” – “Shariat oftobi”, “Kashshof haqoyiq” – “Haqiqatlarni ochib beruvchi”, “Zu funun” – “Turli fanlar sohibi” kabi sifatlar bilan ta’riflashgan.
1943-yili markaziy hukumat ruxsati bilan Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi ochiladi. Yangi ochilgan idora ishlarini tashkil etish va yuritish uchun muftiy Abdulmajidxon eshon hazratlari Oxunjon qorini Toshkentga chaqiradi. Lekin qori o‘z uzrini aytadi. Muftiy esa hech bo‘lmasa ish boshlab berish uchun loaqal biror yil kelib turing, deb ikkinchi marta odam yuboradi. Shunda ham qori bir qancha sabablar ko‘rsatib, qabul qilmaydi.
Bu davr mobaynida u ko‘plab moʻtabar va nodir kitoblarni oqqa ko‘chirgan. Oxunjon qori Vodiliy qilqalam sohibi bo‘lib, xatlarni juda chiroyli bitgan. U xattotlikdan tashqari iste’dodli shoir bo‘lib, she’rlarida Asiy taxallusini qo‘llaydi. Bu ustozining taxallusiga muvofiq holda “mahzun” degan ma’noni anglatadi. Ba’zan tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga nisbat bergan holda Vodiliy taxallusidan foydalangan.
Hozirda mavjud bo‘lgan qo‘lyozmalarda Oxunjon qori qalamiga mansub yuzga yaqin asosan o‘sha davrda bo‘lib o‘tgan muhim voqealar: masjid va madrasalarning qurilish sanasi, Xonaqoh madrasasida uyushtirilgan turli xatmonalar va o‘sha davrda yashab o‘tgan buyuk shaxslarning vafotlariga bag‘ishlab yozilgan ma’lumotlar ma’lum.
Oxunjon qori 1958-yil 9-mart kuni 86 yoshida vafot etadi. Uning vafoti munosabati bilan Abdulaziz Gʻolib Marg‘iloniy va Muhammad Muso Bekiy tomonidan yozilgan xotira va marsiyalar saqlanib qolgan.
Oybek BARZIYEV,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 39-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



