20.08.2024 | 15:16
496
VATANINI ULUG‘LAGAN SHOIR
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining asarlari nafaqat qoraqalpoq adabiyotining, balki turkiy adabiyot va ma’naviy dunyosining sirli va suluv saroyiga aylangan edi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Chunki Ziyo‘ar taxallusiga ega shoir adabiyotni yangi uslublar bilan boyitdi. Uni shu paytda o‘zi ko‘tarilgan cho‘qqidan ham balandlikka olib chiqdi.

O‘zbekiston Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori butun umrini adabiyotga bag‘ishlagan fidoyi mumtoz adib ijodiy mehnatining yuksak e’tirofi bo‘ldi.
Shoir Ajiniyoz chin ma’noda badiiy adabiyotning rivojida ulkan burilish yasashga muvaffaq bo‘ldi. Qoraqalpoq adabiyotiga yangi janrlar, yangi mazmun va shakl olib kirdi. U asrlar davomida kengliklar falsafasi asosida rivojlanib kelayotgan qoraqalpoq adabiyotini o‘z davrining oldingi tafakkuri bilan boyitdi. Vatanni, millatni baralla kuyladi.
Shoir yurtni jonday sevdi, ona tabiatda o‘sadigan har bir giyohni ko‘ziga to‘tiyo qildi: “Yiliga uch marotaba mevalab pishgan, Nomi sutilmakdek mevalarim bordir”. Vatanning ko‘rk-u jamolini shunday ta’riflash uchun ajiniyozcha ko‘z kerak edi. U o‘z xalqi qalbidagi pokiza tuyg‘ularni, ajib fazilatlarni ko‘ra oldi:
“Yolg‘on so‘zni ishontirib aytmagan,
To‘g‘ri yo‘ldan bosh ketsa ham qaytmagan,
Nomahramni sira yo‘ldosh etmagan,
Nomi qoraqalpoq ellarim bordir”.
Mana, Vatanni boricha, ajiniyozcha qalb bilan shunday sevish kerak. Afsuski, hamma ijodkorga Vatani, xalqi haqida bunday jo‘shib kuylash baxti nasib etavermaydi.
Ajiniyoz ma’rifatparvar shoir edi. Xalqining to‘liq savodli bo‘lishi uchun maktablar yetishmayotgan bir davrda o‘z asarlari orqali ularning muallimiga aylandi. Alifbo she’rlari orqali ajoyib ko‘rkam obrazlar dunyosini yaratish bilan birga o‘quvchilariga alifbodan dars berdi.
Bir asarning o‘zida yangi janr, yangi shakl, yangi mazmunni mujassam etgan shoir ijodi kelgusi avlodlar uchun hali asrlar davomida ijod maktabi bo‘lib xizmat qilaveradi. O‘z davrining katta ilmiy markazlaridan bo‘lgan Sherg‘ozixon, Qutlug‘ Murod Inoq madrasalarida ta’lim olgan shoir o‘zining ilg‘or she’riyati orqali adabiyotimizni rivojlantirish bilan birgalikda yangi tafakkurga ega o‘qirmanlar qavmini ham tarbiyalab boraveradi.
Ajiniyoz adabiyotimizga muxammas, g‘azal, murabba, ruboiy singari yangi janr va shakllarni olib kirish bilan birga turkiy she’riyot uchun murakkab vazn – aruz vaznini ham qoraqalpoq adabiyotiga singdirish yo‘lida mehnat qildi. Shoir nafaqat qoraqalpoq xalqi uchun ma’naviyat va ma’rifat mash’aliga aylandi, balki yillar davomida qo‘shni qozoq xalqi vakillarining bir necha avlodi savodxon bo‘lishida o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Shoir o‘z davrining ko‘chmanchi universiteti, ko‘chmanchi ma’naviyat markazi vazifasini ham mahorat ila ado etdi.
Quanishboy ORAZIMBETOV,
filologiya fanlari doktori, professor
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
602
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



