19.03.2026 | 08:47
2791
NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH INSONNI ULUG‘LASHDIR!
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.

Buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Quyosh yili hisobidagi dastlabki oy to‘g‘risida so‘zlab: “Bu oyning birinchi kuni Navro‘zdir”, deydi. Navro‘z nafaqat sharqona yangi yilning boshlanishi, balki inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash kabi olijanob g‘oyalarni ifodalashi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda bu ulug‘ ayyomning ma’no-mazmuni yanada chuqurlashib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ezgu qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6-martdagi “2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori Navro‘zning milliy qadriyatlarimizdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir. Qarorga binoan, bayramning asosiy g‘oyasi “Navro‘zni ulug‘lash insonni ulug‘lashdir!” deb belgilangani bejiz emas. Bu g‘oya jamiyatimizda inson qadrini yuksaltirish, fuqarolarning farovon hayotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan mushtarak.
Qarorda bayram tadbirlarini tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ifoda etuvchi mazmunda tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa ona zaminga mehr va ehtiromni kuchaytirish, atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslarga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishdek muhim g‘oyalarni keng targ‘ib qilish imkonini beradi.
Bu yil Navro‘zning muborak Ramazon hayiti bilan hamohang tarzda nishonlanishi bayramning ma’no-mazmunini chuqurlashtirib, ma’naviy qimmatini yanada oshiradi.
Navro‘z kunlari xalqimizning betakror mehr-oqibati va bag‘rikengligi tufayli yordamga muhtoj insonlar, keksalar, nogironlar va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, ularga beg‘araz ko‘mak berish, jamiyatda o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan savob ishlar, xayriya tadbirlari va ommaviy hasharlarni amalga oshirish azaldan an’anaga aylangan. Ko‘chat ekish aksiyalari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari shahar va qishloqlarimizga o‘zgacha fayz bag‘ishlaydi.
Bayram tadbirlarida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar muhim o‘rin tutadi. Yurtimizda yashayotgan turli millat vakillarining milliy urf-odat va an’analari, boy madaniy merosining keng namoyish etilishi jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlikni yuksaltiradi. Bunday tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga beqiyos ta’sir ko‘rsatadi.
Navro‘z YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. BMT Bosh Assambleyasining 2010-yil 19-fevraldagi 64-sessiyasida 21-martni “Xalqaro Navro‘z kuni” sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shu tariqa, Navro‘z bugun bir millat yoki madaniyatning bayrami emas, butun insoniyat merosining ajralmas qismiga aylangan.
Navro‘z yaxshi qo‘shnichilik, hamkorlik, madaniyatlararo muloqotni rag‘batlantirishga xizmat qiladi, o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi. Qadimda Navro‘z bayrami kuni urushlar to‘xtatilgan, gina-kudratlar, arazlar unutilgan. Bu qutlug‘ ayyom asrlar mobaynida ezgulik timsoli, insonlar qalbida yorug‘ orzu-umidlar kurtak ochadigan fasl bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Davlatimiz rahbarining Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlashga oid qarori xalqimizning bunyodkorlik va yaratuvchanlik qudratini ulug‘laydigan, uning turmush tarzi, ma’naviyati, milliy ruhini ifoda etadigan ezgu ayyom shukuhini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Jamoliddin BADALOV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-martdagi 11-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
42
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
123
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
313



