09.09.2024 | 14:19
407
Sarvinoz BAHODIROVA: “KASBIMDAN HALOVAT TOPDIM”
Men, Sarvinoz Bahodirova – poliglot, ya’ni ko‘p til biluvchiman. Nechta deysizmi, hozircha o‘n bir tilda mukammal gaplashaman. Bunga qanday erishdim? Avvalo, oiladagi muhit sabab bo‘lgan. Uch-to‘rt yoshligimda mehmonga kelgan qarindoshlarimizning bolalariga televizordagi multfilmlarni taxminan qahramonlar harakatiga qarab “tarjima” qilib berardim. Bu mashg‘ulotimdan mamnun bo‘lgan kattalar keyinchalik bolakaylarning barchasini yonimga o‘tqazib qo‘yib, “Qani, o‘rtoq tarjimon, bo‘ri nima deyayotganini ukalaringga tushuntirib ber-chi”, deyishardi. Bunday e’tibor menga yoqar, o‘zimni kattalardek tutib, obrazga kirib, o‘zim tushunmagan tilni “o‘zbekchalashtirib” tashlardim. Lekin yolg‘iz qolgan paytimda tushunarsiz tilda gapirayotgan teleqahramonlarni anglay olmasdan jahlim chiqar, asabiylashar edim. Mana shu kechinmalar meni til o‘rganishga undagan bo‘lsa, ajabmas.
Ha, balki shuncha tilni qanday o‘rganish mumkinligi, uning texnologiyasi sizni qiziqtirayotgandir. Qisqasi, buning yo‘li juda oson. Shunchaki, o‘zim bilgan va doim duch keladigan buyum hamda yo‘llardagi dov-daraxtlar, belgilar, binolarga biror tildagi so‘zni xayolan biriktirib qo‘yardim. Zinalarning har bir pillapoyasiga o‘zimcha nom qo‘yar, ko‘nikma hosil bo‘lgandan keyin o‘sha “yozuv”larni boshqasiga almashtirardim.
Shuningdek, bir til oilasiga mansub xorijiy tillarni o‘rganish nisbatan yengil kechadi. Chunki ularning strukturasi, gap qurilishi kabi umumiy jihatlari borligi ishingizni osonlashtiradi. Bulardan ham muhimi, tinimsiz mehnat va kuchli ishtiyoq zarur. Shundagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Bugun til o‘rganaman, degan o‘quvchilar uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yigirmadan ortiq xorijiy tillarni onlayn tarzda bepul va kreativ usulda o‘rgatish uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi tashkil qilingan.
TIL BILGAN EL BILADI
Til bu – boylik. Til bilgan inson dunyoni biladi. Ulug‘ mutafakkir Abu Nasr Forobiy shunchalik ko‘p tilni bilganidan tarixiy manbalarda “Forobiy yetmishdan ortiq tilni biladi”, deb haqli e’tirof etilgan ekan. O‘z ona tili bilan birga chet tillarini bilish o‘zga xalqlar tarixi, madaniyati, turmush tarzini o‘rganishga imkon yaratadi.
Men hozirda 6 ta til yo‘nalishida o‘quvchilarimga dars berib kelyapman. Darslarim asosan onlayn tarzda bo‘ladi. Bir oyda yuz, ba’zan ikki yuzdan ortiq odamga til o‘rgataman. O‘quvchilarimning 20 foizi qirq yoshdan oshgan bo‘lsa, yana yigirma besh foizi maktab o‘quvchilaridir. Qolganlari esa talabalar va abituriyentlar.
Xorij ta’lim metodikasini uzluksiz kuzatib, o‘rganib boraman. Mening til o‘rgatish uslubim boshqalardan keskin farq qiladi: uzog‘i bilan to‘qson daqiqa ichida o‘quvchilarimga til grammatikasini tushuntirib bera olaman va bu jarayon ularda o‘rganayotgan tili haqida yaxlit tasavvur uyg‘otadi. Bu saboq ularga umumiy ma’lumot sifatida xizmat qiladi va hafta mobaynida o‘tkaziladigan chuqurlashtirilgan darslarni o‘quvchi osongina o‘zlashtira oladi. Mazkur uslubim yordamida ko‘plab o‘quvchilarim yuqori natijalarga erishib kelyapti.
TIL O‘RGANISHDA YOSHNING AHAMIYATI
Til o‘rganishda yoshning ahamiyati yo‘q, deb bilaman. Chunki yuqorida aytib o‘tganimdek, 20 foiz o‘quvchilarim 40 yoshdan oshgan insonlar va ularning qabul qilish darajasi maktab bolalariga nisbatan tezroq. Hozirda 56 yoshli o‘quvchilarim ham bor, ular katta ishtiyoq bilan til o‘rganyapti.
Dunyo tajribasida til o‘rgatishni go‘dak ona qornidaligidayoq boshlash eng maqbul yo‘l hisoblanadi. Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, homilador ayol xorijiy tilda musiqa tinglasa yoki kinolar ko‘rsa, tug‘ilajak farzandining o‘sha tilni o‘zlashtirishi oson kecharkan. Bolada chet tilga nisbatan instinkt paydo bo‘ladi.
O‘ZBEK TILIGA MUNOSABAT
Bugunning zamonaviy yoshlarida ona tilimizga bo‘lgan munosabat achinarli ahvolda. Biz o‘zbeklar jamoat joyida iloji boricha boshqa tilda gapirishni yaxshi ko‘radigan xalqmiz. Buning sababini bir so‘z bilan izohlash qiyin. Bu hozirgi yoshlarning til boyligi nochorligidan, bilimsizligidan, kitobdan uzoqlashayotganidan dalolat emasmikan?
Bir poliglot sifatida shuni aytishim mumkinki, o‘nta tilni bilamanmi, undan ham ko‘pmi, buning ahamiyati yo‘q. Avvalo, men o‘zbekman, O‘zbekistonda yashayman. Shuning uchun ham yurtimda ona tilimda gapirishim shart. Ko‘p til o‘rganishimga yana bir sabab – dunyo yangiliklarini o‘rganib, milliy madaniyatimiz va shonli tariximizdan jahon jamoatchiligini xabardor qilishdir.
KITOB YOKI SMARTFON?
Bugun virtual asrda til o‘rganish jarayoni kitob bilan emas, telefon va kompyuterlar bilan samarali bo‘lyapti. Sababi, boshqa tilni o‘rganish uchun o‘qish emas, ko‘proq gapirish va tinglash muhimdir. Bugun ijtimoiy tarmoqlar ko‘pchilik yoshlarga til o‘rganishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Hattoki, dars o‘tishda ham menga onlayn o‘qitish tizimi qulay.
Aslida til o‘rganish bizdan ma’lum vaqt talab qilmaydi. Tilni kun davomida uy yumushlarini bajarib ham o‘rganish mumkin. Bunda ko‘proq ijtimoiy tarmoqlardagi video darsliklar va kinolar yordam beradi. Bu kabi mashg‘ulotlar vaqtimizni tejaydi. Har bir daqiqadan unumli foydalanish kerak. “Bekorchilik ortidan yomonliklar keladi”, derdilar onam. Onamning o‘gitlari bilan shu darajaga keldim. O‘ylaymanki, odamzod shunchaki yashashi kerakmas, kimgadir foydasi tegishi shart.
Ba’zida mendan “Shuncha tilni bilsangiz nega aynan o‘qituvchilik kasbini tanlagansiz?”, deb so‘rashadi. Men bu ishdan halovat topdim. Qolaversa, ko‘pchilikka yordamim tegayotganidan xursandman. Men uchun muhimi shu…
Darvoqe, bolalikda o‘zim bilib-bilmay, taxminan tarjima qilgan multfilmlarimdan birini yaqinda ko‘rib, hayratga tushdim. Savqi tabiiy “dastur”i bo‘yicha qilgan tilmochligimda aytarli xatoga yo‘l qo‘ymagan ekanman.
Vasila HABIBULLAYEVA yozib oldi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



