Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.12.2024 | 14:56

img524

“SHU YURTDA TUG‘ILGANIM – MENING BAXTIM!”

“Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti – til va adabiyotidir”, deb aytgan edi mohir pedagog Abdulla Avloniy. O‘zga millat vakilasi bo‘lgan yurtdoshimiz Irina Zelenova bilan suhbatimiz davomida jadid bobomizning tilimiz haqida aytgan mazkur hikmatli so‘zlari mag‘zini chuqurroq anglaganday bo‘ldim.

– O‘zbek tili men uchun juda qadrli va aziz. Men rus oilasida voyaga yetdim. Garchi tomirimda o‘zga millat qoni oqsa-da, o‘zbek xalqini nihoyatda hurmat qilaman, – deydi Irina Zelenova. – Ayrim o‘zbek yigit-qizlarining xorijiy tilni o‘rganishga zo‘r berib, o‘z ona tilini puxta o‘zlashtirishni keyingi darajaga qo‘yishayotgani to‘g‘ri emas, deb o‘ylayman. Men bog‘chada ham o‘zbek guruhiga borganman. Mahalladagi o‘rtoqlarimning aksariyati o‘zbek farzandlari edi. O‘zaro o‘zbekcha gaplashardik. Shu tariqa bu tilga mehr qo‘yib, uni astoydil o‘rgandim. Bugun o‘g‘lim ham o‘zbek tilida ravon gapiradi. Oilamizning barcha a’zolari o‘zbekchada yaxshi muloqot qiladi.

“Dunyo bo‘ylab” telekanalida “O‘zbek tilini o‘rganamiz” loyihasini boshlagach, ko‘plab muxlislardan fikr-mulohazalar, yaxshi gaplar eshitdim. Ularning ko‘pchiligi o‘zga millat vakillari – o‘zbek tilini o‘rganishga qat’iy kirishgan xorijliklar edi. O‘ylaymanki, til bilgan inson hech qachon kam bo‘lmaydi. Maqtanishga yo‘ymang-u, o‘zim hozirda to‘rtta tilni mukammal bilaman. Ammo men uchun eng qadrlisi, yuragimga yaqini, bu – o‘zbek tili. O‘rni keldi, aytib ketay, o‘zbek adabiyoti namunalarini sevib mutolaa qilaman. O‘qigan kitoblarim ichida eng yoqqani – Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani. Shu asar asosida ishlangan badiiy filmni ham oilamiz bilan birga sevib tomosha qilamiz. Film yakunida yig‘lab ham olganimiz esimda. Yaqinda xorij sayohatidan qaytdim. Ishonasizmi, safar chog‘ida shu aziz yurtimni, go‘zal shahrim – Toshkentni juda sog‘indim. Baribir hech bir yurt O‘zbekistonga teng kela olmaydi. Shunday ozod va tinch Vatanda tug‘ilganim, bu – mening baxtim.

Darvoqe, aytishni unutibman, ayni vaqtda Renessans Qorako‘l maktabida rus tilidan dars beraman. O‘qituvchilik kasbini juda yaxshi ko‘raman.

 Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img78

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593