Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.09.2024 | 12:13

img584

VATAN KO‘NGILDADIR, KO‘NGIL VATANDA

Davlatimiz rahbari prezidentlik lavozimiga kirishgach, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ishlash va muloqot qilish masalasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berdi.

Buning huquqiy asosi sifatida 2018-yil 25-oktyabrda “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Mazkur hujjat bugun bu yo‘nalishda qo‘lga kiritilgan yutuq va muvaffaqiyatlarimiz asosi sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh­larimiz bilan muntazam muloqot olib borish, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish, Yangi O‘zbekiston islohotlarida ularning ishtirokini ta’minlash, xususan, qalbida Vatan va yurtga daxldorlik hissini kuchaytirish bo‘yicha samarali ishlar olib borildi. Vatandoshlari­miz huquq va manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishning huquqiy asoslari ishlab chiqildi.

Turli loyihalar orqali vatandoshlarimizning mamlakatimiz iqtisodiyoti, ijtimoiy soha, ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirishga, o‘zlarining tarixiy Vatani – O‘zbekistonning obro‘sini oshirish hamda uning tashqi dunyo bilan munosabatlarini mustahkamlashda munosib va sezilarli hissasini qo‘shishiga erishildi.

AQShni migrantlar yurti deb atashadi. Bugungi kunda AQShda 300 dan ortiq turli millat va elatlar istiqomat qilib keladi. Agar raqamlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2023-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra AQShda 43,7 mln. nemis millatiga mansub fuqarolar istiqomat qilsa, 37,2 mln. meksikalik, 32,9 mln. irlan­diyalik, 26,2 mln. ingliz, 16,9 mln. italyan, 9,9 mln. ­polyak, 9,5 mln. fransuz, 7,2 mln. yahudiy, 5,1 mln. xitoylik va boshqa millat vakillari yashashadi. Bugungi kunda AQShning turli shtatlarida 300 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz istiqomat qilib kelmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, turli davlatlar xorij­da yashayotgan vatandoshlari bilan doimiy aloqa­larni o‘rnatgan va ularning tajriba va ko‘nikma­laridan davlat manfaatlari yo‘lida keng foydalanib keladi.

Hurmatli Yurtboshimizning siyosiy irodalari va tashabbusi sabab xorijdagi vatandosh­lar bilan ishlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yangi tahrirda qabul qilingan qomusimizning 23-moddasidagi “…Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘ri­sida xalqaro huquq normalariga muvofiq g‘am­xo‘rlik qiladi”, deya belgilab qo‘yilgan tartib yuqoridagi fikrlari­mizning amaldagi tasdig‘idir. Shu o‘rinda, chet eldagi vatandoshlarimiz davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlardan xabardor va mamnun ekanli­gini ta’kidlash lozim.

Xabaringiz bor, 2021-yil 11-avgust kuni “Vatan­doshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Bu hujjat bilan sohada yangi ufqlar ko‘rindi. Gʻoya va tashabbuslardan amaliy ishlarga o‘tildi.

Jumladan, 25-avgustdan 8-sentyabrga qadar belgilangan dastur asosida “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan AQShda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz ishtirokida o‘ndan oshiq turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. O‘zbekiston Res­publikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ish­langan ushbu bayram tadbirlari AQShning 8 ta shtatidagi 10 ta shaharda keng miqyosda o‘tkazildi.

Dastlab, 25-avgustda Nyu-Jersi shtatining Randolf shahrida “Uzbek society of America” jamoat birlashmasida bayram tadbirlari bosh­langan bo‘lsa, dastur 8-sentyabr kuni Nyu-York shahrida “Mahalla USA” jamoat birlashmasining tadbirlari bilan yakunlandi.

Barcha tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – vatandoshlarni ona Vatanimiz atrofida birlashti­rish. “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatan­miz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazilgan tadbir­larda AQShning turli shtatlarida istiqomat qilib kelayotgan 6 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz jam bo‘lishdi.

Istiqlol bayrami BMT binosida katta tantana bilan nishonlandi. Tadbirda turli davlatlarning diplomatik korpus va AQSh siyosiy doira vakillari, senator va kongressmenlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqan notiqlar Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qam­rovli islohotlar yuzasidan to‘planganlarga atrof­licha ma’lumot berdi. Tadbir davomida turli videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, dastur doirasida Nyu-Jersi shtati­ning Randolf shahrida vatandoshlarimizdan iborat jamoalar o‘rtasida milliy palov tayyorlash tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda O‘zbekistonning turli viloyatlarining palov tayyorlashdagi o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Yosh vatandoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston – ona Vatanim” mavzusida rasmlar tanlovi va viktorinalar ham juda qizg‘in ruhda o‘tdi. Bu tadbir yosh avlod o‘rtasida milliyligimiz, o‘zligimizni asrash va keyingi avlodlarga yetkazish kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.

Bayram munosabati bilan Illinoys shtatining Chika­go shahrida ilk bor adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. O‘zbekiston xalq shoiri, filologiya fanlari doktori Iqbol Mirzo kecha mehmoni bo‘ldi. Tadbir davomida bayram tabrigi bilan birga, shoir qalamiga mansub she’rlar o‘qildi. Shuningdek, tadbir davomida “Jadid” gazetasi taqdimoti o‘tkazilib, yig‘ilgan vatandoshlarga gazetaning yangi chiqqan sonlari ulashildi.

AQShda birinchi bor Nyu-Jersining Dover shahri­da “Vatandoshlar” jamoat fondi, “Turkis­ton-Amerika assotsiatsiyasi” bilan hamkorlikda “Zakovat” intel­lektual o‘yini o‘tkazildi. Intellektual bahslarni klub prezidenti Abdurasul Abdullayev boshqarib bordi. Yettita shtatdan kelgan jamoalar kuch sinashgan o‘yinda O‘zbekiston tarixi, madaniyati, qadriyatlari bilan bog‘liq savollar ham berildi. Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan Filadelfiyaning “Yurtdosh” jamoasi Fond tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan “Mustaqillik kubogi” futbol turniri ham qiziqarli lahzalarga boy bo‘ldi. Unda 10 ta shtatdan kelgan 15 ta jamoa 3 ta guruh­larga bo‘lingan holda to‘p surishdi. Natijaga ko‘ra Ohayo shtati Sinsinnati shahridagi “Hamkor Uz” jamoasi birinchilikni egalladi.

Shuningdek, bayram tadbirlari Pensilvaniya shtati­ning Filadelfiya va Pittsburg shaharlarida, Virjiniya shtatining Viyenna shahrida, Massachusets shtatining Boston shahrida, Illinoys shtatining Chika­go shaharlarida ham keng nishonlandi. Barcha tadbirlarda vatandoshlarimiz faol ishtirok etdi. Tadbirlarda milliy taomlar tayyorlandi. Hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi hamda milliy o‘yinlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda yurtimizda ko‘zga ko‘ringan san’atkorlarning chiqishlari vatandoshlar tomonidan olqishlandi.

Ushbu tadbirlarning barchasida yurtdoshla­ri­miz ona vatanimiz – O‘zbekistonning har bir insonga bo‘lgan cheksiz mehr-u e’tiborini dildan his qilib turdi. Bundan vatandoshlarimiz juda mamnun. Sababi, ilgari bu kabi tadbirlar uyushqoqlik bilan, birlashib amalga oshirilmagani, tadbirlar bunchalik darajada tashkil etilmaganini ta’kidlashdi. Bu e’tibor tashabbuskori hurmatli davlatimiz rahbari ekanligini ular dildan his etishdi. Kelgusida ham yangi loyihalar asosida ushbu ezgu an’anani davom ettirishga kelishildi.

Fond mutasaddilarining AQShga tashrifi davomi­da to‘rtta jamoat birlashmasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mingdan ortiq badiiy adabiyotlar, ikki yuzga yaqin diniy adabiyotlar o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Bundan tashqari, Viyenna shahrida o‘zbek raqs to‘garagi hamda dutorchi qizlar guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Nyu-York shahrida o‘zbek tili o‘rgatishga ixti­soslashgan “Ziyo-art” o‘quv markazi o‘z faoliyatini yangi binoda boshladi. Markazda odobnoma va tarbiya, o‘zbek urf-odatlari, boy qadriyatlarimiz bo‘yicha darslar o‘tiladi. “Vatandoshlar” jamoat fondi o‘quv markaziga zarur adabiyot va anjomlar taqdim etdi. Umuman olganda, bu yilgi o‘tkazilgan bayram tadbirlari vatandoshlarimiz ko‘nglidan chuqur joy oldi va bir umrga ularning xotirasida muhrlanib qoldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aslida har bir inson dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin, reja-maqsadlarini tug‘ilib o‘sgan joyi bilan bog‘lashni istaydi. Shu ma’noda, oldi­mizda hali katta ishlar, ko‘plab loyihalar turibdi. Maqsadimiz davr yangilanishlariga hamohang bo‘lgan xorijda yashayotgan vatandoshlarimizni yurtimizdagi islo­hot­larga jalb etish, O‘zbekiston kelajagiga daxl­dor­lik tuyg‘usini yuksaltirish va xorijdagi barcha o‘zbekistonliklarni ona Vatan atrofida birlashtirishdan iborat.

Odiljon SATTAROV,
“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruv raisi, iqtisodiyot fanlari doktori

“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 39-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img603