Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.10.2024 | 10:55

img364

FARGʻONADA  ADABIYOT  BAYRAMI

O‘zbek adabiyotiga yirik siymolarni yetishtirib bergan Farg‘onada adabiyot bayrami bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning taniqli yozuvchi va shoirlari Qo‘qon shahrida jam bo‘lishdi. Adabiyot bayrami doirasida Jahon otin Uvaysiy, Xo‘janazar Huvaydo, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Furqat ijodi tarannum etilib, Enaxon Siddiqova, Habibullo Saidg‘ani kabi ustoz ijodkorlar xotirlandi.

Ne-ne anjumanlarga shohid bo‘lgan Qo‘qon teatr binosi adabiyotning asl muxlislari bilan gavjum. Anjumanda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov so‘zga chiqib, adabiyot xalq ma’naviyatini yuksaltiruvchi, tilini rivojlantiruvchi, millatni tar­biyalovchi qudratli vosita ekanligini, bundan keyin ham ustoz va yosh ijodkorlar qo‘llab-quvvatlanishini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Qah­ra­moni Ibrohim Gʻafurov, ­O‘z­be­­kiston Yozuvchilar uyushmasi raisi­ning birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo va boshqalar o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyanda­la­rini xotirlash, bugungi kunda qizg‘in ijodiy faoliyat yuritayotgan shoir va yozuvchilarni ardoqlash yurtimizda adabiyotga bo‘lgan e’tibor, ijodkorlarga g‘amxo‘rlik ifodasining yuksak namunasi ekanini alohida ta’kidlashdi.

– Davlatimiz rahbari “Adiblar xiyoboni” ochilishida “adabiyot xalq­­ning yuragi” deb aytgandilar. Ana shu yurak ichida Farg‘ona, Qo‘qon adabiy muhitining buyuk namoyanda­lari yotibdi, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo. – Qo‘qonda adabiyot bayrami o‘tishida ramziy ma’no bor. Bu bayram yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kamolga yetkazishda katta ahamiyatga ega.

Anjumanda ulug‘ allomalar, marhum ijodkorlar bilan birga, bugun yetuk asarlar yaratayotgan Hamid Burhonov, Nosir Zohidov, Karimabegim, Abdulatif Muhammad kabi shoir va adiblar haqida e’tirof so‘zlari aytildi.

Adabiyot bayrami Farg‘ona, Mar­g‘ilon shaharlarida davom etib, nafis majlislar nazm va navo kechalariga ulandi.

Muhammadjon OBIDOV,

(O‘zA)

“Jadid” gazetasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 42-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img76

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img131

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img323