15.10.2024 | 15:11
412
“San’at va dunyo” biyennalesi ish boshladi
Shu yilning 14-oktabr kuni poytaxtimizdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “San’at va dunyo” deb nomlangan X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi o‘z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Xalq rassomi Akmal NUR mazkur anjumanning ahamiyati haqida gapirar ekan, jumladan, shunday dedi:
- Hozirgi zamonda ro‘y berayotgan global hodisalar nafaqat axborot dunyosi, balki san’at olamida ham o‘z in’ikosiga ega. Ushbu biyennale kun tartibida ijodkorning davrga, atrofdagi hodisalarga munosabati muhim masalalardan hisoblanadi. O‘ylaymizki, bu masalalar tasviriy va amaliy san’atda yangicha yondashuv va yo‘nalishlardan biridir. O‘zbekistonda tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadlarimizdan. Ayni paytda yurtimiz ijodkorlarining ishlarini xalqaro bosqichga olib chiqish va xalqimizni jahon san’ati bilan yaqindan tanishtirish ham biyennalening asosiy g‘oyalaridan biridir.

Aytish joizki, bu yilgi biyennaleda 40 dan ortiq xorijiy mamlakatdan ellikka yaqin xorijiy va ellikdan ziyod o‘zbekistonlik rassomlar qatnashmoqda. Tadbir davomida namoyish etiladigan to‘rtta kuratorlik loyihasi, o‘n beshta installyatsiya, o‘n bitta video-art, ikkita perfomans loyihasi, ma’ruzalar va mahorat darslari san’at muxlislarida qiziqish uyg‘otadi, deb o‘ylaymiz. Ijodkorlarning loyihalari va asarlari Bahrayn, Germaniya, Xitoy, Koreya va Fransiyadan tashrif buyurgan nufuzli Hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
San’at bayrami 18-oktyabr kuni yakunlanib, Gran-pri hamda sovrinli o‘rinlar g‘oliblariga diplomlar hamda pul mukofotlari topshiriladi.
Gulchehra Umarova
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
127
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
145
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
337



