22.10.2024 | 10:26
311
Bunin qaysi harfni yoqtirmaganini bilasizmi? Ushbu harf uning qahramonlarida deyarli uchramaydi
22-oktyabr – Nobel mukofoti laureati, yozuvchi va shoir Ivan Bunin tavallud topgan kun.

Ivan Bunin yoshligida Tolstoy muxlisi boʻlgan va uning taʼlimotini oʻrgangan.
Bunin halol, tabiat qoʻynida oddiy kiyimda sogʻlom va yaxshi hayotni orzu qilardi. 1894-yil u Lev Tolstoy bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv Buninda oʻzgacha taassurot qolldirdi. Tolstoy yosh yozuvchiga sodda boʻlishni emas, doim vijdoniga koʻra ish tutishni maslahat bergan: “Oddiy hayot kechirishni istaysizmi? Bu yaxshi, shunchaki oʻzingizni majburlamang, qolipga kirib olmang, siz har qanday holatda yaxshi odam boʻlishingiz mumkin”.
Bunin sayohat qilishni yaxshi koʻrardi. U Rossiyaning janubi boʻylab sayohat qildi, koʻplab sharqiy mamlakatlar va Yevropani kezib chiqdi, Seylon va Afrikada boʻldi. Bunin oʻzining baʼzi asarlarini sayohat taassurotlari taʼsirida yaratdi. Misol uchun, u Italiyada paroxodda sayr qilganida, “San-Fransiskodan kelgan janob” qissasi gʻoyasini oʻylab topdi, Seylonga safaridan keyin esa “Birodarlar” qissasini yaratdi.
Oʻz asarlarida qishloq haqida soʻzlagan shaharlik yozuvchilar Buninni gʻazablantirardi. Yozuvchining fikricha, ularning koʻpchiligi umri davomida biror marotaba qishloqqa bormagan va nima haqida yozayotganlarini tushunmasdi.
“Bir mashhur shoir oʻz sheʼrlarida ”tariq boshoqlarini ajratayotganini“ yozgan, holbuki tabiatda bunday oʻsimlik mavjud emas. Mavjudligiga mavjud, biz bilganimizdek, oʻsimlikning doni tariq deb ataladi. Uning boshoqlari shunchalik past balandlikda oʻsadiki, harakatlanayotgan paytda ularning qoʻl bilan boʻlaklarga ajratib boʻlmaydi. Boshqa sheʼrida u bargizubning gullashidan hayratlanadi. Vaholanki, bu oʻsimlik hech qachon gullamaydi.
1918-yil Rossiyada “Yangi imloni joriy etish toʻgʻrisida”gi farmon eʼlon qilindi, unda imlo qoidalari oʻzgartirilib, rus alifbosidan bir qancha harflar chiqarib tashlandi. Bunin bu islohotni qabul qilmadi va eski imloga muvofiq yozishni davom ettirdi.
Ivan Bunin tashqi koʻrinishiga nihoyatda eʼtibor qaratardi. Yozuvchi Nina Berberova oʻz tarjimai holida Bunin Aleksandr Blokka qaraganda kelishganroq ekanligini taʼkidlagan.
Bunin «f» harfini yoqtirmasdi va undan iloji boricha kamroq foydalanishga harakat qilgan. Shu bois uning asarlaridagi qahramonlarda bu harf deyarli uchramaydi.
SSSRda inqilobdan keyin senzuraga uchragan Buninning besh jildlik asarlari 1956-yilga kelib chop etilgan. Qayta qurish davridagina muallifning taqiqlangan asarlari toʻliq nashrdan chiqqan.
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
131
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
227
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
711



