Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.12.2024 | 18:26

img656

Yuriy Nikulinning “Deyarli jiddiy” kitobidan iqtiboslar

Avtobus haydovchisi yo’l davomida “Hozir mana shu uzun devorni ortda qoldiramiz, shundan soʻng aholisining barchasi ichish va chekishni tashlagan hududni koʻrasiz”, dedi. Biz qiziqish bildirgancha, jonlanib qoldik. Avtobus derazalari tomon intildik. Devor tugadi va shaharning ulkan qabristoniga duch keldik.

* * *

Baʼzan biror yumushni ertaga qoldirasiz-u, vahimaga tushgancha oʻylanib qolasiz: axir ertaga deyarli bir necha soatdan keyin keladi-ku!

* * *

Bir kuni mashhur kinoaktyor Adolf Menyasu Nyu-Yorkning eng zoʻr tikuvchisiga shim buyurtma berdi. Tikuvchi buyurtmani bir oy davomida bir necha bor oʻlchab koʻrgandan keyingina bajardi. Shimini olib ketayotganda, Menyasu achchiqlanib dedi: “Dunyo yaralishi uchun yetti kun kerak boʻlgan, siz esa shimni oʻttiz kunda tikdingiz”. Bunga javoban tikuvchi: “Bu dunyoga bir qarang-u, mana bu shimlarga bir qarang”, dedi.

* * *

Kulgi ovozini eshitish – quvonch. Kulgiga sabab boʻlish – men uchun gʻurur.

Odamlarni kuldira olganimda doim quvonardim. Kimki samimiy kulsa, oʻz zavqi orqali boshqalarni ham junbushga keltiradi. Bunday kulgidan soʻng muhit oʻzgaradi: hayotdagi koʻpgina noxushliklar, qiyinchiliklarni unutib qoʻyamiz.

* * *

Aktyor Yevgeniy Lebedevning aytishicha, u bolalar spektakllarida koʻpincha yalmogʻiz rolini ijro etishiga toʻgʻri kelardi. Bir kuni uning olti yoshli oʻgʻli soʻrab qoldi: – Dada, nega doim yalmogʻiz rolini oʻynaysiz? Nahotki bir marta boʻlsa ham Qorqizga aylana olmasangiz?

* * *

Bir kuni “Mosfilm” kirish joyida qorovul portfelli bir odamni toʻxtatdi. “Portfelingizda nima bor?” deb soʻradi hushyor qorovul. “Ssenariy,” deb javob berdi odam. Uni xavfsizlik boshligʻi kelguncha ushlab turishdi. Keyin qoʻyib yuborishdi. “Nega uni ushlab qolding?” deya soʻradi qorovulning boshligʻi. “Kecha studiyaning umumiy yigʻilishida ssenariylar yetishmasligi haqida gapirilgan edi-ku”.

* * *

Kayfiyatingiz yaxshi boʻlsa, koʻplab ezgu ishlarni amalga oshirishingiz mumkin.

* * *

Uyda eshitgan latifalar ichida otamga hammasidan oʻttiz oltinchi latifa koʻproq yoqdi: «Mushuk sichqon ketidan quvdi, lekin sichqon iniga kirib ketdi. Shunda mushuk itga oʻxshab vovulladi. Sichqon ajablandi va nima uchun mushuk itdek vovillayotganini koʻrmoqchi boʻldi. U inidan boshini chiqargandi, shu zahoti mushuk tutib olib, yamlamay yutdi va labini yalagancha, «Hech boʻlmaganda bitta chet tilini bilish qanchalar foydali», dedi.

* * *

Bir oʻqituvchi boshqasiga shikoyat qildi:
Menga shunday ahmoq sinf tushib qoldiki, ularga teoremani tushuntirsam – tushunishmaydi. Ikkinchi marta tushuntirsam – yana tushunishmaydi. Uchinchi marta oʻrgatayotgan teoremalarimni oʻzim tushunib yetdim, ular esa baribir tushunishmayapti…

* * *

Hayot sizga nimanidir oʻrgatishini kutib oʻtirmasdan oʻzingiz oʻrganing.

* * *

Kitobni yakunlar ekanman, yoshlarga – oʻz yoʻlidan qadam bosishga shaylanayotgan barchaga murojaat qilishni istayman: oʻzingizga ishonish, intilish, izlanish, sinov qilish va xato qilishdan qoʻrqmaslik kerak. Muvaffaqiyat ortidan quvish emas, balki muntazam mehnat qilish va oʻrganish lozim.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596