Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.10.2024 | 13:43

img1367

XIZMATKOR

Avval o‘zimni tanishtirsam.

Ismim – Charos. Oilada uchinchi qizman. Opalarim erta turmushga chiqqach, ota-onam qudalardan kechirim so‘rayverib, yalinaverib, yuragi bezillab qoldi chog‘i, kelayotgan sovchilarga rad javobini bera boshladilar. Erta turmushga chiqqan opalarimning uquvsizligi turtki bo‘ldimi, meni o‘qitmoq istadilar. Avvaliga ikki yil o‘qishga kirolmadim, uchinchi urinishda talaba bo‘ldim. Ochig‘i, talabaligim ham oson bo‘lmadi. Ota-onam u maoshdan bu maoshgacha amal-taqal qilib yashaydigan ishchilar bo‘lgani bois, kontrakt pulimni o‘zim topishim kerak edi. Buning ustiga opalarimning to‘yi, sarpolari, keyinchalik beshik to‘ylar uchun olingan qarz va kreditlar oilamizni jar yoqasiga olib borib qo‘ygandi.

Otam bechora o‘z tengdoshlaridan ancha kech uylangan, yonida suyanchig‘i yo‘q edi. Ukam hali maktabda o‘qiydi.

Darsdan so‘ng ish qidirdim. Toshkentda ish ko‘p, hech kim och qolmaydi, ammo menga maoshi yaxshi ish kerak edi. Ovozim chiroyli, buning ustiga o‘qishga kiraman deb rus, ingliz tillarini yaxshi o‘rganganim uchun o‘zimga munosib ish izlay boshladim.

Yaxshigina bir firmaga operator bo‘lib ishga joylashdim. Maoshim ota-onamnikidan ko‘p edi. Ham o‘qish, ham ish, ham uy yumushlari orasida yugurib yuraverib, to‘rt yil o‘tganini ham sezmay qoldim.

Bu yillar davomida martabam ham, mao­shim ham oshdi. Birgalashib, qarzlardan ham qutuldik. Endi kaminaga kelayotgan sovchilarning soni ko‘payib qolgandi.

– Qaynonamga qul bo‘lmayman! – O‘zimga qo‘ygan birinchi talabim shu edi. – Oylik maoshimni o‘zim tasarruf etaman. Turmush o‘rtog‘im bilan alohida yashayman.

Opalarim itoatkor kelinlar bo‘lgani bois doim hayotidan norizo, yig‘lab onamga dardini aytardi, men endi bunday hayotga qarshi isyon qilayotgandim.

Yaxshigina firmada ishlaganim bois o‘zimga oro berishni ham o‘rniga qo‘yardim.

Bir kuni ishxonamizga bir yigit keldi. Ish yuzasidan rasmiy muloqotda bo‘ldim. Keyin yana keldi. Uchinchi safar kaminaga shirinliklar olib keldi. Hammasi shundan boshlandi.

U uylanmoqchi ekanligini aytdi.

– Sizni ilk ko‘rganimdayoq shu qiz meniki bo‘ladi, deganman, – dedi.

Bir-ikki kun o‘ylab javob berishimni ayt­dim. Bir haftadan keyin esa unga ochig‘ini aytdim.

– Menga uylansangiz, alohida yashaymiz. Men oilada xizmatkor bo‘lmayman.

Yigit biroz sukut qilib, keyin menga emas, men suyanib turgan baqaterakning yashnab turgan yam-yashil barglariga tikilib so‘z boshladi:

– Yolg‘iz onamdan boshqa hech kimim yo‘q. Dadam yoshligimda vafot etgach, onam meni deb qayta turmushga chiqmadilar. Endi ularni yolg‘iz tashlab ke­tish noinsoflik bo‘ladi. Ammo sizdan ham kecholmayman. Siz avval onam bilan bitta gaplashing, balki, kelishib yashab ketarsiz­lar.

Indamadim.

Yigit baribir sovchilarni jo‘natdi. Ota-­onamga ma’qul kelgani uchunmi, o‘zim ham rozilik berdim.

O‘z-o‘zimga so‘z bergandim: “Men qul bo‘lmayman!”

To‘ydan keyin bir-ikki kun yelib-yugurib xizmat qilish o‘zimga ham qiziq bo‘ldi. Mehmonlar oldiga choy olib kirish, salom qilish, yosh bolachalarga dastro‘mol tutqazish…

O‘sha kuni tongda boshimga harir parda tashlab salom qilgani chiqdim. Olis-­yaqindan kelgan mehmonlar tarqagan. Qaynonam dasturxon tuzab, deraza oldida o‘ychan o‘tirgan ekan.

Egilib salom qildim. Keyin yuzimdagi to‘rli yopinchiqni olib:

– Assalomu alaykum, – dedim. Ayol to‘lisha boshlagan, yuzlari oppoq, hali yoshlik tarovatini yo‘qotmagan edi. Tabassum bilan alik oldi.

– Keling, bolam, – dedi bag‘riga bosib. Quchog‘i issiq, yoqimli edi.

Choy quydim, chin yurakdan. Ta’zim ­bilan uzatdim, chin yurakdan. Keyin birga kechki taom tayyorladik. Yordam berdim, chin yurakdan. Bir oyda yangi oilamni shunchalik yaxshi ko‘rib qoldimki…

Oylik maoshimni olgan kunim uni qay­nonamga berdim. Chin yurakdan. Olib, duo qildilar, keyin o‘zimga qaytarib berdilar.

– O‘zingiz istagan narsangizni oling. Bu – sizning pulingiz.

Men asta-sekin shu oilaga muhabbat qo‘ydim. Ochig‘i, o‘z oilamdan qulay edi yangi oilam. Ota uyimda kunda-kunora ko‘z yoshini oqizib keladigan opalarim va jiyanlarimdan ortgan pullarni o‘zimga ishlatardim, shu bilan birga uydagi hamma yumush mening gardanimda edi.

Bu yerda qaynonam tengma-teng yordam berardi. Opalarim aytgan xizmatkorlik yo‘q edi.

Choy damlasam, o‘zim ham ichaman, hovli-joylarni supursam, shu joyda o‘zim ham yashayman. Birin-ketin farzandlarim dunyoga keldi.

Qaynonam yonimda turdilar. Hali nov­vot choy ichirgan, belimni silagan…

Birinchi farzandimni dunyoga keltirgan kunim, chaqaloqni ilk bor qo‘limga olar ekan­man, hamshira bir gap aytib qoldi.

– Onangiz ertalabgacha deraza tagida yurib chiqdi. – Keyin tashqariga qarab ovozini balandlatdi. – Voy, ana, haliyam ketmabdilar!

Bu onam emas, qaynonam edi!

O‘sha kuni xushxabarni eshitgan qay­nonam uyga borib atala qilib keldi.

Ketma-ket tug‘ilgan farzandlarimni mehr bilan parvarish qildilar.

Bolalarim katta bo‘lib qoldi. Ota-onam­ni ko‘rgani borsam ham, o‘z uyimga – oyijonimning oldiga oshiqaman.

Keyingi paytlarda turmush o‘rtog‘im o‘zgarib qoldi. Yuragim nimanidir sezib, qaynonamga yorildim.

Tongda shoshib ishga ketayotgan o‘g‘lini to‘xtatgan qaynonam birinchi marta ovozini baland ko‘tarib dedi:

– Bolam, men bir narsalarni sezib yuribman. Agar kelinimga xiyonat qilsang yoki yana bitta oila qurmoqchi bo‘lib harakatda yurgan bo‘lsang, ikki qulog‘ing bilan eshitib ol, kechirmayman, seni oq qilaman!

Qo‘rqib ketdim. Turmush o‘rtog‘im ham qaltirab ketdi. Ketayotgan joyidan qaytib, onasini quchib oldi.

– Men tushundim, oyi, faqat gapingizni qaytarib oling.

Hammasi iziga tushib ketdi.

To‘rtta bolamni qaynonamning yordami bilan katta qildim. Bolalarim kasal bo‘lsa, qo‘shilib yugurdilar, yutug‘idan mendan ko‘p quvondilar.

Mana, o‘zim kelin olish arafasidaman. Endi o‘ylab ko‘rsam, men emas, aslida, qaynonam xizmatkor bo‘libdi.

Bugungi to‘kin, farovon, tinch hayotim ularning sog‘ligi, yoshligi, mehnati evaziga bino bo‘libdi.

Yana yozardim-u, oyijonim chaqiryaptilar.

– Charosxon, yuring bolam, o‘rtog‘imning nevarasiga sovchilikka borib kelamiz!

Xudo hammamizga insof bersin!

Feruza SOLIXO‘JAYEVA

“Jadid” gazetasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 43-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600