Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.10.2024 | 16:58

img2047

O‘tkir Hoshimovning «Shamol esaveradi» qissasidan iqtiboslar

Sezganmisiz… erta bahor paytlari, so‘nggi qorlar erib bitgach, yer yuzida qadimiy, sokin jonlanish boshlanadi. Ko‘pchib yotgan dalalar uzra dilni orziqtiruvchi allanechuk qadrdon bir is – tuproq hidi parvoz etadi.

Bahor joy tanlamas ekan… Qishloq chekkasidagi mozorda ham ko‘klam chechaklari qulf urdi. Mungli do‘ppaygan qabrlar ustida bag‘riqon qizg‘aldoqlar bosh egdi.

U shuncha yillardan beri go‘dak kabi ayasining panohida uxlab yotgan ekan. O‘tgan hayotining hammasi tush ekan. Shirin tush ekan! Shuning uchun ayasining kun sayin so‘lib borayotganini sezmay qolibdi. Mana bugun birdan uyg‘onib ketdi. Uyg‘ondi-yu, suyangan tog‘ini yo‘qotib qo‘ydi. Endi uni topolmaydi, hech qachon topolmaydi!

Bola jindek betob bo‘lsa, ona sho‘rlik vahimaga tushib qoladi: xuddi bolasi hoziroq o‘lib qolayotgandek. Ona kasal bodganda esa bola vahima qilmaydi: xuddi onasini bog‘lab bergandek.

Muhabbat ajib narsa ekan! Atrofingizda nur kabi pirpirab, charx urayotganini anchagacha sezmay yurasiz. Keyin birdaniga qalbingizning tub-tubiga joylashib oladi-yu, o‘zingiz uning parvonasiga aylanib qolasiz. Sevgi yurakka bilintirmay kirib oladi, deganlari shu bo‘lsa kerak…

Ba’zilar Toshkentni „tosh shahar“ deyishadi, Bo‘lmagan gap! Dunyoda Toshkentdek bag‘rikeng shahar yo‘q! Hammani bag‘riga oladi, hamma sig‘ib ketaveradi!

Hayot goho topishmoqqa o’xshab qoladi. Tez orada taqdiringiz hal bo‘lishini bilasiz-u, ammo nima bo‘lishini, qanday bo‘lishini topolmaysiz.

Eng muhimi, halol bo‘l! Halol odam hayotda qoqilishi mumkin. Ammo uncha-munchaga yiqilmaydi.

Nur bor joyda soya ham bo‘larkan. Nur bilan soya yonma-yon yurarkan.

Yoshlik bahorga, birinchi muhabbat esa bahor yomg‘iriga o‘xshaydi. Qachon yog‘ishi, qanday yog‘ishini hech kim bilmaydi.

Sen aldamasang, boshqalar seni aldaydi. Qiz bola degani guldek gap. Sen hidlamasang, boshqasi hidlaydi, sen uzmasang, boshqasi uzadi…

Odam qancha och qolsa, shuncha yaxshi ishlaydi, dutorning ham qornini teshishmasa jaranglamasdi.

Siz, azizim, „hozirgi avlod“, „urush“, „front“ degan gaplarni ko‘p pisanda qilyapsiz! Urush ko‘rmagani uchun hozirgi avlod aybdor emas! Qo‘ying, ko‘rmasin ham. Siz bilan men kim uchun jang qildik? Маnа shu avlod uchunmi, axir!

Odam ba’zida bir bor noto‘g‘ri bosgan qadami uchun umrbod javob beradi.

O‘ziga to‘g‘ri odam boshqalardan cho‘chimaydi. Hammaga ishongin-u, ammo kim seni alday boshlasa, unaqalardan uzoqroq yur.

Muallif izohi: Asarga 1966-yil 26-aprel, tong soat 3 dan 30 daqiqa o‘tganda nuqta qo‘yilgan, Ikki soatdan so‘ng Toshkent zilzilasi ro‘y bergan.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605