31.10.2024 | 12:21
6105
Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanidan iqtiboslar
«Kecha va kunduz» romanining faqat «Kecha» qismi mavjud. Olimlarning taxminicha, Cho‘lpon «Kunduz» qismini ham rejalashtirgan yoki yozgan bo‘lishi ham mumkin. Asarda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga xotinbozlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z intiqosini topgan. Bu kabi sifatlar va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi.

Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillami qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi… Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalarda, ozod bo‘lgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlaming uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina boshladi. Birinchi ko‘ringan ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur ekilib, ko‘p qoshlami qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi… Muloyim qoshlarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang-ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada… ko‘klam nash’asi bilan sho‘xlik qiladi. Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda?
Razzoq so‘fida unday quvvat ortig‘i bilan bor. Bu odam, jadidnamo bir hamshahrining deganidek, «ko‘rgazmaga qo‘yilaturgan antiqa maxluqlardan edi».
Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo‘lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog‘ingizni ochsangiz-chi! Yorug‘ dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining!
Til bilan birovning aybini aytish oson, o‘z tili bilan o‘z aybini aytadiganlar juda kam.
O‘zbek-da, axir, har bir erkak o‘z xotinini – o‘z halol juftini qizi yo o‘g‘lining nomi bilan atab chaqiradi. O‘z xotinining ismini aytib chaqirish yaramaydi. Xotinining ismi Maryam, qizining ismi Xadicha bo‘lsa, mo‘min-musulmon: – sharmu-hayo yuzasidan bo‘lsamikan? – xotinini «Xadicha» deb chaqiradi. Aksar ona-bola baravar «labbay!» deydi; shunday-da, oilaning haqiqiy egasi bo‘lgan ota: «Kattangni aytaman, kattangni!» deydi. Hatto shunda ham «Maryamni», demaydi…

So‘fi, o‘zingiz «vatan», «vatan» deysiz-u, vataningizni bilmaysiz.
Mening ko‘nglim timtalanib-timtalanib, ado bo‘lgan, aylanay… Ko‘nglimdagi olovning quruq kuli qolgan, xolos. Endi xudoning taqdiri bilan, mening kunlarim sizning boshingizga tushibdi. Insof qilganda, aylanay, bu kunni xudo hech bir bandasining boshiga keltirmasin.
Buningiz amaldor bo‘lgandan keyin aynidi. Mingboshilik yomon hovliqtirdi. O‘z qishlog‘ini tashlab, bu yerga ko‘chdi. Bu katta hovlini sotib oldi. Mana bu katta imoratlami soldirdi. Bog‘-rog‘ qildi, yer-suv ko‘paytirdi. Ko‘ngli boshqa savdolarga, o‘zga ko‘ylarga tushdi… Bola ham ko‘ziga ko‘rinmadi, xotin ham. Yoniga «haybarakallachilar» kirishdi.
Uyog‘ini so‘rasangiz, bu ayol toifasining ko‘pi ota-onaning zo‘ri bilan erga tegadi.

Akbarali mingboshining belida kumush kamari, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bo‘lmasa, hech kim uni amaldor demaydi. Oddiy kiyimda ko‘rganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qo‘ychi, yo bo‘lmasa, yaylov tomon bilan ish ko‘radigan tuyachi, deb o‘ylaydilar.
Odamlarga ishonma, dedim-ku. Bu odamlar tegirmonchi Shamsidinni ham yaxshi qo‘shiqchi, deb yer-ko‘kka sig‘dirmay maqtaydilar. Ovozini eshitgandirsan? Eshak hangrasa, undan a’lo…
Dunyoda oson ish bormi? Puling bo‘lsa, davlating bo‘lsa, og‘zing bilan gapirib topsang… qani edi… Bu davlatni xudovandi karim hammaga bermas ekan! Berganga berar ekan!
Pul degan narsa topilib ketadi, obro‘ topilmaydi, obro‘!
Mastning ko‘ziga mushuk – fil, fil – mushuk bo‘lib ko‘rinadi… Kampirni – pari qiz qilib ko‘rsatadigan tilsimli oyna ichkilikdan boshqa narsa emas!
Xotin kishining ko‘nglini xudodan boshqa hech kim bilmaydi.
Millat bolalarining baxti haqiqiy, madaniy onalar qo‘lida bo‘lmasa, bizning oqibatimiz yomon!
Bizning baxtsizligimiz – nodonligimizda, xolos. Millat uyg‘onsin, ko‘zini ochsin, o‘qisin, bilim olsin, madaniy millatlar qatoriga kirsin, so‘ngra u ham o‘z davlati, o‘z baxti, o‘z saodatini quradi.

Ibtidoiy tarbiyani rus maktablaridan boshlab bo‘lmaydi, uni milliy maktablarda berish kerak. Ilgari milliy hissini o‘stirib, o‘z millatini tanigandan keyin rus maktabiga berish kerakki, hunarga, ixtisosga tegishli ilmlarni o‘qisin.
Bizning butun fojiamiz shundaki, do‘stimiz bilan dushmanimizni ajrata olmaymiz.
Kechasi tashqariga bir qarich qor tushdi. Derazalaming oynaklari panjara gulchin singan g‘alati-g‘alati naqshlar bilan bezandilar. Jips yopilmaydigan eshiklaming ikki qanoti orasidan sovuq qoming zaharli izg‘irini kirib, uylarning tokchalarini aylanmoqqa, uning sovuq «huv-huv»lari shift oralaridan eshitilmoqqa boshladi. Qaldirg‘ochning tashlandiq uyasidan chigirtkaniki singari ingichka hushtak ovozi chiqardi: izg‘irin berkinib olib, sho‘xlik qilayotganga o‘xshaydi!
Podsholik hamma vaqt yurtning obro‘ylik odamlarini himoya qiladi.

Zebi, Zebi, Zebona,
Men ko‘yingda devona.
Seni sotdi o‘z otang,
Men bo‘layin sadag‘ang!
Zahar qilib oshingni,
Pirim yedi boshingni!
Zebi, Zebi, Zebonam!
Qayda qolding, dilbarim?
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



