Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.10.2024 | 13:05

img7192

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan iqtiboslar

Roman XIX asr voqealarini oʻz ichiga olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqealar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi “Oʻtkan kunlar”da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar mavjud.

Manimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo‘qdir.

Muhabbat degan narsa juda oz kishilarga nasib bo‘ladirg‘an bir durri bebahodir. 

Ul birinchi so‘roqdayoq – “uchib, qo‘nib qabul qilamiz” deb javob bermakchi bo‘lsa ham biroq xalqning – “o‘lib turg‘an ekan” deb qiladigan ta’nasidan cho‘chib, javob bermaydir. Yana bir qayta yuqoridagi “siz kim falonchi…” jumlasi domla tarafidan takrorlanadir. Kuyavlarga uchunchi so‘roqda javob berish odat hukmida bo‘lsa ham, Otabek bu takallufka chidalmaydir. Go‘yo uchinchi so‘roq o‘rnig‘a “Endi olmas ekansiz Kumushbibini…” deb majlis buziladirg‘andek seziladir-da, hamma tovshini qo‘yib, barchag‘a eshitdirib “Qabul qildik!” deb yuboradir. 

Otabek Marg‘ilon kelganning ikkinchi kuni poyafzal bozorida bo‘lg‘an edi. Asr namozning vaqti o‘tib borg‘anliqdan ul shundagi do‘kondorlarning birisidan tahorat olish uchun suv so‘radi. Ko‘chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. Do‘kondor unga suvning qulay o‘rnini ko‘rsatdi: «Mana shu burchakdagi darbozadan ichkariga kirsangiz, ariqning yuza joyini topib tahorat olursiz», dedi. Otabek do‘kondorning ko‘rsatishicha qutidorning tashqarisig‘a kirdi. Shu vaqt tasodufan nima yumish bilandir mehmonxonadan chiqib kelguchi farishtaga ko‘zi tushdi. Kumush ham ariq yoqasig‘a kelib to‘xtag‘an chingilin yigitka beixtiyor qarab qoldi. Ixtiyoriy emas, g‘ayri ixtiyoriy ikkisi ham bir-birisidan bir muncha vaqt ko‘z ololmadilar. Oxirda Kumush nimadandir cho‘chig‘andek bo‘ldi, yengilgina bir harakat bilan o‘zini ichkari yo‘lak tomong‘a burdi. Bu burilishdan uning orqa-o‘ngini tutib yotqan qirq kokillari to‘lqinlandilar. Kumush ichkariga qarab chopar ekan, yo‘l ustidan ariq-bo‘yida qotib turg‘an yigitka yana bir qarab qo‘ydi va bu qarashda unga yengilgina bir tabassum ham hadya qildi… Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa yerga mixlangandek qotib turdi… Oxirda ko‘zini katta ochib o‘tkan daqiqada uchrashkani xayoliy go‘zalni istab xayol-landi. Biroq haqiqat boshqacha edi. Tahorat olmoq uchun ariq bo‘yig‘a o‘lturdi. Ammo ko‘zi xayol yashi-ring‘an yo‘lakda edi. Tahoratlanib bo‘ldi, yana ko‘zini o‘sha tarafdan uzolmadi. Artinib olg‘andan keyin yana oyog‘ ustida to‘xtab qoldi. Yashiring‘an go‘zal ikkinchi qayta ko‘rinmadi, ehtimolki, Otabekni ipsiz bog‘lab, o‘zi qaysi burchakdan bo‘lsa ham asirini tamosha qilar edi. 

“Kishining xotinini taloqsiz chiqarib ol-da, bu kun erga ber”, dedi va telbalarcha nima uchundir kulib qo‘ydi, o‘z-o‘ziga so‘zlanib Marg‘ilon ko‘chalarida tentaklarcha yugura boshladi. Uning bu kungi holig‘a qarash yuraklarni yorg‘anidek tasvirga ham qalam kuchi ojizdir…

Bu ikki darboza orasida ikki xil holat hukm suradir – qo‘rg‘on ostlarida jahannam dahshati bilan yalang‘och, boshi tanidan olinib qora qonig‘a belangan odam gavdalari yotib, qo‘rg‘on ustida ikkinchi kishilar dunyo shodlig‘i ichida suzadirlar. Qo‘rg‘on ustidagi qahramonlardan bittasi kula-kula bir sarkardani otib o‘ldirganligini so‘zlab: “Padar la’natini o‘zim xo‘bam otdim-da, otning ustidan uch gaz ko‘tarilib yiqildi!” deydir. Tag‘in bittasi o‘liklar ichidan kimnidir ko‘rsatib: “Ana, ana, hov ana! O‘sha qipchoqqa o‘q tegib o‘lib o‘lalmay, yurib yuralmay ingrab yotqan ekan. Qilichim bilan boshini shartta kesib, belidagi oltin kamari va ustidagi kimxob po‘stunini olib chiqdim!” deydir. Har kim bu kungi urushdagi o‘zining erliklari bilan, qo‘lg‘a tushirgan oltin kamari, yoqut ko‘zlik uzugi, sovsar po‘stuni, kumush qinli qilichi va boshqa o‘ljalari bilan maxtanadir.

Kamolon va Samarqand darbozalarining o‘rta bir yeri bo‘lg‘an qo‘rg‘on ostida kimxob to‘n kiyib, simobi salla o‘rag‘an, beliga kumush bog‘lab, qilich taqing‘an bir bek oldidagi bir uyum narsaga ishorat qilib yonidagi bir yigit-ka nimanidir uqdirmoqda edi. Biz yana elli-oltmish adim yurib haligi so‘zlashib turg‘an beklar yaqinig‘a borsaq, qo‘rg‘on tashqarisida ko‘rgan dahshatlarimizni o‘zining ko‘lagasida qoldiraturgan yana bir “dahshatlar tepasi”ga ko‘zimiz tushadir-da, qo‘rquvimizdan soatlab hushimizni yo‘qotib qo‘yishga majbur bo‘lamiz. Uch-to‘rt yuz inson boshidan turg‘uzilg‘an bir tepa. Qarichg‘a keladirgan uzun soqollar, boshdag‘i xun olud siyrak sochlar, bo‘zarg‘an yuzlar, qong‘a belanib, yarim ochiq holda qorachiq o‘rnini qo‘rqunch bir oqliq bosqan ko‘zlar dunyoga va shu hayotka la’nat uqug‘andek qaraydirlar. Ayniqsa bir bosh, ehtimolki, hali yigirma yilni ham o‘tmagandir, murti ham chiqmag‘an. Xun olud quyuq qoshlari ostidagi yarim ochiq ko‘zlari kimnidir izlagandek qaraydir… Yarim ochiq irinlari ichidagi oq tishlari bilan tilini g‘archcha tishlagan-da, go‘yo shu turmushda, shu besar xalq ichida tug‘ilg‘ani uchun “attang” o‘quydir.

Bobolar: “Dunyoniki miri kam ikki” deganlar, to‘g‘risi ham shundog‘: o‘zingni yuz yoqg‘a ursang ham tiriklikning yana bir boshqa yamog‘i chiqib turadir…

Andi… andi… o‘zi xitoymi, nima balo… o‘zi qalmoqdan tarqag‘an bo‘ladir… Tushunmagan bo‘lsang, lo‘lilarning bir toyifasi…

Hov ana bir qaldirg‘och, to‘g‘rig‘a qarab o‘qdek otilib boradir, uchkan yo‘lida vijirvijir sayrab ham qo‘yadir. Qaldirg‘ochning qayg‘usi yo‘q, suyganining oldig‘a tezroq yetish uchun shoshadirg‘andir: sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodlig‘i uchundir… Baxtlik qaldirg‘och: olg‘an sovg‘asi ham qo‘rqunch emasdir, ota-onasining ham orzu-havaslari yo‘qdir. Ularning turmush qonunlari juda yengil, ikav-ikav, suygan-suyganni  oladirlar-da tog‘larda, yerlarda, ko‘klarda uchib yuruyberadirlar.

O‘rindan turib choy berish odamzodning ziynatidir, kelinlarning bor-yo‘g‘i kelinligi ham shunda-ku!

Muhabbat degan narsa husnga qaramaydir.

Muhabbat baxtlik kishilar uchun yaxshidir, lekin o‘z tajribamcha, baxtsiz kishi uchun badbaxtlikdir.

Vaqt yarim kechadan ham og‘qan, kunduz kunidan beri ichishib charchag‘an xo‘randalar baqirishib-chaqirishib tarqalishqan edilar. Bo‘zaxona tinchigan edi. Qo‘lmaqo‘l yurib charchag‘an mashshoq ham bo‘shab, Otabekdan katta-katta ehsonlar ko‘rgani uchun, vaqtning kechligiga ham e’tibor qilmay kirgan edi. Mashshoq Otabekning sarxush qo‘lidan bir piyola bo‘zani ichkach, dutorini chertib so‘radi:  – Qanday kuyni chalay, bek aka?  Otabek sarxush tovush bilan jiddiygina qilib javob berdi: – Bilsangiz, haydalish kuyini chalingiz, ajralish kuyini chalingiz! Mashshoq ajabsing‘an edi: – Dunyoda bunday kuylar borlig‘ini umrimda birinchi martaba eshitaman, bek aka! – Dunyoda bunday kuy yo‘q deb o‘ylaysizmi, siz eshitmagan bo‘lsangiz maning eshitkanim bor… Bilmasangiz, bilgan kuyingizni chalingiz!  Mashshoq dutorini sozlar ekan, yana so‘radi: – Bu kuylar yangi chiqg‘anmi? – Yangi chiqg‘an. – Qayerda eshitdingiz? Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, mashshoqqa qaradi: – Bu kuylarni Farg‘onaning Marg‘ilonida eshitdim… — dedi.

Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor,  
Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor.  
Qay qaroqchi oldi yorimning yo‘lin,  
Mundagi baxtsiz yigit yo‘l uzra zor…

Maqsadlari juda ochiq, bittasi mingboshi bo‘lmoqchi, ikkinchisi Normuhammad o‘rnig‘a minmakchi, uchinchisi yana bir shaharni o‘ziga qaram qilmoqchi.

Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi.

Men biz xalqning odam bo‘lishimizdan tamom umidimni kesib qo‘ydim… Esimni tanig‘animdan beri amal demay, mansab demay faqat shu musulmonlar manfaatini ko‘zlab kelib, oyog‘ida o‘zini qushbegi, mingboshi olg‘an uch-to‘rtta manfaatparastlardan go‘yo yosh bola kabi aldandim…

Inson uchun dunyoda o‘lumdan qo‘rqunch narsa yo‘q.

Shu kungacha bo‘lmag‘anlarg‘a bo‘lishmoqchi bo‘lib umrimning nihoyatiga yetib qoldim. Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngil shu manfaatparastlar ta’sirida qoraydi. Yoshim oltmish beshka yetib bir vaqt bo‘lsin ibodatimni janobi haqqa bevosita yo‘naltirg‘animni va ko‘ngil ko‘zim ochilib qilg‘an sajdamni xotirlay olmayman.

– Siz… qochqoqsiz, – dedi.  – Siz…  – Men?  – Siz quvloqsiz.  – Ajab qilaman, – dedi Kumush va shapalog‘i bilan erining yuziga sekingina urib qo‘ydi.  – Bu yoqqa ham… – U yoqqa Zaynab ursin. – Zaynabning… urishka haqqi yo‘q.

Kishi oynaga boqqanda nechog‘liq aybsiz bo‘lsa ham o‘zini bir kamchiligi orqaliq ko‘radir.

Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,
Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.
Hayotim lolazoridin ayurding,
Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img117

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img628

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img622