Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.11.2024 | 11:37

img2518

Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor” romanidan iqtiboslar

Asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat “sir”laridan soʻzlaydi. Mutolaa davomida qahramonning umr yoʻli, faoliyati bilan tanishasiz. Bu yoʻlning dastlabki qadamidan to soʻnggiga qadar oʻquvchi asosiy obrazlardan biri – Yaxshiboyevga hamroh boʻladi. Yana biri – Oshno bilan doʻst tutinadi. Lekin birda hamfikr boʻlsa, birda ularga qarshi chiqadi. Qarshi chiqish bilan esa tabiiyki, oʻquvchi vaziyatni oʻzgartirmaydi, aksincha, Oshnoning oshnosiga, Yaxshiboyevning shogirdiga, hatto Qurbonoyning fojiasiga aylanadi. Boshqa yoʻl yoʻq – istamagan holda oʻquvchi oʻzining sobit qarashidan voz kechadi! Yana bir ahamiyatli jihati, mutolaa jarayonida asar qahramonlarining ismi shunchaki tanlanmaganiga guvoh boʻlasiz. Hatto Yaxshiboyev oʻz shogirdlariga murojaat qilar ekan, ularning familiyasini ism oʻrnida ishlatishi bejiz emasligiga amin boʻlasiz. Boshqaruvchi inson, kim boʻlishidan qatʼi nazar, hokimiyat tepasiga kelar ekan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi. Borgan joyini bogʻ qiladimi, gulzor qiladimi, lolazor qiladimi yoki umuman hech narsa – bunisi endi boshqa masala. Asar soʻngida kitobxon chuqur mulohazaga choʻmadi, bir soʻz bilan aytganda, mutolaadan kim nimani izlasa, shuni topadi.

Osmon mezonlardan yiltirar edi.

Ey sen mirzaquruq, ko‘rib qo‘y, maza-bemaza gaplaringni menga nisbat berib kerilmoqni yig‘ishtir, xohlasam sendaqalarning mingtasidan behroq yozishim mumkin, lekin – nachora, vaqt yo‘q, burchu vazifalar zalvari yelkamdan bosgan, sen buni tushunmaysan, hech qachon tushunmagansan, tushunmasdan o‘tib ketasan, negaki, sening manglayingga faqat mardikorlik yozilgan.

..go‘ring nurga to‘lgur Sharifdan tuzukroq latifa qolgani ham yo‘q. Bittasi borki, urushdan sal avval Germaniya haqida maqola yozgan, darvoqe, unda Germaniya emasdi, Olmoniya edi, xullas, do‘stimiz maqolani yozgan, maqola gazetda sonma-son chiqa boshlagan, lekin shu orada o‘rtoq Molotov bilan anavi ablah Ribbentrop deganlari uchrashganu go‘ring nurga to‘lgur Sharif gazet muharririga telefon qilgan: shu maqolani to‘xtatib tursak tuzuk. Nega, deb ajablangan bechora muharrir, chiqaversin-da? Yo‘q, degan go‘ring nurga to‘lgur do‘stimiz Sharif, sal to‘xtatib turaylik, ayni paytda chiqsa, ikki davlatning o‘zaro munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin…

Har qanday e’tirofdan sukut yaxshiroq, negaki, e’tirof degani albatta izoh talab etadi, sukut esa – cho‘ngroq, ma’noliroq, kamtarinroq.

Xotin zotining bema’ni yumushlari ko‘pki, ular ayni yumushlarni azbaroyi ixlos yoki ehtiyoj tufayli emas, balki erkaklarning landovurliklarini ta’kidlash uchungina bajaradilar.

Naql borki, dushmani yo‘q kimsa odam hisobiga o‘tmas ekan.

Inson, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, hokimiyat tepasiga kelar ekan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi… 

Aytishlaricha, Xudoyam Odam Atoni to‘kisroq yaratolmaganidan armonda ekan.

Kasbingiz neligini esdan chiqardingizmi, Saidqul? Axir, bir umr yolg‘on-yashiqni to‘qib-bichib yashayapmiz-ku!

Qorni to‘q odam qachon ashulani yaxshi aytgan?

Oy bilan oftobning ko‘zi o‘ng bo‘lsa, yulduz pishirib yermidi!

Eng gashtli va eng zeriktirmaydigan sayr – yoshlikka sayr.

Aslida, butun umrimiz ayni soddagina istakka bo‘ysundirilganki, hamma odamlar, hatto eng kazzoblar ham mendan yaxshi ot qolsa, deya orzu qiladi.

Xotira deganlari aslida g‘iybatning bir turi, kimsa yo‘qki, birovlarning ikir-chikirlariga qiziqmasa.

Odamning ko‘ziga tik qarab turib yolg‘on aytish mumkin, lekin ko‘zga tik qarab turib tunashning iloji yo‘q.

Hazrat Navoiy ham go‘zal xotinlarni naq Azroilga o‘xshatgan, muhabbat domiga ilintirib, keyin jonginangni sug‘urib oladi, deb aytgan.

Agar odamlar bir-birining dilini tugal bilsa bormi, er xotinni, xotin erni, ma’shuqa ma’shuqni, ma’shuq ma’shuqani… bo‘g‘ib o‘ldirardi!

Xalqning dilini tarjima qilib bo‘lmaydi!

O‘zbek kinosi, o‘z­bek kinosi, deb jar solishadi, xo‘sh, qani, borib ko‘rishsin-chi, o‘sha o‘zbek kinosida o‘zbekchani biladigan beshta odam topilarmikan!..

Har bir davrning o‘z odamlari, o‘z latifalari bo‘ladi.

Lekin Oshno o‘l­guday odobli odam, odobliki, jigaringni ezadi!..

Xesh-aqrabosiz yashash qiyin, xesh axtarib kelib, uning bir hovuch xok bo‘lib yotganini ko‘rsang – undan ham qiyinroq!

Odamning xotirasi o‘zidan ham azizroq.

Odam qanchalar mashhur bo‘lsa, g‘animlari ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Kimki o‘likning ustiga og‘irroq tosh bostirsa, o‘shaning obro‘si ham salmoqliroq bo‘ladi.

Yolg‘on rostga nisbatan ildamroq bo‘lsa ne qilay?

Odam o‘zi mensimagan kimsalarga sirlarini ko‘proq aytadi.

Jamiyat juda ulkan mashina, oqsoqol, shunday ulkanki, uning ikki yuz ellik millionta murvati bor, bitta murvati ishlamasa yoki qing‘irliq qilsa, bas, butun mashinaning harakatiga putur yetadi.

Odamzod degani Odam Ato zamonidan beri gapiradi-ku? Jag‘i tinganini hech bir eshitganmisan?

Mardlik – yaxshi narsa, ayniqsa – taniqli odamlarning mardligi.

Xaridor degani olayotgan molining fe’lini tuzuk-quruq bilib olgani ma’qul, toki uning qisir-bug‘ozligi ham, suzong‘ichligiyu tepong‘ichligi ham NIHON qolmasin.

«Qalb» degani bilan «qallob» deganlarining ildizi birligi rost ekan!..

Xalq to‘g‘ri aytgan o‘zi, do‘stni dushman qilmoq ersang – biriga amal ber, deb!..

Eng yomoni – maqtovni yoqtirgani, maqtalgan paytida shamday erib tamom bo‘ladiki, taftiga qo‘lini isitib olganlar qancha!

Piring shayton bo‘lsa, mazhabing ma’lum

Toshkentda qolib ketsam – uyat. Toshkentda qolsam, unvonga uchishadi-yu munosib odamlarning yoniga ko‘mishadi. Unda men battarroq kulgi bo‘laman, inim. Har kim o‘z holini bilgani ma’qul. Bir xil ahmoqlar Chig‘atoydan ikki gaz yerni orzu qilishadi, men esam… qo‘rqaman, Saidqul inim, qo‘rqaman! Menga shu yer tinchroq!

Yozuvchi degan har bir zamona odami bo‘lishi kerak.

Muhabbat – eng katta mansab, muhabbat – eng zo‘r e’tiqod, – dedi Yaxshiboyev andak jo‘shib. – Sababki, muhabbatga chalingan odam yomonlikka qo‘l urolmaydi. Ana shunday ajoyib narsa – muhabbat!..

Ulug‘ odamlar asli befarzand bo‘lgani ma’qulroq, o‘shanda o‘zingni elga to‘laroq baxsh etasan, zuryodlarni o‘ylab, zuryodlarga taqdirlar yaratib ovora bo‘lmaysan.

O‘zbekistonda bugun hamma – paxtakor!

Har kishining o‘z zamoni va o‘z Oshnosi bor.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600