Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.11.2024 | 14:14

img2153

Fyodor Dostoyevskiyning “Telba” romanidan iqtiboslar

«Hammadan o‘zim zo‘rman» deb yashaydigan, bir zarbaga o‘n zarba bilan javob beradigan, kimgadir ozgina ko‘rsatgan yaxshiligini «dunyoni qutqarish» deb biladigan, manman, takabbur, go‘zallikni yanchib rohatlanadiganlar jamiyatida «dunyoni go‘zallik qutqaradi» degan g‘oya bilan yashovchi, unga qancha zarba berishmasin kechirguvchi, har bir insonga yuksak ehtirom bilan boquvchi, soddadil, begunoh kimsani kim deb atashadi? Ha, telba!

Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin fursat oʻtgan boʻlsa-da, undagi qalbni poklashga boʻlgan daʼvat, tuygʻularni eʼzozlash, har qanday sharoitda ham oʻzligini yoʻqotmasdan yashash kerakligi haqidagi taʼkidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir oʻquvchi uchun yangilik boʻlib qolaveradi.

Odamzot bolalari oʻzlariga oʻxshamagan boshqa birovning baxtsizligini koʻrganda, mana shunday mensimasdan, beandisha kulib qoʻyadilar.

Hamma narsani biladiganlarning koʻpchiligi tirsaklari teshilgan holda yuradilar va oyiga oʻn yetti soʻm maosh olib kun koʻradilar.

Qotillik qilgani uchun qatl qilish jinoyatning oʻzidan koʻra ham ogʻirroq jazo. Hukm oʻqish yoʻli bilan qilinadigan qotillik qaroqchilik yoʻli bilan qilinadigan qotillikdan beqiyos daxshatliroq. 

Juda ham qoʻrqinchli damlarda yoki haddan ortiq vahimaga tushganda aql-hushing joyida boʻlsa ham hech narsaga qurbing yetmay qoladi.

Lekin men oʻzim endi telba emasligimni bilib turganimdan keyin, qanaqasiga telba boʻlay.

Odam bir koʻrgandayoq bir umr sevib qoladigan odamlarni hamisha uchratavermaydi.

Yuragi bor, lekin, aqli yoʻq tentak xotin aqli bor, lekin, yuragi yoʻq tentak xotindan qilcha ham farq qilmaydi. Ikkovi ham birday baxtsiz.

Har kimning oʻziga yarasha kamchiligi boʻladi va oʻziga xos odatlari boʻladi. Baʼzan birovning qiliqlarini barmoqlarini bigiz qilib koʻrsatishadi, lekin oʻzlarini surishtirib qaralsa bundan besh battarroq chiqadi.

Ablah odamlar halol odamlarni yaxshi koʻradilar.

Men kasalim sil ekanini va buning davosi yo‘qligini aniq bilardim; men o‘zimni o‘zim aldamadim, masalani oydin angladim. Lekin buni qanchalar oydin tushunganim sari shunchalar qattiq yashagim kela boshladi; men hayotning etagiga yopishib oldim va qanday bo‘lmasin, yashagim keldi.

Bizning zamonamizda va bizning qavmimizdan boʻlgan odamga «siz joʻn kishisiz, zaifsiz, qobiliyatingiz yoʻq, xashaki bir kimsasiz», deyishdan koʻra ham tahqirliroq narsa yoʻq boʻlsa kerak.

Pulning qabohati va yaramasligi shundaki, u hatto yoʻq iqtidorni bor qiladi.

Odam hashamga tez koʻnikadi va bir koʻnikkanidan keyin hasham zaruratga aylangach, undan ayrilish juda ham qiyin boʻladi.

Zehni oʻtmas odamlargina doim rost gapiradilar.

Xirsning kuchi bilan qilingan narsani burch, majburiyat tuygʻusi, amal-eʼtibor va oʻziga boʻlgan hurmat vositasida yengish mumkin.

Bittasi xudoga mutlaqo ishonmaydi, ikkinchisi xudoga shu qadar ishonadiki, ibodat qila turib odam soʻyadi. 

Dindorlik tuygʻusining mohiyatini muhokamalar bilan, birovning qilgan qilgʻiliqlari bilan, turli-tuman xudoni inkor qiluvchi dahriyona mulohazalar bilan anglatib boʻlmaydi. 

Tabiat odamning ustidan kulishga juda usta. 

Hech qanday shubha yoʻqki, yuraksizlik va zarracha tashabbusning yoʻqligi bizda doimo amaliy odamning eng muhim va eng yaxshi xususiyati deb hisoblangan.

Faqat yuzdan bir boʻlak odamlargina doimo boshqacha fikrda boʻlib keladi. Daholar va kashfiyotchilar qayerda boʻlmasin ish boshlagan chogʻlarida, koʻpincha ishning soʻngida ham jamiyat ularga telba boʻlib qolgan odam deb qaragan. Bu juda eski, siyqasi chiqib ketgan, hamma biladigan gap.

Liberalizm gunoh emas. U butunning zaruriy bir boʻlagi. Shusiz butun parchalanib ketadi yoxud qotib qoladi. Liberalizm xuddi xushfeʼl konservatizm singari yashashga haqli.

Gʻoya va tushunchalarni buzish juda koʻp uchraydi. Bu baxtga qarshi xususiylikdan koʻra umumiy holga yaqindir.

Hatto eng ashaddiy gʻirt qotil ham harqalay oʻzining jinoyatchi ekanligini biladi, yaʼni vijdonan yomon ish qilganligini anglaydi. Lekin pushaymon qilmaydi.

Bu dunyoda jannat yaratish oson emas, siz boʻlsangiz, harqalay jannat deb oʻylashga moyilsiz. Jannat mushkul narsa, knyaz, sizning goʻzal qalbingizga tuyulgandan koʻra ancha mushkulroq.

Makr va kulgi aks etgan fikr suqma fikr.

Kolumb Amerikani ochgandan keyin emas, Amerikani ochayotgan chog‘da baxtli bo‘lgan. Gap Yangi dunyoda emas, menga desa uni yer yutib ketmaydimi. Kolumb uni rostakamiga ko‘rmasdan, nimani ochganini aniq-tiniq bilmasdan o‘lib ketdi. Gap hammasi hayotda, hayotni kashf qilib borishda, shuning uchun kashfning o‘zi muhim emas.

Tajang odamlar aqlli boʻlsalar, keyinchalik yomon pushaymon boʻladilar.

Kimda-kim shaxsiy kori-xayrini qoralasa, u inson tabiatini qoralagan va uning insoniy gʻururini yerga urgan boʻladi. Ammo ijtimoiy kori-xayrini uyushtirish bilan shaxsiy erkinlik masalasi boshqa-boshqa ikki masala, lekin ular bir-birlarini inkor qilmaydilar. Shaxsiy yaxshilik hech qachon yoʻqolmaydi. Chunki shaxsning ehtiyoji bilan bogʻliq bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiridan kelib chiqadigan jonli ehtiyojdir.

Maxluqlar bir-birlarini toʻxtovsiz suratda yeb turmasalar, hayot asosi quriydi. Busiz aslo mumkinmas.

Hamon men barhaqman, deb menga ong bergan ekanlar, dunyoning kemtik qurilganligi va boshqacha boʻlishi mumkin emasligi bilan nima ishim bor! Shunday boʻlgandan soʻng kim meni qoralay oladi va nimaga qoralaydi.

Yolgʻiz haqiqatning oʻzi hali adolat boʻlolmaydi.

Hammani, hamma odamlarni, hamma yaqinlaringni sevish mumkinmi? Albatta, yaxshi koʻrib boʻlmaydi. Bu gʻayritabiiy boʻlib koʻrinadi. Insoniyatga boʻlgan shubham muhabbatingda doimo deyarli faqat oʻzingnigina yaxshi koʻrasan. 

Boy boʻlsang-u, yaxshi noming boʻlsa, koʻrinishing koʻrkam, yaxshi maʼlumotli, ancha aqlli, hatto oqkoʻngil boʻlsang-u, shu bilan birga hech qanday qobiliyating, hech qanday oʻziga xosliging, hatto gʻalati bir xususiyatlaring, oʻzing toʻqib chiqargan bironta fikring boʻlmasa, faqat va faqat boshqalarga oʻxshab qolsang, shundan koʻra alamliroq narsa bormikan jahonda?

Baʼzan nohaq, dili ogʻritilgan magʻrur odamlar goho oʻzlarini mana shunday erkin, beparvo, oliyjanob tutadilar.

Miriqib kulish uchun garchi dagʻalroq qilib yolgʻon gapirsang ham bu odamning qalbiga ogʻir botmaydi. 

Baxtiyorlikda aldanib yashagandan koʻra, baxtsizlikda bilib yashagan ming marta yaxshi.

Hech narsaga hayron boʻlmaslik katta aqldan darak beradi, deyishadi. Lekin menimcha, bu ayni zamonda oʻta ketgan tentaklikning belgisi boʻlishi ham mumkin. 

Hech kim oʻzini derazadan tashlagisi kelmaydi, lekin uyga oʻt tushsa, eng manaman degan olifta erkak bilan manaman degan ayol ham oʻzini derazadan tashqariga otadi. 

Inson kallasida tug’iladigan har qanday daho g’oyada yoki fikrda boshqa odamlarga anglatib yetkazib bo’lmaydigan, jild-jild asarlar va sharhlar yozib, o’ttiz besh yil tushuntirishga harakat qilib ham anglatib bo’lmaydigan allanima qolib ketadi; miyangizda aslo chetga chiqishni istamagan allanima doim qoladi, abadiy sizdan ajralmaydi; siz shunday o’lib ketasiz, o’zingizning eng asosiy fikringizni hech kimga bildirmay, hech kim bilan o’rtoqlashmay o’tib ketasiz.

Mening vaqtim hammasi o‘zimniki.

Bu shunday narsaki, turli-tuman ateizmlar abadulabad qoqilib yuradi va abadulabad kerakli gapni topib aytolmaydi, shu haqda gapirdim, deb butunlay boshqa narsani gapiraveradi.

Rahmdillik butun insoniyat mavjudligining asosiy, ehtimol, yagona qonunidir.

General xotinini shunchalik hurmat qilar va ba’zida undan shunchalik qoʻrqardiki, hatto sevardi.

Odamlar bir-biriga ozor berish uchun yaratilgan.

Men oʻzim bilan bo’lgani kabi, hech boʻlmaganda bitta odam bilan hamma narsa haqida gaplashmoqchiman.

Yolgʻon bilan boshlangan narsa yolgʻon bilan tugashi kerak, bu tabiat qonunidir.

Men oshiq emasdim… Men… boshqacha baxtli edim.

Mukammallikni sevib boʻlmaydi; Siz mukammallikka faqat mukammallik sifatida qarashingiz mumkin, shunday emasmi?

Goʻzallik dunyoni qutqaradi.

Kattalar bilmaydilarki, bola hatto eng qiyin vaziyatda ham juda muhim maslahat berishi mumkin.

Bolaga hamma narsani, hamma narsani aytish mumkin.

Koʻpincha haqiqat imkonsiz boʻlib tuyuladi.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605