14.11.2024 | 16:14
1066
Astrid Lindgrenning «Uzunpaypoq Peppi» asaridan iqtiboslar
Peppi hech kimga o‘xshamagan, yerga ursa osmonga sapchiydigan, sarguzashtsevar, serg‘ayrat, umuman olganda, ajoyibu g‘aroyib qiz. Asarda ana shu g‘aroyib qizaloq – Peppi haqida hikoya qilinadi.

Bolalarga mehr bering, imkon qadar ko‘p, balki undan-da ko‘proq mehr bering – shunda sog‘lom fikr o‘z-o‘zidan kelib chiqadi.
«U dunyodagi eng kuchli erkak». «Ha, ehtimol shundaydir», dedi Pippi, «lekin men dunyodagi eng kuchli qizaloqman, buni unutma».
Men uchun tashvishlanmang. Men har qanday vaziyatda muvaffaqiyatga erishaman.
Agar haqiqat bo‘lsa, qanday qilib yolg‘on bo‘lishi mumkin?
Hamma bolalar Pippiga tikilib qarab o‘tirishardi. Pippi polda yotgancha, ko‘ngli tusaganicha rasm chizayotgan edi. «Pippi, – dedi o‘qituvchi sabrsizlik bilan, – Nega suratni qog‘ozga chizmayapsan?» «Men uni allaqachon to‘ldirib bo‘ldim. Bu kichkina qog‘oz parchasida otimni butkul sig‘dirishga joy yetarli emas».
«Otam odamxo‘rlar qiroli; bunday ajoyib otasi bo‘lgan bolalar juda kam uchraydi!»
Shunda xonim Pippiga qarab, hayajonlanib dedi: «Voy, azizim, butun yuzingni sepkil qoplab olibdi-ku!» «Bilaman – dedi Pippi, – Lekin men ulardan aziyat chekmayman. Aksincha, ularni yaxshi ko‘raman».
Men ilgari bunday ishni bajarib ko‘rmagan edim, shu bois bu yumushni uddalay olishimga ishonaman.
Men bir necha marta shuni sezdimki, qo‘limdan kelgancha harakat qilsam ham, odamlar mening o‘zimni qanday tutishni bilishimga ishonishmaydi.
Vaqt sezdirmasdan o‘tib ketyapti, qariy boshladim, – deb javob berdi Peppi. – Kuzda o‘n yoshga to‘laman – eng yaxshi damlarim ortda qoldi!
Axir sizda, umid qilamanki, nafaqat ko‘zlar, balki quloqlar ham bor. Agar mening ko‘rinishim ko‘zlaringizga quvonch baxsh etsa, quloqlaringizni ham xuddi shunday rohatdan mahrum qilish adolatdan emas.
Har qanday sayohatdan so‘ng uyga qaytish mumkinligini bilish juda-juda yoqimli ekan.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



