Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 15:23

img925

IKKI JADID HAQIDA BIR MULOHAZA


Xorazmdagi jadidlik harakati va unga mansub siyosiy harakat – “Yosh xivaliklar”ning namoyandalari orasida Bobooxun Salimov va Bekjon Rahmon boshqa safdoshlaridan ijodkorligi bilan alohida ajralib turadi.

Bobooxun Salimov (1873 – 1929) otasi Salimoxun vafotidan so‘ng, 1912 – 1916-yillarda Xiva xoni qozikaloni bo‘lgan. Shuningdek, Polvonniyozhoji Yusupov, Nazir Sholikorov, Xudoybergan Devonov, Sultonqori Jumaniyozov singari “Yosh xivaliklar” harakatining a’zosi, 1920 – 1924-yillarda esa, Xorazm Xalq Respublikasida adliya noziri, RSFSRga yuborilgan diplomatik missiya rahbari, Afg‘onistonda elchi va boshqa vazifalarda faoliyat yuritgan.

“Ojizo” taxallusi bilan ijod qilgan Bobooxun Salimov she’rlarida mustamlakachilik asorati davriga xos mahzunlik, jamiyatdagi voqeliklarga real baho be­rish aks etadi:

Ojizo, zor ko‘ngillar, Bo‘ldi xandon oqibat. Bizlarga zulm etganlar, Bo‘ldi yakson oqibat…

1920-yili xonlik tugatilib, Xorazm Xalq Respublikasi o‘rnatilgach, jadid­lar g‘oyasini amaliyotga joriy etish imkoniyati paydo bo‘lgan edi. Bobooxun 1922-yil fevral oyi­dan Xorazmda maorif va madaniyat nozirligida maktablar uchun yangi o‘quv qo‘llanmalari yaratish komissiyasining raisi bo‘lib ishlay boshlaydi. Bu vazifada ishlab turib, o‘zi ham maktablar uchun “Alifbe” va “O‘qish” kitobini, maslakdosh jadid birodari Bekjon Rahmon bilan hamkorlikda o‘quv qo‘llanmalar yozadi. Uning “Maktab” sarlavhali she’rida xalq ta’limi uchun sidqidildan ishlagan jadid ziyolisining yorqin qiyofasi aks etgan:

Xushdur ne balo havoyi maktab, Jon o‘lsa ravo fidoyi maktab. Maktab demaki madori ilmdir, To ilm iladur baqoyi maktab.

Xorazm elin aylagay munavvar, Nuri qamari saymoyi maktab. Mingdan birini tugatmas Ojiz Yuz yil desa ham sanoyi maktab.

Bobooxun Salimov 1924-yildagi milliy chegaralanishdan so‘ng siyosatdan chekinib, Gurlan va Mang‘it hududlaridagi yerlarida dehqonchilik qilib, taqdir sinovlarini bosh­dan kechirgan va 1929-yili vafot etgan.

Fitrat, Cho‘lpon singari jadid namoyandalari bilan safdosh, maslakdosh bo‘lgan  yana bir xorazmlik jadid Bekjon Rahmon   ilk bor “Inqilob quyoshi” gazetasiga asos solgan jurnalist va muharrir, adabiyotshunos va folklorshunos, Ichan qal’a muzey   qo‘riqxonasining tashkilot­chisi, maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘l­lanmalari   yozgan pedagog sifatida tarix­da qolgan.

Fitrat “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida Bekjon Rahmon hamda Muhammad Yusuf Devonzodaning asaridan g‘oyat ta’sirlanganini yozgan va bu kitobning musiqashunoslikdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan.

1887-yili xon mahramlaridan bo‘lgan Rahmonbergan oilasida tug‘ilgan Bekjon bolaligidan ilm-u ma’rifatga intilib voyaga yetadi. Otasi Rahmonbergan Xiva xonligi tarixida islohotchi bosh vazir Islomxo‘ja (1872 – 1913)ning yordamchisi bo‘lgan. U ustozi bilan XX asr boshlarida Xivada barpo etilgan pochta, telegraf, shifoxona, masjid va minora bunyod etilishida katta xizmat ko‘rsatgan. Rah­­monbergan jadidlarni qo‘llab-quvvatlovchi bosh vazir Islomxo‘janing maslahatiga ko‘ra, g‘ayratli o‘g‘li Bekjonni Istanbulga o‘qishga yuboradi. Bekjon 1913-yilning iyulidan 1918-yilgacha Istanbul universitetida tahsil oladi.

1920-yili xonlik tugatilib, Xorazm Xalq Respublikasi barpo etilgach, “Yosh xivalik­lar” qator islohotchi safdosh­lari bilan hukumat tarkibiga kiradi. Dastlab Madaniyat, so‘ngra Xalq maorifi noziri, keyin XXR markaziy  ijroiya qo‘mita ish boshqaruvchisi bo‘ladi. Bekjon Rahmon madaniyat noziri sifatida 1920-yili Xorazmning o‘tmishdagi madaniyati va osori-atiqalarini  kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish maqsadida xalq madaniyati muzeyini barpo etadi hamda unga rahbarlik qiladi. Shuningdek, 1923-yili Xorazmda ilk bor musiqa maktabini tashkil etib, voha musiqa nazariyasi va ta­rixi, Xorazm maqomlari hamda usullari,  nota yozuvining ixtiro qili­nishiga oid “Xorazm musiqiy tarixchasi” kitobini Devonzoda bilan birga yozib, Moskvada nashr ettiradi.

Bekjon Rahmon “Inqilob quyoshi” gaze­­tasidan tashqari, 1920 – 1924-yillarda  vohada  nash r etilgan “Qizil Xorazm”, “Maorif”, “Xorazm xabarlari”, “Yordam”, “Yoshlar ovozi”, “Ishchilar tovushi”, “Qop­qon” singari gazetalar­ni tashkil etish­da bosh-qosh bo‘ladi. Bu nashr­larda Faqiriy, Komil Devoniy, Mutrib, Rog‘ib singari shoirlar­ning she’r-u g‘azallarini chop ettiradi, ada­biyot­shunos sifatida adabiy tahliliy maqo­la­lar yozadi.

1923-yili “Otalar so‘zi” nomli kitobini nashr qildirib, unga xorazmliklar orasida keng tarqalgan maqol, hikmatlarni kirit­gan. Mazkur to‘plamda “Ertaga osh qolsa – davlat, ish qolsa – mehnat”, “Davlat – og‘zibirchilik”, “Rohat – meh­natning orqasida”, “O‘tni kovlasang o‘char, qo‘shnini kovlasang ko‘char”, “O‘g‘ri boyimas, yolg‘onchi yolchimas”, “Onasini ko‘r, qizini ol, qirog‘ini ko‘r, bo‘zini ol” singari pand-nasihat ruhidagi olti yuzga yaqin maqol va hikmatli so‘zlar jamlangan.

Xalq maorifi noziri bo‘lib ishlagan paytida Bekjon Rahmon vohada yangi maktab­lar tashkil qilish, uzoq ovullardagi bolalarni maktabga jalb etish, ta’lim maskanlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlashda jonkuyarlik qilgan.

Bekjon Rahmon 1920-yil 13-noyabr­da Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rtasida do‘s­tona hamda iqtisodiy, madaniy aloqalarga doir shartnomani tuzishga rahbarlik qilgan dip­lomat edi. 1924-yili o‘tkazilgan milliy davlat chegaralanishidan keyin XXR tugatilib, Xorazm okrugi tashkil etilgach, Bekjon Rahmon 1925–1926-yillarda okrug maorif bo‘limi mudiri vazifasida ishlaydi. Keyin jadid do‘stlaridan, o‘sha vaqtda O‘zbekiston xalq komissarlari sovetining raisi bo‘lib ishlayotgan Fayzulla Xo‘jayevning taklifiga ko‘ra, Samarqandda tashkil etilgan Fan qo‘mitasida faoliyatini davom ettiradi.

Shu davrda chiqib turgan ­“Alanga”, “Yer yuzi” jurnallarida adabiyotshunoslik, tilshunoslikka oid maqolalarini chop etti­rib, respub­likaning old ziyo­lilaridan biri sifatida taniladi. 1926-yil 26-fevral – 5-mart kunlari Boku shahrida o‘tkazilgan Birinchi Turkologiya qurultoyida qatnashish uchun O‘zbekis­ton delegatsiyasi tarkibiga kiritiladi. Bu qurultoyda dunyo­ning mashhur 131 nafar olimi qatnashgan. O‘zbekistondan Ashurali Zohiriy, Elbek, Rahim Inog‘omov, G‘ozi Olim Yunusov, Nazir To‘raqulov, Shokirjon Rahimiy, I.Sad­riy, A.Abdujabborov qatorida Bekjon Rahmon ham bor edi.

Umuman, Xorazm jadidlari orasida Bekjon Rahmon va Bobooxun Salimov o‘zlarining ijodkorligi bilan ajralib turgan. Afsuski, har ikkala jadid ziyolisi bir yilda – 1929-yili bevaqt vafot etishdi. Aniqlangan ijod namunalari ularning ilmiy-ijodiy salohiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi. Xorazmlik jadid ijodkorlarining hayoti, ijodi­ni tadqiq qilish borasidagi izlanishlar davom etishi lozim.

Umid BEKMUHAMMAD,

Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi
2024-yil 26-yanvardagi 5-sonida…


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604