Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 16:06

img255

HIMMATI BORNING HURMATI BOR

Kimki qo‘liga mo‘may pul tushsa shaharning qoq markazidan dang‘illama imorat, hashamdor do‘kon yoki shohona oshxonalar qurayotgan bir zamonda karmanalik 74 yoshli Burhon bobo Jo‘rayev butunlay boshqacha yo‘l tutdi. 50 yil davomida tergan-tergilagan 10 mingdan ortiq kitoblarini bir joyga to‘plab, xonadonining bir qismini katta kutubxonaga aylantirdi. Bu ishi bilan Karmanadagi eng katta va saxiy boyga aylandi. Eng muhimi, kitobxon otaxon 74 yoshiga qadar to‘plagan kitoblarining uch mingdan ortig‘ini o‘qib chiqishga ulgurgan. Karmana tumanining Bog‘imurod qishlog‘idagi kamtargina hovlida yashayotgan Burhon Jo‘rayevning xonadoniga mehmonga kelgan Navoiy kon metallurgiya kombinati kasaba uyushmasi qo‘mitasining sobiq rahbarlaridan biri torroq xonadagi qo‘lbola javonga did bilan terib qo‘yilgan kitoblarni ko‘rib hayratga tushdi. Bir nechtasini varaqlab, ko‘z yugurtirgan bo‘ldi. Ke­yin bir piyola choy ustida Burhon bobo bilan ancha suhbatlashdi. Tabiiyki, kitob va kitob­xonlik haqida gap ketganda, shartta dilidagini aytdi: “Mana shu kitoblaringizni kombinat kutubxonasiga bersangiz, oilangizga Navoiy shahrining qoq markazidan ikki xonali uy sovg‘a qilaman”, dedi. Keyin mezbon mening bu taklifimga so‘zsiz rozi bo‘ladi, degan o‘y bilan biroz kutdi. Ammo aytgan gapi og‘zida qoldi. “Xohlaganlar kelsin, qiziqadigan kitoblarini o‘qisin, qaytarib olib kelish sharti bilan uylariga ham berib yuborishim mumkin. Lekin hech kimga sotmayman va hech narsaga almashmayman”, dedi o‘jarlik bilan. Qo‘lidagi piyolani dasturxon chetiga to‘ntarib qo‘yib, kombinat sanatoriysidagi kutubxona uchun tekinga ikki yuz dona kitob sovg‘a qilishini xijolatomuz kayfiyat bilan bildirdi. Bundan bir yo‘la o‘zi­ning ham, o‘tirgan joyi­da nigohini javondagi kitoblarga qadab o‘y surayotgan mehmonning qalbi ham, sal bo‘lsa-da, ravshan tortgandek bo‘ldi. Do‘stona suhbat, toza va samimiy munosabat yakunida mehmonni xush kayfiyat bilan kuzatib qo‘ygan Burhon bobo uyiga qaytib kirgach, xotini xarxasha qildi: – Namuncha o‘jarlik qilmasangiz, yashashi­mizni qarang, uyimiz musichaning inidek tor, ko‘rimsiz. Xudo berib turgan paytda, nega unamadingiz-a? Sal o‘ylab ish qilsangiz-chi. Nima qilasiz bu kitoblarni? Men hoziroq kombinatga borib: “Biz kitoblarni uyga almashishga rozimiz”, deyman. Darrov ko‘chib o‘tamiz. Erining battar qaysarligi tutdi. Xotiniga sen nimani bilasan, degandek bir o‘qraydi-yu, ki­yimlarini almashtirib ko‘chaga chiqib ketdi. Ikki o‘rtada dili xufton bo‘ldi. Beray desa, kitoblarini ko‘zi qiymaydi. Bermay desa, haqiqatan ham uy-joyini sal-pal epaqaga keltirish kerak. Gapning naqdini aytganda, ko‘rimsizgina bu xonadonda kitob hamma narsadan ko‘p. Ba’zan o‘qituvchilar, ba’zida o‘quvchilar, onda-sonda davlat idoralarida ishlaydigan kishilar, talaba qizlar, ro‘zg‘or tashvishlari bilan uyga qamalib qolgan bekorchi ayollar kitobga kelib turadi. Xohlaganini topib, olib ketishadi. Ular faqat rahmat aytishdan nariga o‘tmaydilar. Ba’zi birovlar olgan kitoblarini yirtib, urintirib-surintirib ham olib keladi. Otaxon afsus qiladi. Ammo nachora, besh barmoq barobar emas… Bu oilaning kutubxonasi katta xazina. Bundan bir necha yuz yillar burun bitilgan, tayyorlangan kitoblar o‘tmishdan, bugundan, kelajakdan so‘zlaydi. Ibn Sino, Beruniy, ­Jo­miy, Navoiy, Bobur, Nodira, Ogahiy, ­Mash­rab, Qodiriy, Abdulla Qahhor, Pirimqul Qodirov asarlari, zamonamiz adib va shoirlarining betakror bitiklari, Konfutsiy, Nisshe, Xeminguey, Mopassan, Tolstoy, Dostoyevskiy, Chexov, Pushkin, Chingiz Aytmatovlarning qimmatbaho durdonalari kishining havasini keltiradi. Kutubxonaga kirsangiz, bu xonadonda yashayotganlar kitob o‘qishdan, kitoblarni asrab-avaylashdan boshqa ish ham qilarmikan, degan xayolga borasiz. Xadicha momo: “Uyimiz savil salgina torroq-da” desa, xo‘jayini: “Ko‘nglingni keng qil, uying to‘la odam-ku, durustroq qaragin atrofga”, deydi hazillashib. Yaqinda keksa kitobxon bilan tanishish maqsadida Karmanadagi bu xonadonga men ham ming istihola bilan tashrif buyurdim. Yoshi yetmish to‘rtga yetsa-da, hamon velosipedda qishloq kezadigan otaxondan: “Yig‘gan kitob­laringizni shaharning qoq markazida quril­gan yangi uyga almashmaganingizni tushu­nish mumkindir, ammo viloyat hokimining hovli­ngizda kutubxona qurib berish rejasiga nima uchun unamadingiz?” deb so‘radim. Otaxon gap o‘zanini boshqa tomonga burdi. Oliy o‘quv yurtida tahsil olmaganligi bois farzandlarini o‘qitish uchun kecha-yu kunduz ishlaganini, kampirining qistovlariga ko‘nmay juda to‘g‘ri ish qilganligini zavq bilan aytib berdi. O‘rni kelganda mendan uyimizda qancha va qanday kitoblar borligini surishtirdi. Adabiyotni, falsafani, odamiylikni, insof va diyonatni, o‘z milliyligimizni sevishni va unutmaslikni maslahat qildi. O‘zining hayotini kitob bilan bog‘lash oson bo‘lmaganligini qayta-qayta takrorladi. Xayrlashayotganimizda hovlisining kirave­ri­shida o‘g‘li qurayotgan imoratning bitta xonasini yangi kutubxonaga aylantirish niyati borligini ayt­di. Chekka bir qishloqda kamtargina yashayotgan va bor-yo‘g‘i o‘rta ma’lumotli otaxonning shuncha kitob yig‘gani, hali-hamon zavqlanib o‘qishda davom etayotgani ko‘p qatori meni ham hayratga soldi.

Normurod MUSOMOV

2024-yil 26-yanvar 5-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600