26.11.2024 | 09:58
386
BUTUN SO‘ZNI XALQ ICHIDAN OLAYLIK
Bir sinfdoshim bilan suhbatlashib o‘tirgandik. Telefon hisobi o‘chibdi. “Wi-Fi” so‘radi. Uzatdim. Daqiqa o‘tmay ketma-ket bildirishnomalar ovozi jarangladi. Shunda daladan kelmagan tili bilan ajoyib gap aytdi. “E-he! Bir kun internetga kirmaganimga bir suruv xabar kepti!” Qo‘liga kitob olmagan yigitning tashbehini ko‘ring!

Jiyanim o‘g‘lini urishyapti: “Jim yot, bo‘lmasa, Movlon keladi!” Bola sho‘rlik o‘chdi-qoldi. Qiziqib so‘radim: “Mavlon deganing kim?” Izohladi: “Mavlonmas, Movlon! Pishakka laqab. Mov bo‘lganda qo‘yganmiz”. Yo tavba, buni qanday o‘ylab topdi? “Movlon nimaligini o‘zi bilmaydi. Lekin qo‘rqadi. Nimaligini bilsa, qo‘rqmasdi” qo‘shimcha qildi jiyan.
Ko‘chada ketayotsam, bir qiz dugonasi bilan xo‘shlasha turib shunday dedi: “Bo‘pti, ketdim, tel qilarsan”. Yozishda-ku, mayli, lekin gapirishdayam erinishadi-ya?! “Facebook”ni “Fb”, “Instagramm”ni “Insta” deyishadi. Shu kabi uncha uzun bo‘lmagan so‘zlarni ham qisqartirib gapirishadi-yu, ayrim ruscha uzun so‘zlarni oliftalikka to‘liq, chiroyli talaffuz qilishadi. Vaholanki, ko‘pining o‘zbekchasi nari borsa, ikki yo uch bo‘g‘in.
Turkiy til nega jang tili bo‘lgan? Chunki muloqotga qulay. Ol, tur, yur, ot, qoch, kir… fe’llar aksariyati bir bo‘g‘in. Ammo arabcha, forscha, ruscha, inglizcha so‘zlar uzun bo‘lishiga qaramay tilimizga oson yopishadi. Gʻalati paradoks (zidlik, qarama-qarshilik, tazod, nomutanosiblik)!
Taniqli mutarjimlardan birining inglizchadan qilgan tarjimasini o‘qib, ajablangandim. Nega? Asliyatda asar qahramoni baqirvordi: “O, my God!” (“Yo Tangrim!”) Mutarjim bunday o‘girgan: “Ayo Robbil A’lamin!” Holbuki, qahramon ruhoniy emas. Kundalik suhbat parchasi. Akamiz inglizchadan o‘zbekchagamas, arabchaga o‘giribdilar, shekilli degandim. Mayli, badiiy bo‘yoq bergisi kelgandir, lekin bunchalik chaplab yuborish shartmasdir?
Ana endi gapning indallosiga o‘tsak. Kecha bittasi azbaroyi zerikkanidan Fb(!)ga yozibdi: “Xolodes”ning o‘zbekchasi nima bo‘ladi?” Topqir o‘zbegim bir dunyo variantlarni qalashtirib tashlaganki, o‘qib maza qivorasiz! Mana ular: “liqqildoq”, “kilkildoq”, “qilpildoq”, “bilqildoq”, “jippildoq”, “dirildoq”, “hilhildoq”, “biliq-biliq”, “muzsho‘rva”, “yumshoqsovuq”, “ilvira”, “yaxnama”, “liq-liqa”, “liqliqi”, “aspiq”, “hashlama”, xorazmliklar “do‘ngdirmo” derkan, bittasi jonini ko‘p koyitib o‘tirmay “pishirib, sovutilgan yaxna go‘sht” deb qo‘ya qoldi. Mana sizga olam-olam so‘z! Xalq ziyrak. Xalq dono. Xalq topqir.
Xo‘sh, aziz mushtariy, sizda ham variant bormi?
Sh.IBROHIMOV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



