Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 17:51

img364

TO‘RTINCHI KO‘PRIK

Bu tadbirkorning kutubxonasida o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini ko‘rasiz. Chunki uning o‘zi kitobxon. Kitobxon bo‘lganda ham asarni “hididan ajratadi”gan kitobxon. Bu haqda Farg‘onaning Qurbonqashqar mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Arabboy Marahimovning o‘zidan eshiting.

Kutubxona qurish fikri asli rahmatli otamizdan chiqqan. 2000–2004-yillar edi. Otam hammamizni yig‘ib shunday dedilar: “Qishlog‘imizda ma’rifat tarqa­tadigan maskanlar qolmadi. Sizlar mana topar­man-tutarman bo‘lib qoldinglar. Bir bino qursakki, birinchi qavati kutub­xona bo‘lsa, ikkinchi qavatini bolalar savod­xonligini oshirish markazi qilsak. Buning moddiy foydasini o‘ylamay, be­g‘araz ma’rifat tarqatuvchi maskanga aylantirsak. Faqat birov pul to‘lab og‘ri­nib o‘qiydigan bo‘lmasin”.

Olti aka-uka otamiz aytgan ta­shab­busni qo‘llab-quvvatlab kengash­dik. Qurilishni boshlash uchun o‘sha payt­lar­dagi mahalla komitetining raisi Mo‘minjon Mahmudov orqali tuman rahbariyatidan qarorni oldik. Guzardagi yong‘in tufayli ayanchli ahvolga kelgan choyxona, sartaroshxona o‘rnini olib, qurilishni boshlab yubordik. U yerni tozalab, tekislab, birinchi qavatini ko‘tarib bo‘lganimizda, har xil mish-mishlar tarqalib qoldi. Shu joyni tekinga olib, o‘zlariniki qilishyapti, mahal­laga tegishli binodan tijorat qilishadi kabi bo‘lmag‘ur gaplar oraladi. Otamiz odamlar joy uchun norozi bo‘lgan bo‘lsa, qo‘yinglar deganlaridan keyin qurgan binomizni ustini yopib, mahal­laga idora qilib bera qoldik. Lekin otamning orzusi meni shunday aqlimni oldi. O‘zlari o‘tib ketgan bo‘lsalar ham bu o‘y miyamdan chiqmadi. Bir kuni tush ko‘rdim. Tushimda bir bino va uning ichi to‘la kitob. Otam kitoblarga termilib turibdi. Otamning tushimdagi qiyofasi bir umr esimdan chiqmas bo‘ldi. Shu kuni toshkentlik do‘stlar bilan yig‘ilishganimizda otam orzusi-yu, ko‘rgan tushimni gapirib berdim. O‘zim gapirib, o‘zim reja tuzdim. Do‘stlarim ham bu ishni amalga oshirishim kerakligini aytishdi. 

Ertasi kuni aka-ukalar yig‘ilishib, gapni bir joyga qo‘ydik. Maslahatimiz bo‘yicha, o‘zimiz qurib, mahallaga topshirib ketgan binomizdan ikkita xonani so‘rab bordim. Qayta ta’mirlab, ikkita katta-katta xonani ajratib oldim. Lekin qiyinchilik boshqa bir yoqdan, kutmagan tomondan keldi. Endi kitob­ni eng ko‘p o‘qiydiganlar bolalar. Buning ustiga o‘zi asliyam maktabning yaqinligini hisobga olib shu joyni tanlagan edik. Lekin aynan bolalar adabiyotiga oid kitob topish masalasi muammo ekan. Ayolim bilan ikki-uch oylab bolalar uchun kitob izlab sarson bo‘ldik. Juda og‘riqli nuqta ekan bolalar adabiyoti. U yoqqa chopib, bu yoqqa chopib, 3000 ta kitob jamladik.

Xullas, kitoblarni terdik, bezadik. Kutubxonamiz ochilishiga Farg‘onadan taniqli shoira Enaxon opa, jurnalist akaxonimiz Tohirjon Hamroqulov, tele­jur­nalist Sohibjon Alijonov do‘s­timiz, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obid­jon, shoir Nodir Jonuzoq, qo‘shiq­chi Shuhrat Daryo keldi. Katta tanta­na-yu dabdaba bilan ochdik. Lekin ich-ichimda bir tashvish bor edi. Nagadir, shu kutubxonaga odam kirar­mikin, deb o‘ylardim. Ishga olgan kutubxonachimizga kalitni topshirib, Toshkentga ketdim. 20 kunlar o‘tkazib, xabar olish uchun kutubxonaga bordim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, kutubxonada bir donayam kitob yo‘q. Kutubxonachi qizdan: “Siz kitob so‘raganga o‘n beshtalab kitob bervormayapsizmi”, deb so‘rasam, u ham kulib: “Yo‘q, bitta­dan beryapman. O‘zimizning qo‘sh­ni qishloqlardan ham kelib olib ketish­yapti. Yana falon kitobni o‘qib topshirishsa, menga berasiz deb navbat yozdirib qo‘yishyapti”, deb javob berdi. Ko‘zim­gayam, qulog‘imgayam ishon­madim ochig‘i.

Bu menga yana ham kuchli rag‘bat berdi. Demak, kitob fondini ko‘paytirish kerak. Qishlog‘imizda ki­tob­ga chanqoqlar ko‘p ekan. Ochig‘ini aytishim kerak, o‘zim ko‘p kitob o‘qisam ham, kitobning farqiga borsam ham shu kutubxonam tufayli ko‘chaga chiqsam bo‘ldi, kitob haqida o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Nima kitob olsam ekan, qaysi asarni hali o‘qishmadi, qaysi kitobga ehtiyoji ko‘p ekan odamlarni, deb o‘ylayveraman.

Keyinroq yana bir fikr keldi bu boshga. Otamning tug‘ilgan kunlari arafasida kutubxonamiz a’zolari o‘rtasida davomli tarzda “Kitobxon” tanlovini o‘tkazishni rejalashtirdim. O‘rinlar uchun sovrinlar belgiladik. Lekin shu yerda yana xom o‘ylabman. Ishtirokchilar juda ko‘p bo‘ladi, deb o‘ylamagan ekanman. Ertalab boshlangan tanlovimiz kech­gacha davom etdi. Hech kim ketay demaydi. Odamlardagi kitobga qiziqish yana bir karra hayron qoldirdi meni.  Zavq­lanib ketib, tanlov g‘olibi o‘qishga kirib, shartnomaga tushib qolsa, bir yil­lik pulini to‘lab beramiz, deb yuboribman. Tojdor balo sabab to‘xtab qolgan ishimizni yana davom ettirib, shu va’damni bajarmoqchiman. Faqat tanlov o‘tkaziladigan kunni 1-oktyabr – o‘qituvchilar kuniga ko‘chirmoqchimiz. Axir otam maktabda matematika fanidan 45 yil dars bergan tabarruk ustoz edi. Otamning orzusini o‘zimizning kitobsevarligimiz bilan ham chuqurroq his qilganmiz aslida.

Chor atrofda biror kutubxona qol­ma­gan edi men kitob olmagan. Bola­likda mol-hollarimizni olib chiqib ketish­da kitobni belga bog‘lab olardim. O‘rtoq­larim bilan mollar qozig‘ini o‘t-o‘lanli joyga qoqib, davra qurib o‘tirardik. Men ularga olib borgan kitobimni baland ovozda o‘qib berardim.

Shu joyda kitobga munosabatim haqida gapirib bersam. Qishloq joy­da to‘y-ma’rakalarda sabzi to‘g‘rash marosimi bo‘ladi. Ana shunday maro­sim­larning birida sabzi to‘g‘raydigan taxta yetish­­may qolib, bizning uydan uch-to‘rt kitobni olib, orqa tomonida sabzi to‘g‘ramoqchi bo‘lganida, otam tengi mahalladoshimni: “Ko‘zingiz ko‘r bo‘ladi kitobga sabzi to‘g‘rasangiz”, deb izza qilganman. Men kitobni ana shunday yaxshi ko‘raman. Eng yomon odatim – bir kitobni o‘qishni boshlasam, boshqa hamma ishlarim qolib ketadi. Bir necha tom jildli kitobni o‘qiyman deb haftalab uydan chiqmagan kun­larim bor. Menga qaysi kitobni yaxshi ko‘rasiz, deb savol berishmasa deyman. Uning o‘rniga qay­si asardan hech to‘ymaysiz, deyish­sa to‘g‘riroq bo‘lardi. Qayta-qayta eng ko‘p o‘qigan kitobim – Stendalning “Qizil va qora” romanidir. Adashmasam shu asarni o‘n marta o‘qigan bo‘lsam kerak. Deyarli har yili o‘qiyman va har o‘qiganimda boshqa bir kitob o‘qiyotganday bo‘laman.

Dadam rahmatli bir paytlar: “Kitob – Uchko‘prikning to‘rtinchi ko‘prigi, u seni Toshkentga olib borib boradi”, derdi. Men esa, bugun: “Ey yoshlar, bu ko‘prik sizni keng dunyoga olib chiqadi”, deyman.

M. PIRNAFASOVA yozib oldi.  

2024-yil 2-fevral 6-son.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599