Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 05:29

img452

TURKIY XALQLAR MA’NAVIYATINING OLTIN USTUNI

Bugun – Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan uning Astana shahrida qad rostlagan haykali poyiga ilk marta gullar qo‘yiladi va bu muhtasham yodgorlik atrofida adabiyot muxlislari jam bo‘lib, mutafakkirning hayoti va ijodi haqida suhbat quradi.    

2022-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari uchrashuvida Astana shahrida Alisher Navoiyga haykal o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilingan va o‘tgan 2023-yilning avgust oyida — yurtimiz Mustaqillik kuni bayrami arafasida ushbu yodgorlik qad rostlagan edi.

Qozog‘iston poytaxtining markaziy ko‘chalardan birida o‘rnatilgan, balandligi to‘rt metrdan ziyod Alisher Navoiy haykalini O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov ishlagan.

Ta’kidlash joizki, yildan yilga rivojlanib borayotgan o‘zbek-qozoq adabiy hamkorligi asosida ikki xalqning buyuk mutafakkirlari – Alisher Navoiy va Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodini o‘rganish, asrlar sinovidan o‘tgan asarlarini tarjima qilish qutlug‘ ishlar sirasidandir. Jumladan, o‘tgan yili buyuk bobomizning “Xamsa”siga kiritilgan dostonlari qozoq tilida nashr etildi. Umrining qirq yilini Alisher Navoiy asarlarini qozoq tiliga tarjima qilishga sarflagan shoir va tarjimon, Qozog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti sohibi Nesipbek Aituli Navoiy shahriga kelganda qalb so‘zlarini shunday bayon etgan edi:

“Men yoshligimdan Navoiyning “Xamsa”sini tarjima qilib kelaman. Ilk tarjima qilgan dostonim “Saddi Iskandariy” 1989-yili Olmaotadagi “Jazushi” nashriyotida nashr etildi. 2008-yilga kelib qayta bosildi. 2019-yili “Layli va Majnun” dostoni bilan birga “Xamsa” nomida yana qayta nashrdan chiqdi. Bungacha, 1991-yili Navoiyning bir necha g‘azallari mening tarjimamda “Baqo guli” to‘plamida chiqdi. Hozir “Farhod va Shirin” dostonining tarjimasini yakunlayapman. “Xamsa”ning boshqa dostonlarini ham tarjima qilishga kirishdim. “Xamsa”dagi barcha dostonlarni to‘liq tarjima qilib, ulug‘ shoirning muqaddas ruhini shod etishni orzu qilaman! Menga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lish, buyuk shoir nomi bilan atalgan Navoiy shahrining faxriy fuqarosi bo‘lish baxti buyurdi”.

O‘zbek kitobxonlari orasida ham qardosh qozoq adiblari ijodiga qiziqish kuchayib bormoqda. Alisher Navoiyni o‘ziga ustoz bilgan buyuk qozoq adibi Abay ijodini o‘rganish, asarlarini o‘zbek tiliga o‘girish borasida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga qozoq adabiyoti asoschisi Abay Qo‘nonboyev haykali o‘rnatildi. O‘zbekiston Prezidentining “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy mero­sini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuk shoir tug‘ilgan sana – 10-avgust kuni Abay Qo‘nonboyev haykali poyida mushoira va boshqa ko‘plab tadbirlar uyushtiriladi. “Abay asarlarining bilimdoni” insholar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an’ana tusini oldi. Abay asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda hamda uning “Saylanma”, “Tarbiya kitobi” to‘plamlari o‘zbek tilida nashr etildi.

Bugun mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori Sharif, O‘sh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarda qad rostlagan haykallari poyiga ham gullar qo‘yiladi, g‘azallari o‘qiladi. Shunday payt­larda hazratning muborak satrlari yodimizga tushadi:

Olibmen taxt-u farmonimg‘a oson,

Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.

Humoyun AKBAROV

2024-yil 9-fevral 7-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img82

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img597

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img595