Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.01.2025 | 13:37

img604

JAMIYATNING IKKI USTUNI

“Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur… Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanur…”

Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Iqtisod nima?” degan savolga shunday lo‘nda javob berganlar. Mutaxassislar Yaponiyaning yuksak taraqqiyotga erishishiga ma’naviyat – iqtisodiy rivojlanishning asosi etib belgilangani sabab bo‘lganini, dunyoda iqtisodiy taraqqiyotni ortga surayotgan asosiy omillar ham ma’naviyat bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlashadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Bizning ikkita o‘q tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi”, deb bejiz aytmagan. Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy kabi buyuk ajdodlarimiz ham taraqqiyotda axloq va maʼnaviyatning o‘rni bebaho ekanini taʼkidlaydi.

Hozirgi notinch zamonda dunyo iqtisodiyotida yuz berayotgan tengsizlik va tartibsizlik, atrof-muhitga beayov tahdidlar va iqlimning keskin o‘zgarishi misli koʼrilmagan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu o‘z navbatida, iqtisodiyot bilan birga axloqiy masalalarga ham juda jiddiy yondashuv zaruratini o‘rtaga chiqardi. Xossatan, biz taʼlimga iqtisodiy fanlar qatori maʼnaviy bilimni ham kiritmas ekanmiz, moddiy va maʼnaviy muvozanatni qadrlaydigan yosh kadrlarni tarbiyalay olmaymiz.

O‘tmishga bir nazar

Hazrat Alisher Navoiy ijodida ham tijorat va savdo ishi ma’qullanadi, ammo tovlamachi va chayqovchilar qoralanadi. Husayn Boyqaro taxtga chiqishi munosabati bilan yozilgan “Hiloliya” asari Navoiyning iqtisodiy fikr va g‘oyalari ilgari surilgan dastlabki asari hisoblanadi. Ulug‘ shoir bu voqeani zulmat qorong‘isini yoritadigan “hilol”, ya’ni uch kunlik oy bilan tenglashtiradi. U bundan buyon mamlakatning iqtisodiy-siyosiy qudrati oshishi, xalqning ijtimoiy va moddiy ahvoli yaxshilanishi, urushlarga barham berilishi, yurtda tinchlik o‘rnatilishiga ishonadi.

Haqiqatan ham, Husayn Boyqaro hukmronligi davrida mamlakatda qator ijobiy siljishlar kuzatildi. Savdo-sotiq kengayib, hunarmandlik va dehqonchilik rivoj topdi. Suv inshootlarini qurish ko‘paydi. Navoiy yurt uchun sug‘orish tizimini kengaytirish iqtisodiy rivojlanishga olib boruvchi muhim omillardan biridir, deydi. Uning bevosita rahnamoligida o‘sha paytda yetmishdan ortiq kanal va ariqlar qazilgan.

Buyuk ipak yo‘li – ma’rifat yo‘li

Biz bugun jahon xalqlarining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olib, vazminlik bilan xolisona ish tutish, ilg‘or va insonparvarlik manfaatlariga xos bo‘lgan ijobiy tajribalarni o‘rganish, tarix sinovidan o‘tgan urf-odatlarni, boy an’ana va milliy qadriyatlarni doimo asrash va ularni yanada rivojlantirish orqali yoshlarimizni turli ma’naviy bo‘hronlardan asrashimiz mumkin.

Tarixdan ma’lum, yurtimizning iqtisodiy rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati juda katta bo‘lgan. Bu yo‘l miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XV asrgacha Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‘rta dengiz mamlakatlari orasida savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim o‘rin tutgan.

Manbalarga ko‘ra, Tinch ummonidagi Sariq dengiz qirg‘og‘ida, Xuanxe daryosi bo‘yida joylashgan Sian shahridan boshlangan ushbu yo‘l dastlab Lanchjou orqali Xo‘tangacha kelgan, u yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g‘arbga, ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Bizga pilladan ipak olish usuli Xitoydan kirib kelgan bo‘lsa, xitoylar bizdan zotdor otlarni sotib olgan va uzum, beda yetishtirish sirlarini o‘rgangan.

Shuningdek, yurtimizda qadimdan qimmatbaho qorako‘l teri olinadigan nasldor qo‘ylar parvarishlangan. Ularning terisi bilan savdo qilish katta ahamiyatga molik edi. Ajdodlarimiz sifatli po‘lat tayyorlash sirlarini ham yaxshi bilgan. Ular yasagan asbob-uskunalar sifati va nafisligi bilan ajralib turgan. Manbalarda qadimda bitta qilichning bahosi bir fil narxiga teng bo‘lgani qayd etilgan. Ipak chiqindilaridan tayyorlangan Samarqand qog‘ozi esa nafisligi, chidamliligi va uzoq vaqt saqlanishi bilan dunyoga mashhur edi. Shu bois o‘zga yurtlarda uni mashhur Misr qog‘ozidan ham ustun qo‘yishgan. Eng qimmatli bitiklar Samarqand qog‘ozida yozilgan. Ana shunday ko‘hna kitoblarning hozirgacha saqlanib qolganining siri ham qog‘ozning sifati bilan bog‘liq. Ipakdan qog‘oz olish texnologiyasi 1924-yilgacha Qo‘qonda qo‘llangan, ammo sovetlar davrida unga barham berilgan.

Xulosa o‘zingizdan!

Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq munosabatlarda ma’naviyat masalalari, xususan, insonparvarlik talablari va me’yorlari hisobga olinishi lozimligi tarixiy haqiqat. Bu esa ma’naviyatning iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Aksincha bo‘lsa, axloqiy munosabatlar tanazzulga uchraydi, odamlar o‘rtasida yotsirash, begonalashish kuchayadi. Bu hol oxir-oqibat ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul bilan yakun topishi mumkin.

Keyingi yillarda iqtisodiyot va ma’naviyatning o‘zaro umumiy bog‘liqligi va bir-biriga ta’siri qonuniyatidan kelib chiqqan holda, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarning uyg‘un rivojlanib borishiga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, aksincha qo‘llab-quvvatlab, o‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi.

Ayni davrda iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori bosqichiga o‘tish jarayonida ishlab chiqarish tarmoqlari jadal rivojlanib, iqtisodiy yuksalishga xizmat qilmoqda. Bu esa fan, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Ma’naviyati qashshoq kishilar nopok, firibgar, poraxo‘r, o‘g‘ri, qallob, Vatan va millat manfaatlariga befarq qaraydigan to‘daga aylanishi hech gap emas.

Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda iqtisod va ma’naviyatning o‘zaro mutanosib, mushtarak rivojlanishiga ahamiyat berish lozim. Shundagina mamlakat va jamiyat iqtisodiy taraqqiyot pog‘onalaridan uzluksiz yuqoriga ko‘tarilib boradi.

Nodir QOSIMOV,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596