Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 06:53

img435

ODAMZODNI INSONIYLIK MAQOMIGA QAYTARISH ZARUR

Agar badiiy asar dastlabki sahifala­ridanoq o‘quvchini o‘ziga butunlay rom etib, uni noma’lum bir olamga olib kirsa, o‘tli hissiyot va iztiroblar otashida yon­dirsa, tasavvurlarini ostin-ustun qilib, qalbida yangi tuyg‘u va fikrlar uyg‘otib, uzoq vaqt xayolini band etsa, u chindan ham zo‘r kitob deyishga munosibdir.

Atoqli qirg‘iz adibi Sulton Rayevning 2015-yili Londonda rus tilida nashr etilgan “Kara” (“Jazo”) romani aynan ana shunday xususiyatlari bilan e’tiborni tor­ta­di. Mazkur asar bir qancha xalqaro yozuv­chilar tashkilotlari, jumladan, Mar­kaziy Osiyo “PEN-klub”ining e’tirofiga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi romani” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan, dunyoning turli tillariga tarjima qilinib, bir qator mamlakatlarda bosilib chiqqan.

Sulton Rayev – Qirg‘iz Respublikasi xalq yozuvchisi, xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi – na­fa­qat o‘z yurtida, balki xorijiy davlatlarda ham keng tanilgan yorqin iste’dod sohibidir. U 2022-yildan buyon Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOYning rahbari bo‘lib, bepoyon turkiy makonda madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlan­tirish harakatiga yetakchilik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda biz adabiy aloqalarimiz rivoj­lanib borayotgani tufayli o‘z dunyoqarashimiz chega­ra­larini kengaytirgan holda, qardosh xalqlar­ning eng sara badiiy asarlari bilan tanishish va jahon miqyosidagi madaniy-estetik jarayonlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz.

Sulton Rayev – sermahsul adib, uning qalamiga mansub asarlar ko‘p. Muallifning hikoya va qissalari, o‘z yurti va chet el teatrlarida namo­yish etilgan spektakllari doimo katta qiziqish va e’tibor bilan kutib olinadi. Lekin uning eng muhim, asosiy asari – bu “Jazo” romanidir. Ushbu muhtasham asar yozuvchining yigirma yillik mashaqqatli ijodiy mehnati samarasidir.

“Jazo” mistik va falsafiy roman janrida yozilgan. Murakkab uslubiga qaramasdan, asardagi voqea-hodisalar va qahramonlarning ichki kechinmalari favqulodda dadillik bilan teran tasvirlangani o‘quvchining diqqat-e’tiborini o‘ziga bamisoli ohan­rabodek tortib oladi.

Roman syujetiga ruhiy kasalliklar shifoxo­nasi­dan qochib chiqqan yetti nafar bemorning boshi­dan kechirgan voqealari asos qilib olingan. Ular Muqaddas makonni topish va pirovard oqibat­da gunohlardan forig‘ bo‘lish uchun yo‘lga otlanganlar. Muallif bu insonlarning alam va iztiroblarga, azob va yo‘qotishlarga to‘la hayot yo‘lini tasvirlaydi, qah­ramonlarning murakkab, ziddiyatli xarakteri va achchiq qismatini ochib beradi. Bemorlar­ning ba’zilari Muqaddas makon ularning qalbi va ongi, o‘y-xayollari poklangan joyda ekanini anglab yetadilar, boshqalari esa aql-u hushidan butunlay judo bo‘lib, haqiqat ne ekanini oxirigacha idrok etolmaydilar.

Asar qahramonlari tabiatan g‘oyat xilma-xil, ammo ularning barchasini Muqaddas makonga eltadigan yo‘l va ilon chaqishidan o‘lim topish haqidagi mudhish bashorat birlashtiradi.

Muallif hayotni beshafqat haqqoniyat bilan real tasvirlab, o‘z qahramonlari qanday og‘ir gunohlarga qo‘l urib, tubanlashib borishlarini ochiq ko‘rsatadi, ayni paytda ularga nisbatan qalbimizda achinish hissini ham uyg‘otadi. Adib ruhning abadiyligi, ilohiy jazo, qiyomat kuni bo‘ladigan savol-javob muqarrar ekani, inson mohiyatida mujassam bo‘lgan Rahmon va Shayton bilan bog‘liq his­siyotlar, farishtalar va buzg‘unchi kuchlar haqida teran falsafiy mushohada yuritadi.

U ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib chiqqan bemorlarni yorqin xarakter egalari sifatida aks ettirib, ularga Imperator, Tais Afinskaya, Kleopatra, Lir, Chingizxon, Buyuk Aleksandr kabi nomlar beradi. Shu tariqa roman qahramonlari va ular uchun asos bo‘lgan tarixiy siymolarning gunoh-kirdikorlarini o‘zaro qiyoslagandek bo‘ladi. Tarixiy voqealarning aniq tasviri mistikani real hodisalarga aylantiradi.

Adib Muqaddas makon yo‘lidagi murakkab sinovlar orqali qahramonlarga muhim ishoralar berayotgandek tuyuladi. Lekin ularni hamma ham anglab yetolmaydi. Faqat “Xudo sizlar uchun do‘zaxni yaratgani yo‘q, balki sizlarning o‘zingiz uni yaratdingiz”, “Sizlar o‘zingizning inson ekaningizni unutib qo‘ydingiz”, “Inson Haqni bilgan, tanigan hamma joy Muqaddas makondir”, “Jonning so‘rovi – abadiydir” kabi hayotiy hikmatlarni anglab yetganlargina najot topgusidir.

Asarni mutolaa qilar ekanmiz, muallif ijod osmonida mutlaq erkin parvoz qilgani, biz ko‘nik­kan badiiy qolip va shartli mezonlar, bid’at va xurofatlar, riyokorlik muhitiga nafrat bilan boqib, ularni rad etgani, ruhiy yuksaklikdan turib, nozik, inja insoniy his-tuyg‘ularni tasvirlashda odatiy cheklov va chegaralardan g‘oyat uzoqlashib bor­ganini his etamiz. Qahramonlar bilan birgalikda biz ham zamon va makon kengliklarida, ong-u shuur qat­lamlarida harakat qilamiz. Shu asnoda inson qalbi naqadar go‘zal va sof bo‘lishi mumkinligiga, dunyoni aslida mehr va ezgulik boshqarishi lozimligiga ishonch hosil qilamiz.

Sulton Rayev ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularidan birida “Jazo” romani uning dunyoga bo‘lgan munosabatining badiiy in’ikosi ekanini ta’kidlagan edi. “Qiyomat kuni – bu axloq tarozisidagi so‘nggi o‘lchovdir. Ortga qaytishning imkoni boy berilgan, undan keyin faqat tubsiz bo‘shliq boshlanadigan hayot-mamot chegarasi… Mening romanim ana shu ma’naviy halokat nuqtasi haqida”, deb ta’kidlaydi adib.

Muallif, go‘yoki ulug‘ ustozi Chingiz Aytmatovning “Odamzotni insoniylik maqomiga qaytarish – bugungi kunning eng muhim, hal qiluvchi vazifasidir”, degan teran ma’noli fikrini go‘yo yangicha talqinda davom ettirayotgandek tuyuladi.

Bundan roppa-rosa bir yil muqaddam taniqli adib va dramaturg, xalqaro miqyosdagi jamoat va madaniyat arbobi Sulton Rayev O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining faxriy a’zoligiga qabul qilingan edi. Binobarin, o‘z badiiy olami bilan xalqimizga juda yaqin va tushunarli bo‘lgan bu ulkan adib bizning ham yozuvchimizdir, deb aytishga va unga yangi-yangi ijodiy yutuqlar tilashga haqlimiz.

Feruza  KUBAREVA

2024-yil 16-fevral 8-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img69

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img585