10.01.2025 | 19:00
363
MAVLONO OYBEKNING MUNAVVAR YODI
Barkamol siymolardan meros oydin xotira, munavvar tasavvur inson xayolida qayta va qayta jonlanaveradi. Biz Oybekni ko‘rgan emasmiz. Dilbar inson, iste’dodli adib, lirik shoir, adabiyotshunos olim Oybek to‘g‘risidagi tasavvurimiz kitoblar tufayli paydo bo‘ldi. Ayni chog‘da, Oybekka zamondosh, ularga hamsuhbat bo‘lgan tabarruk insonlarning xotiralari, yodnomalari biz uchun muhim va ardoqli. O‘sha tabarruk xotiralarni eshitib, Oybek dunyosiga qayta nazar solamiz. Ibratlanamiz…

O‘n yillar oldin Toshkent shahridagi maktablardan birida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekka bag‘ishlangan anjumanda mo‘ysafid Siddiqxo‘ja ota xotira so‘zladi.
Ota gapini adibga ehtirom sifatida “mavlono Oybek” degan bir juft so‘z bilan boshlagan edi o‘shanda. 1965-yili Oybek to‘g‘ri sidagi hujjatli film suratga olinishi lozim bo‘ladi. Ota aytadiki: “Zarifa opa Oybekni yangi do‘ppida suvratga olinglar, deya tayinladilar. Biz birgalashib hozirgi “Zarafshon” restorani yonidagi – o‘sha zamonlarda mashhur bo‘lgan milliy kiyimlar do‘koniga kirdik. Sotuvchi yoshgina qiz ekan. Olib qo‘yib do‘ppi tanladik. Biri ancha tor keldi. Boshqasi, eng katta o‘lchamdagisini so‘radik. Olib berdi: 62 razmer. Oybekning boshiga shunisi mos tushdi. U so‘zlashga ancha qiynalardi. Fikrini imo-ishora bilan anglatardi. Boshiga do‘ppi loyiq kelganidan quvonib, shu ma’qul degandek ko‘zlari mamnun chaqnadi; bosh irg‘ab tasdiqladilar. Do‘ppi uchun pulni biz to‘lamoqchi bo‘ldik. Shunda u: “Zari… Zari…”, dedilar bazo‘r. Uylaridan chiqa turib Zarifa opaning “Pul mana shu cho‘ntakda”, deb tayinlaganiga ishora qilayotgan edilar. Qanchalik qistasak-da, o‘jarlik bilan pulini o‘zi to‘lashi kerakligini anglatdilar. Ust kiyimining ko‘krak cho‘ntagidan olti-yettita qizil o‘n so‘mlikni chiqarib stolga qo‘ydi. Sotuvchi qiz bu ko‘p-ku degandek hayratlandi. So‘ngra ulardan bittasini olib, qirq tiyin qaytim berdi. Aniq esimda, do‘ppi to‘qqiz so‘m oltmish tiyin turar ekan. Men sotuvchi qizga qarab: “Qutlug‘ qon”, “Navoiy” romanlarini o‘qiganmisiz? Uning muallifini taniysizmi?” dedim ohista. Qiz birdan jonlanib tasdiq javobini berdi. So‘ng savolimdan ozgina taajjublandi va savollanib menga qaradi. Men esa unga: “O‘sha kitoblarni yozgan hazrati inson mana shu Oybek bo‘ladilar”, dedim. Qiz birdan shoshib qoldi. Biror ayb ish qilgandek apil-tapil tortmadan pulni chiqarib do‘ppi uchun haq olmayman, deb turib oldi. Beixtiyor ko‘zlari yoshlandi. Go‘yo rostdan ham ulkan bir gunoh ish qilgandek atrofga alangladi. Qizgina yuzini qo‘llari bilan yopgancha unsiz yig‘lardi. Hurmatining cheksizligini qanday izhor qilishni bilmas edi. Yoshlarning ehtiromi mavlono Oybekka ana shunaqa edi”.
Oybekka xos ulug‘vorlikning qaysidir qirrasi va Zarifa opadagi mehribonlikning ayrim jihatlari ushbu xotirada mujassam edi. Ammo Siddiqxo‘ja ota e’tibor bergan narsa – Oybekka muxlislarining hurmat-ehtiromi cheksizligi – bu endi bebaho hissiyotdir. Oybek chin ma’noda hurmat qozondi, ehtiromga munosib yashadi. Bunga aslo shubha yo‘q.
Siddiqxo‘ja otaning ikkinchi bir xotirasi ham bevosita Oybek shaxsiyati, aniqrog‘i, adibning saxo vatli bir inson bo‘lganini ko‘rsa tadi, ota eslab ketadi:
“1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin aholining ko‘pchiligi hozirgi “Istirohat” mavzesiga ko‘chirilgan edi. Tabiiyki, har kimning holi o‘ziga ma’lum. Uy-joy qilishda qiynalib, qo‘li kaltaligi bois imorati tomini yopa olmagan bir tanish kampir mavlono Oybekdan qarz so‘rab keladi. Imo-ishora bilan bazo‘r gapiradigan Oybek eski qadrdon-qo‘shnisining iltimosini yerda qoldirmasdan pul berib yuboradi.
Oradan bir yillar o‘tib, Oybekning eshigi qayta taqillaydi. Yana o‘sha tanish kampir. Qarzini olib kelibdi. Qarzga berilgan pul xayolidan ham ko‘tarilib ketgan mavlono Oybek kampirdan imo-ishora bilan ahvol so‘raydi: “Uy tomi yopilgan ekan, ichkaridagi to‘shovlari qanday? Bola-chaqaning kiyim-boshi butmi?” mazmunida savol beradi. Endi bir amallab boshpana qilib olgan faqir nochor ko‘zini yerga qadaydi. Tang holatni adib so‘zsiz ichichidan sezadi. Achinadi: “Ahvoli yaxshi emas”. Shunda mavlono Oybek kampirning qo‘lidan qarz pulini olib: “Mana, qarzni berdingiz, qutuldingiz”, degan ma’noni anglatgan bo‘ladi va yana xuddi shunday imo-ishora bilan: “Endi pulni oling. Ehtiyoj uchun sarflaysiz. Sizga hadya”, deydi. Kampirning qarz mas’uliyatini naqadar his etgani va mavlono Oybekning saxovati bugun ham har kimga ibratdir”.
Bu xotirani avval ham ko‘p eslab yurdim. Mavlono Oybek tavalludi kunlari adib ruhi shod bo‘lsin, degan niyatda yodnomani yana bir bor esga oldim, azizlar.
Bahodir KARIM
“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605

